19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


- VARIANT1. TUPROQQA YUZA ISHLOV BERISH USULLARI VA texnikasi


Download 143.49 Kb.
bet46/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
шахига

12- VARIANT1. TUPROQQA YUZA ISHLOV BERISH USULLARI VA texnikasiTuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi. Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Yerni boronalash sifatiga tuproq namligi katta tasir etadi. Shuning uchun ham tuproq nami dala nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda boronalash, eng qulay muddat hisoblanadi. Ammo qumoq, qumloq tuproqli yerlarda nam bundan ham yuqori bo’lganda ham boronalash mumkin. Yerning yuza qismi namsiz, quruq bo’lsa, boronalash vaqtida faqat kesaklar kuchib, tuproq uvoqlanmaydi. Bunday yer ko’p marta boronalanganda kesaklar borona tishlari orasidan ko’p marta o’tishi natijasida saralanadi, yani yuqorida yirik kesaklar, pastda esa mayda kesaklar yig’iladi. Kultivasiya. Begona o’tlarni yo’qotish va hosil bo’lgan qatqaloqni buzish hamda zichlashib qolgan yerni ag’darmasdan yumshatish uchun kultivasiya o’tkaziladi. Bu ishlar kultivator bilan bajariladi. Ekin qator oralari NKU-4-6A, KRX-4, KRX-3,6 markali kultivatorlar bilan yumshatiladi. Bunda o’simlik qator oralari har xil chuqurlikda yumshatiladi va begona o’tlar yo’qotiladiKultivasiya qilishda kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja esa 10-12sm chuqurlikda ishlatiladi..

2.BEGONA ÒTLAR HAQIDA TUSHUNCHA. Unga dexqonchilikka keltirgan zararlariInson tomonidan ekilmaydigan, ammo, ekinlar orasida o’suvchi va hosilning miqdori hamda sifatiga yomon ta’sir qiluvchi, ya’ni zarar keltiruvchi o’simliklar, begona o’tlar deyiladi. Begona o’tlar ikki guruhga xaqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi: 1.Xaqiqiy begona o’tlar ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’simlik-lardir. Masalan, g’o’za va boshqa ekinlar orasida o’sadigan pechak, yovvoyi gultojixo’roz; 2. Shartli begona o’tlar yetishtirilayetgan ekinning u yer bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, bug’doy orasida uchraydigan arpa, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi. Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli duneda har yili 20 milliard dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmokda. G’o’za qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmokda. Ekinlarni soyalatishi: begona o’tlarning poya va barglari o’sishda madaniy ekinlardan o’tib ketadi, va ularni soyalatib qo’yadi. G’alla ekinlariga tusha-digan zang va boshqa zamburug’ kasalliklari bug’doyiq kabi eng xavfli bego-na o’tlarda rivojlanadi. Shuning uchun kampirchapon, akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, sutchup, sutlama, temirtikan, chirmovuq, g’umay, kakra, qoramiq va boshqalarning urug’i aralashgan g’alla mahsulotlarini odam va hayvonlar iste’mol qilishi man etiladi, chunki undan zaharlanish mumkin.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling