18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi
Download 426.9 Kb.
|
18.Мустакил таълим
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Seysmik xatarni kamaytirish
- 17-modda. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish
15-modda. Seysmik xatarni baholash
Seysmik xatarni baholash kuchli zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan insonlar jabrlanishining, moddiy va boshqa yo‘qotishlarning ilmiy prognozini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmik xatarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Seysmik xatarni baholash natijalariga ko‘ra turli masshtabdagi seysmik xatar xaritalarini ishlab chiqish amalga oshiriladi, ular asosida zilzilalarning (seysmik xatarlarning) ehtimol tutilgan oqibatlarini kamaytirish dasturlari ishlab chiqiladi. 16-modda. Seysmik xatarni kamaytirish Seysmik xatarni kamaytirishga quyidagi choralarni amalga oshirish hisobidan erishiladi: ilmiy-texnik yechimlar asosida binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash; aholining xabardorligi va tayyorgarligi darajasini oshirish; tegishli davlat organlari va tashkilotlarini seysmik xatarlarni boshqarishga tayyorlash; aholini barvaqt ogohlantirish tizimini yaratish, uning tibbiy tayyorgarlik darajasini oshirish; favqulodda vaziyatlarga nisbatan tezkor harakat qilish kuchlarini tayyorlash va takomillashtirish; kuchli zilziladan zarar ko‘rgan zonani tiklash va aholini reabilitatsiya qilish. Seysmik xatarni kamaytirish choralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi. 17-modda. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish Zilzila oqibatlarini bartaraf etish ushbu moddada bayon etilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida hamda ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, seysmologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tezkor chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi. Zilzila sodir bo‘lgan taqdirda zilzila epitsentrida shikastlangan binolar va inshootlarning foydalanishga yaroqliligini baholash doimiy epitsentral guruh hamda tegishli mutaxassislardan tuziladigan guruh tomonidan amalga oshiriladi. Kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish doirasida hududlarda: aholini kuchli zilzila zonasidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ta’minlanadi; qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-tiklash ishlari amalga oshiriladi; binolarning hamda muhandislik-transport infratuzilmasining shikastlanish darajasi tezkor va batafsil o‘rganiladi; kuchli zilzila tufayli yetkazilgan zarar aniqlanadi; kuchli zilzila oqibatida buzilishi, tiklanishi yoki qayta qurilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar aniqlanadi; zilzila natijasida vayron bo‘lgan binolar va inshootlarni qayta qurish hamda tiklash amalga oshiriladi. Aholini kuchli zilzilalar keltirib chiqargan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 426.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling