19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-var.1-savol. .O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari


Download 143.49 Kb.
bet27/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
шахига

48-var.1-savol. .O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari. Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi. Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga Agar tuproqda nam uzoq vaqtgacha yetarli bo’lmasa, o’simliklar hayot faoliyati izdan chiqadi va so’liydi, natijada ularda gidroliz jarayoni kuchayib, sintezlash esa to’xtaydi. Tuproqda namning keskin kamayishi mikroorganizmlarning faoliyatiga ham salbiy tasir etadi. Malumki, quruq tuproqda biologik jarayonlar so’nib, organik moddalarning parchalanishi tuxtaydi. tuproq nami uning to’la nam sig’imiga nisbatan 60 % bo’lganda, mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoit vujudga keladi.

2-savol.. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi
.Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling