19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-savol. Almashlab ekish va uning ahamiyati


Download 143.49 Kb.
bet28/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
шахига

. 3-savol. Almashlab ekish va uning ahamiyati.Almashlab ekish deb, ekinlarni yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va hosilni oshirishni ta’minlaydigan to’g’ri navbatlab ekishga aytiladi. Almashlab ekishning ahamiyati shundaki,uning tarkibidagi ko’p yillik o’tlar o’zidan keyin yerda ko’p miqdorda organik moddalar qoldiradi. Shu tufayli tuproqning strukturasi, suv-fizik xossalari, namlik sig’imi, zichligi, tuproqning oziq, issiqlik, havo rejimlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi. Almashlab ekish ta’sirida tuproqda turli kasalliklar va hashoratlar miqdori keskin kamayadi. Faqat ekinlar navbatlashuvi ilmiy asosda tashkil etilib, joriy etilgandagina tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin. Maydon, kasalliklar manbai va begona o’tlardan tozalanadi, hosildorligini oshirish bilan chorvachilik yem-hashak bazasini ko’tarishda ham katta rol o’ynaydi. Bir dalaning o’zida bitta ekinning uzoq vaqt eqilishi surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalik maydonlarining ko’p qismida uzoq vaqt bitta ekinni eqilishi monokultura deyiladi. Ekinlar o’zaro navbatlashmasdan bir maydonda uzluksiz ekilaversa, hosildorlikka putur yetkazadigan salbiy oqibatlar yuzaga kela boshlaydi, ekinga qanchalik parvarish berilsada hosildorlik ko’tarilmasdan pasaya boradi. Bunga sabab, o’simlikning bir tomonlama tanlab oziqlanishi bo’lsa, unga o’ziga xos kasallik, zararkunanda va moslashgan begona o’tlar paydo bo’ladi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi.

49-var 1-savol. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi. Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Boronada qatqaloq yumshatiladi, ekilgan ekinlar urug’i va solingan mineral o’g’itlar tuproqqa aralashtiriladi-ko’miladi va qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan yerlar yumshatiladi va xokazo ishlar bajariladi. Bundan tashqari, yer boronalanganda yuzasi tekislanadi, begona o’tlar yo’qotiladi va bug’lanish kamayib, nam yaxshi saqlanadi.Boronalar uch turga bo’linadi: Og’ir borona- bitta tishiga 1,6-2,0 kg og’irlik tushib, yerni 7-10 sm chuqurlikda yumshatadi. O’rtacha borona- bitta tishiga 1,1-1,5 kg og’irlik tushib yerni 4-6 sm chuqurlikda yumshatadi. Yengil borona- bitta tishiga 0,6-1,0 kg og’irlik tushib, yerni 2-4 sm chuqurlikda yumshatadi. Mayda urug’larni va o’g’itlarni tuproqqa aralashtirishda hamda yoppasiga ekilgan (arpa, bug’doy va boshqa) ekinlar qalinligini siyraklatishda boronalashni soatiga 5-6 km tezlikda amalga oshirish kerak.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling