19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
-VARYANT-2-savol. Tuproqdagi issiqlik manbalari. O’simliklar urug’larining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida issiqlikka bo’lgan talab
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 53-VARIANT-3-savol. Yer yuzasi (tuproq usti)dan sug’orish.
53-VARYANT-2-savol. Tuproqdagi issiqlik manbalari. O’simliklar urug’larining unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishida issiqlikka bo’lgan talab. O’simliklarning urug’idan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq. Har bir o’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, yani minimal harorat bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq, foydali (effektiv) harorat deyiladi.O’simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosobatda bo’ladi. Masalan, ulardan bazilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil o’tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.O’simliklar issiqlikka bo’lgan talablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi. 1.Mo’tadil iqlim poyasida o’sadigan o’simliklar; 2.Janubiy kengliklarda o’sadigan o’simliklar.Birinchi guruhga mansub o’simliklar: arpa, suli, bug’doy, javdar, ko’k nuxat, beda va boshqalarning urug’i o’rtacha temperatura 1-50 bo’lganda o’nib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’lib, maysasi 5-100da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Kuzgi ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo’ladi. Masalan -400 ga, qor bo’lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi. Ikkinchi guruhga issiqsevar o’simliklar: g’o’za, makkajo’xori, okjo’xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urug’i 10-120 da unib chiqadi, 15-200 da gullaydi. Shunga ko’ra, ularning urug’i kech martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi bu o’simliklar orasida g’o’za o’ta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, maysasi 160 da yer betiga chiqadi. Uning normal o’sishi va rivojlanishi uchun temperatura 25-300 dan past bo’lmasligi shart, aks holda g’o’zaning rivojlanishi susayadi.
53-VARIANT-3-savol. Yer yuzasi (tuproq usti)dan sug’orish. Qishloq xo’jaligi ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda sug’orish suvi dalaga tuproq ustidan taqsimlanadi. Bunda suv tuproq ustidan gorizontal harakat qilish jarayonida tuproqqa shimiladi. Egatlab sug’orishda suv vertikal va yon tomonlarga yo’nalgan holda shimiladi. Yer yuzasidan sug’orishni quyidagi turlari qo’llaniladi: 1) egatlab sug’orish; 2) yo’laklab (pol olib) bostirib sug’orish va 3) chek olib bostirib sug’orish.1) Egatlab sug’orish yer yuzasidan sug’orishning eng takomillashgan usuli bo’lib, nishobligi 0,001 dan 0,05 gacha bo’lgan yerlarda yetishtirilayotgan qator oralari chopiq qilinadigan ekinlarni asosiy sug’orish usuli hisoblanadi. Bu usul bog’ va uzumzorlar, ayrim hollarda yoppasiga ekilgan ekinlar (boshoqli don va yem-xashak o’tlari)ni sug’orishda ham qo’llaniladi. Egatlab sug’orishda suv dala bo’yicha sug’orish egatlari orqali taqsimlanadi va suv tuproqqa egatning tubi va devorlari orqali singadi. Egatlab sug’orishda qo’shni egatlarning namiqish konturlarining o’zaro qo’shilishi yuzaga keladi. Tuproqni mexanik tarkibiga bog’liq holda bu qo’shilish sug’orish davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Yengil tuproqlarda suv gravitasiya ta’sirida uning chuqur qatlamlariga singadi. Shu boisdan yengil tuproqlarda qator oralari 0,6–0,7 m, o’rtacha qumoq tuproqlar 0,7–0,8 m va og’ir qumoq tuproqlarda 0,8–1,1 m qilib olinadi. Nam to’plash va ekishdan oldin sug’orishlarda egatlar oralig’ini 0,7–1,0 m bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Egatlab sug’orish tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Suv bilan 20–30% maydon bostiriladi. Egatlar oralig’i – pushtalar doim yumshoq holatda bo’lib, namlikni yaxshi saqlaydi. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling