18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari


Download 426.9 Kb.
bet5/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi;
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi bo‘yicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi;
muhandislik-geologik asoslarni va texnologiyalarni, shuningdek turli seysmik xavf va xatarlarni baholash uslubiyotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik xavfni va seysmik xatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi;
hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarini tuzadi;
kuchli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda, yer sathi shaklining o‘zgarishi darajasini, binolar va inshootlarning yemirilishi darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazadi;
suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;
oliy ta’lim tashkilotlari uchun seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ishtirok etadi;
axborot-kutubxona muassasalarini va oliy ta’lim tashkilotlarini seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik manbalar bilan ta’minlaydi;
seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling