50-VARIANT2-savoli.. Iqlim mintaqalari va gidromodul rayonlar bo’yicha g’o’zani sug’orish rejimi va o’lchamlari. Shimoliy iqlim mintaqasidagi sizot suvlari chuqurda joylashgan (3–4 m) o’rtacha va og’ir qumoq bo’z tuproqlarda g’o’za gullash fazasigacha nisbatan erta muddatlarda bir marta 800–1000 m3/ga me’yorda, yengil qumoq tuproqlarda 14–16 kun oralatib 2 marta 600–800 m3/ga me’yorlarda sug’oriladi: birinchi sug’orish o’simlikda 3–4 chinbarg paydo bo’lganda va ikkinchi sug’orish shonalash davrida o’tkaziladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (1 m. gacha) o’tloqi tuproqlarda birinchi sug’orish muddati orqaga suriladi, ya’ni gullashga yaqin amalga oshiriladi. Og’ir qumoq bo’z-o’tloqi tuproqlarda (sizot suvlari 2 m atrofida) g’o’za gullashgacha bir marta 800–900 m3/ga, yengil qumoq tuproqlarda esa 600–700 m3/ga me’yorda sug’orilsa kifoya qiladi. Mazkur zonadagi sho’rlanmagan yerlarda g’o’zaning gullash fazasiga qadar tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 65–70%, sho’rlangan yerlarda 70–75% dan yuqorida tutib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. G’o’zani pishish davrida yengil qumoq tuproqlarda 1–2 marta 600–700 m3/ga me’yorda sug’orish lozim. Sizot suvlari chuqurda yotgan yerlarda g’o’za avgust oyining oxirida 1 marta sug’oriladi.Mintaqaning shimoliy zonasidagi sizot suvlari 3 m. dan chuqurda yotgan tuproqlarda g’o’za 2–4–1 sxemada umumiy 6100 m3/ga me’yorda 7 marta sug’orilsa, 2–3 m chuqurlikda joylashgan yengil va o’rtacha qumoq hamda soz tuproqlar sharoitida 1–4–0 sxemada 4400–5300 m3/ga umumiy me’yorda 5 marta, 0,5–1 m chuqurlikda joylashgan gidromorf tuproqlarda esa 0–3–0 va 1–2–0 sxemada 2900–3800 m3/ga umumiy me’yorda 3 marta sug’oriladi.
3-savol. Egatlab sug’orish texnikasi elementlariga egatning uzunligi (le), ko’ndalang kesimining shakli va o’lchamlari, egatga suv berish davomiyligi (tum) va miqdori (q) kiradi (5- rasm). Egatlar uzunligi dalaning tekislanganlik darajasi, nishobligi, suv o’tkazuvchanligi va qator orasining kengligiga muvofiq ravishda tanlanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi amaliyotida chuqur, o’rtacha chuqur va sayoz egatlardan foydalanib kelinmoqda. Sayoz egatlarning chuqurligi 10–15 sm, ustki kengligi 30–35 sm, o’rtacha chuqurlikdagi egatlarda bu ko’rsatkichlar tegishlicha 15-20 va 40-45 sm, chuqur egatlarda esa 20–30 va 50–60 sm. ni tashkil etadi (40- jadval). Sayoz egatlar tor qatorlab va lentasimon ekilgan ekinlarni, o’rtacha chuqur egatlar qator oralari 60–70 sm va chuqur egatlar qator oralari 80–90 sm bo’lgan ekinlarni sug’orishda qo’llaniladi. Nam to’plash maqsadida o’tkaziladigan sug’orishda egatlar 30 sm. gacha chuqurlikda olinadi. Amaliyotda egatlar dalaning tekislanganlik darajasi, nishobligi va suv o’tkazuvchanligiga bog’liq holda 50 m. dan 600 m. gacha uzunlikda olinadi. 75 va 76- jadvallarda egatga suv taqsimlash miqdorlari o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’lgan sharoitlar uchun egatlarning tavsiya etilgan qulay uzunliklari keltirilgan. Egat uzunligi tuproqning mexanik tarkibi, relyefi va joyning nishobligiga bog’liq bo’lib, egat uzunligining ortishi va egatga suv sarfining kamayishi bilan sug’orish me’yori ortib boradi. Sug’orish davomiyligi. Tuproqning hisobiy qatlamini namiqtirish va bunda belgilangan sug’orish me’yorini berish uchun ma’lum vaqt talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |