19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-savol. Almashlab ekish va uning ahamiyati


Download 143.49 Kb.
bet19/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
Bog'liq
шахига

2-savol. Almashlab ekish va uning ahamiyati.Almashlab ekish deb, ekinlarni yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va hosilni oshirishni ta’minlaydigan to’g’ri navbatlab ekishga aytiladi. Almashlab ekishning ahamiyati shundaki,uning tarkibidagi ko’p yillik o’tlar o’zidan keyin yerda ko’p miqdorda organik moddalar qoldiradi. Shu tufayli tuproqning strukturasi, suv-fizik xossalari, namlik sig’imi, zichligi, tuproqning oziq, issiqlik, havo rejimlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi. Almashlab ekish ta’sirida tuproqda turli kasalliklar va hashoratlar miqdori keskin kamayadi. Faqat ekinlar navbatlashuvi ilmiy asosda tashkil etilib, joriy etilgandagina tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin. Maydon, kasalliklar manbai va begona o’tlardan tozalanadi, hosildorligini oshirish bilan chorvachilik yem-hashak bazasini ko’tarishda ham katta rol o’ynaydi. Bunga sabab, o’simlikning bir tomonlama tanlab oziqlanishi bo’lsa, unga o’ziga xos kasallik, zararkunanda va moslashgan begona o’tlar paydo bo’ladi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi. Bir dalaning o’zida bitta ekinning uzoq vaqt eqilishi surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalik maydonlarining ko’p qismida uzoq vaqt bitta ekinni eqilishi monokultura deyiladi.

57-var.1-savol. O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Haroratning mikroorganizm va organik moddalarga ta’siri. Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (3-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi. Issiqlik sharoiti tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda o’simliklar uchun yaroqli holatdagi oziq moddalar hosil bo’ladi, tugunak va erkin yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini to’playdi va hokazo.Tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik singdirishi, tarqatishi va nurlantirishi uning issiqlik xossalari deyiladi. Quyosh radiasiyasi tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai hisoblanadi.Tuproq og’irlik va hajm issiqlik sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10S qizdirishi uchun ketgan issiqlik og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10S qizdirish uchun sarflangan issiqlik tuproqning hajm issiqlik sig’imi deyiladi. Tuproqning issiqlik sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqlik zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi. Yerning chuqur qatlamlariga issiqlikni borishi tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi uning minerologik, mexanik tarkibiga, namligiga, organik moddalar miqdoriga, donadorligi, yerning qattiq va yumshoqligiga bog’liq.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling