18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlarning tasnifi


Download 426.9 Kb.
bet3/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

5-modda. Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlarning tasnifi
Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
I toifa — xavflilik omili past bo‘lgan obyektlar;
II toifa — xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan obyektlar;
III toifa — xavflilik omili yuqori bo‘lgan obyektlar;
IV toifa — xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan obyektlar.
Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlarning toifalariga ko‘ra ro‘yxati ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
seysmik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
seysmik xavfsizlik darajasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
foydalanishda bo‘lgan, shuningdek foydalanishga topshiriladigan binolar va inshootlar zilzilabardoshligining monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish;
respublika hududida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar olib borish;
respublika hududida joylashgan suv omborlarining va boshqa gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
seysmik xavfsizlikni ta’minlashning ilmiy asoslari va texnologiyalarini takomillashtirish;
davlat organlari tomonidan zilzilalar natijasida insonlarning sog‘lig‘i va hayotiga va aholining mol-mulkiga zarar yetkazilishini, shuningdek yo‘qotishlar xatarini (moddiy, iqtisodiy va boshqa) kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda seysmik xavfni, seysmik xatarni va zilzilalar yuz berishi ehtimolini prognoz qilishning, shuningdek inshootlar zilzilabardoshligining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish;
mazkur sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling