19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar
- VARIANT-1.ISSIQLIK REJIMINI BOSHQARISH USULARI
Download 143.49 Kb.
|
шахига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-var.2. YERDA ISHLOV BERISHNING maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.
15- VARIANT-1.ISSIQLIK REJIMINI BOSHQARISH USULARIIssiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil yetishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab, urug’ning unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab etiladi.Yerga solingan chirimagan go’ng, organik o’g’itlar tuproqning issiqlik rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go’ng chiriganda 3-4 mln katta kaloriya issiqlik ajralib chiqadi.Yerni barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbirlardan hisoblanadi.Sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda suv sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini yaxshilashga yordam beradi.Egat, jo’yak olib tuproq temperaturasini oshirish mumkin. Bunda egat va jo’yaklarning chuqurligiga ko’ra mayda sathi tekis yerlarga nisbatan 20-30 % oshadi. Bu esa o’z navbatida o’suv davrida haydalma qatlam haroratini bir muncha oshirib o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi. O’simliklarning urug’larini unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va hosilni o’z vaqtida pishib yetilishi tuproqdagi issiqlikka bog’lik. Shuning uchun ham o’simliklar issiqlikka bo’lgan talabiga ko’ra maqbul iqlim poyasida va janubiy kengliklarda o’sadigan turlariga bo’linadi. Bunda, tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik balansi muhim ahamiyatga ega. Tuproq haroratini oshirishni va issiqlik rejimini tartibga solishning yana bir asosiy omili chigit yoki boshqa ekinlar urug’i ekilgandan keyin yerlarni Mulchalashdir.
15-var.2. YERDA ISHLOV BERISHNING maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.-muttasil yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnika chora tadbirlari orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, yerga ishlov bermasdan turib bunday yerda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshi bo’ladi. Yerni ishlash deganda, uni shudgor qilish, tekislash, boronalash, kultivasiyalash, chizellash, mola bosish kabi ishlar tushuniladi.Yerni ishlashdan asosiy maqsad, zichlangan yuqori qatlamni sifatli qilib yumshatishdan iborat. Ishlash vaqtida yer ag’darib chopiladi, aralashtiriladi, yumshatiladi, natijada tuproq yumshoq, suv va havo yaxshi o’tkazadigan bo’ladi.Bir-biri bilan bog’liq holda o’tkaziladigan tuproqqa har xil mexanik ta’sir etishlarga yerni ishlash tizimi deyiladi.Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining yaxshi bo’lishi uchun qulay sharoit yaratiladi, yani haydalma qatlam tuzilishi va uning donadorligi o’zgaradi; tuproqning qo’yi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib, uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; organik va mineral o’g’itlar va ang’iz tuproqqa qo’shiladi; tuproqning yuza qatlamida yoki o’simlik qoldiqlarida yashayetgan, ekinlarning zararkunanda va kasallik quzg’atuvchilari yo’qotiladi; yerni ekin ekishga tayyorlash, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish qilishda qator orasiga ishlov berish kabi ishlar bajariladi. 1870 yili Rudolf Sakk yarim vintli va silindrsimon ag’dargich (otval) li pluglardan madaniy ag’dargich (otval) li plug yaratdi. Bu plugning asosiy korpusi oldiga kengligi asosiy korpusning 2/3 qismiga teng keladigan chimqirqar o’rnatilgan. Download 143.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling