19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VARIANT-2-savol.Begona o’tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari-


Download 143.49 Kb.
bet29/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
шахига

49-VARIANT-2-savol.Begona o’tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari-Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo, ekinlar orasida o’suvchi va hosilning miqdori hamda sifatiga yomon ta’sir qiluvchi, ya’ni zarar keltiruvchi o’simliklar, begona o’tlar deyiladi. Begona o’tlar ikki guruhga xaqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi: 1.Xaqiqiy begona o’tlar ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’simlik-lardir. Masalan, g’o’za va boshqa ekinlar orasida o’sadigan pechak, yovvoyi gultojixo’roz; 2. Shartli begona o’tlar yetishtirilayetgan ekinning u yer bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, bug’doy orasida uchraydigan arpa, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi. Begona o’tlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan zarariga qo’yidagi omillar sabab bo’ladi:a) Tuproq unumdorligini kamayishi: Begona o’tlar tuproqning haydalma qatlamida, ya’ni o’simliklar o’zining o’sib rivojlanishi uchun oziq oladigan qavatida baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi va oziqa moddalarni o’zlashtiradi.b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo’lmasa madaniy o’simliklar rivojlana olmaydi, ularning ko’p qismini begona o’tlar o’zlashtiradi. Masalan, F.I.Malkov ma’lumotlariga ko’ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m3 , quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m3, nam sarflangan. v) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizasiyalash-tirishdagi qiyinchiliklar: g) Ekinlarni soyalatishi: begona o’tlarning poya va barglari o’sishda madaniy ekinlardan o’tib ketadi, va ularni soyalatib qo’yadi.
d) G’o’za, g’alla va boshqa ekinlarni o’rab olishi:

3-savol.G’o’zani sug’orish rejimini iqlim, tuproq, gidrogeologik, tashkiliy-xo’jalik sharoitlar, o’simlikning biologik xususiyatlari kabi omillar belgilaydi. G’o’zani sug’orish uning suvga bo’lgan munosabatiga ko’ra o’sib rivojlanish davrlariga muvofiq amalga oshiriladi. G’o’zani gullash fazasigacha bo’lgan davrda o’simlikda 8–10 tagacha hosil shoxlari va ildiz tizimi shakllanadi. Bu jarayonni mo’tadil kechishi uning sug’orish rejimini qay darajada to’g’ri belgilanishi va ta’minlanishiga bog’liq: o’tkaziladigan sug’orishlar g’o’zani jadal o’sib ketishiga sabab bo’lmasligi, gullash fazasini o’z vaqtida boshlanishi hamda o’simlik tupining quyi yaruslaridagi hosil tugunlari va ko’saklarni deyarli to’liq saqlanishini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. G’o’zani juda erta va katta me’yorlarda sug’orish tuproq haroratini pasayishiga sabab bo’ladi, tuproq ortiqcha zichlashib ketadi, uning havo va oziq rejimlari yomonlashadi, tuproqda kechuvchi mikrobiologik jarayonlar susayadi. Sug’orish o’z muddatidan kechiktirilib o’tkazilsa hosil tugunlari ko’plab to’kilib ketadi, o’simlikning yer ustki organlarini o’sishi sekinlashadi, natijada ko’saklar kech shakllanadi va hosil kechki bo’lib qoladi. Sizot suvlari chuqurda joylashgan bo’z tuproqlarda g’o’za gullash-meva to’plash davrida suv bilan ta’minlanganlik mo’tadil yillari 4–5 marta, namgarchilik ko’p yillari 3–4 marta, 1 m. gacha chuqurlikda yotgan yerlarda 2 marta, janubiy iqlim mintaqasida esa 4–6 marta sug’orilishi lozim. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za gullashgacha bir marta, markaziy mintaqada ikki va janubiy mintaqada 2–3 marta sug’oriladi.




Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling