18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari


Download 426.9 Kb.
bet6/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
seysmik xatarni kamaytirish va aholini yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarga tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish borasida boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash bo‘yicha seysmik faol zonalarda seminar va treninglar tashkil etilishiga bevosita ko‘maklashadi;
qurilish tashkilotlari tomonidan seysmik faol zonalar uchun normativlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalarga qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi;
mavjud bo‘lgan hamda qurilayotgan binolar va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirishda, ularni yangilashda, shuningdek monitoringini o‘tkazishda ishtirok etadi;
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi yangi ishlanmalarni amalga oshirishda bevosita tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatni tashkil etish
12-modda. Seysmik xavfni baholash
O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfni baholash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Seysmik xavfni baholash yer yuzasidagi tebranishlar jadalligini hisoblashni hamda ularning yuz berishi ehtimolini baholashni o‘z ichiga oladi.
Seysmik xavfni baholash natijalari asosida hududlarning seysmik jihatdan hududlashtirish xaritalari tuziladi.
Seysmik jihatdan hududlashtirish xaritalari qurilish loyihalarining zilzilabardoshligi normativlarini, yerdan foydalanish, yerga egalik qilish va aholini joylashtirish tarhlarini ishlab chiqish uchun asosdir.
Shaharsozlik faoliyatida muayyan hudud gruntining xususiyatlarini hisobga olgan holda seysmik jihatdan mikrohududlashtirish xaritalari tuziladi, binolar va inshootlar esa ushbu xaritalarga muvofiq loyihalashtiriladi hamda quriladi.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling