1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


II  bob.  Mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  ko’ppartiyaviylik  tizimiga


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

II  bob.  Mustaqillik  yillarida  O’zbekistonda  ko’ppartiyaviylik  tizimiga 

asos solinishi .……………………………………………………………………52 

2.1.    Siyosiy-huquqiy asoslarning tarkib topishi..………………………… 52 

2.2.    Ko’ppartiyaviylik tizimining hayotga tadbiq e’tilishi…..…………….60 

2.3.    Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar...………75  



Xulosa..………………………………………………………………………88 

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………92 

Ilova ...………………….……………………………………………………99 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish 


 

 





Mavzuning  dolzarbligi.    Mamlakatimiz  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgach  o’zining 

mustaqil  yo’lini  tanlab  faqat  olg’a  intildi.  Bunda  turli  holatlarni  o’z  boshidan  kechirdi.  Buni 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning  mustaqillikka  erishgan  dastlabki 

kunlarimizda  “O’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’limiz  –  bu  gul  bilan  qoplangan  yo’l  emas,  bu 

totalitarizm  merosidan  xalos  bo’lish  va  poklanish,  mafkuraviylik  illati  yetkazgan  ziyon-

zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlaridan ham 

anglab  olishimiz  mumkin

1

.  Mamlakatimiz  mustaqillik  yillarida  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy, 



ma`naviy-mafkuraviy hayotda misli ko`rilmagan katta  yutuqlarga erishdi.  Ijtimoiy hayotda ro`y 

berayotgan  va  kuchli  ilmiy  asosda  olib  borilayotgan  islohotlar  millat,  mamlakat  va 

O`zbekistonning har bir fuqarosi manfaatlarini ko`zlab olib borilayotganligi uchun ham e`tiborli 

bo`lmoqda.  

Tarix  xalqqa  saboq  va  ma'rifat  beradi.  Tarixni  o'rganmasdan  turib  kelajakni  anglab 

bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan 

tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish, o'rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-

idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va 

yordami  bilan  biz  barcha  kechmish  zamonlarning  odamlariga  hamdam-u  hamnafas  bo'lamiz, 

o'tib  ketgan  asrlar  silsilasini  butun  hayajonlari,  kurashlari  va  ziddiyatlari  bilan  ko'z  o'ngimizda 

gavdalantiramiz.  Inson  tarixdan  ta'lim-tarbiya  oladi.  Tarix  saboqlaridan  o'ziga  tegishli  xulosa 

chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o'z-o'zidan ravshan. 

Ma`lumki, hayot hech qachon bir joyda to`xtab turmaydi. Shu bois avvalambor ro`y berishi 

mumkin bo`lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko`rish 

imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o`ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo`nalishlarni o`z 

ichiga  olgan  taraqqiyot  dasturi  va  uni  amalga  oshirish  strategiyasiga  ega  bo`lgan  mamlakat  va 

xalq  pirovard  natijada  muvaffaqiyatga  erishadi

2

.  Islom  Karimov  so`zi  bilan  aytgandi,  xalqimiz 



o`sha  mustabid  sovetlar  tuzumi  davrida  biri  “qizil  askar”,  biri  “bosmachi”,  biri  “quloq”,  biri 

“komissar”,  yana  biri  mushtumzo`r,  yana  qay  biri  “yo`qsil”  deb  guruhlarga  ajratib  tashlandi. 

“Bo`lib tashla, hukmronlik qil” shiorini amalga oshirish uchun eng makkor, qabix usullar ishga 

solinib, bir millat vakilarini bir-biriga qarshi qayrash, adovat va nizo urug`ini sochish, shu  yo`l 

bilan istiqlolchilar saflarni bo`lib  yuborish, ularni alohida-alohida qirg`in  qilish siyosati amalga 

oshirilgan edi. “Shu bois, – deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz, – ota-bobolarimizga ana shunday 

ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davr mohiyatini 

to`g`ri tushunishga harakat qilishimiz lozim”

3

.  


Islom  Karimov  ta`kidlaganidek,  “Bundan  bir  yuz  o`ttiz  yil  muqaddam  xalqimiz  milliy 

mustaqilligi va tarixiy davlatchiligini yo`qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolgan edi. Shu davr 

mobaynida ajdodlarimiz, millatimiz mashaqqatli kurashlar va sinov yo`llarini bosib o`tdi”

4

.   



Mintaqamizning  G’arb  va  Sharqni  bog’lovchi  muhim  savdo  yo`llari  tutashgan  joyda 

joylashganligi  bois  bu  hududdan  ko`plab  sayyohlar,  savdogar  va  sarkardalar  o`tishgan.    Bu 

tarixiy  aloqalar  ildiziga  to`xtalib:  “Tarixan  hozirgi  O`zbekiston  hududi  shunday  joy 

bo`lganki,  bu  yerda  ko`hna  savdo  yo`llari  (mashhur  Buyuk  Ipak  yo`li)  tutashgan,  jo`shqin 

savdo aloqalari va turli madaniyatlarning bir-birini o`zaro boyitish jarayoni kechgan”,  – deb 

ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov

5

.  


                                                           

1

 Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 27. 



2

Каримов  И.А.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик            

жамиятини ривожлантириш концепсияси // www.gov.uz. 

3

  Каримов  И.А.  Ўз  келажагимизни  ўз  қўлимиз  билан  қурмоқдамиз.  “Туркистон”  газетаси  мухбирларининг 



берган саволларига жавоблари // “Туркистон”, 1999 йил 2 феврал.  

4

  Каримов  И.А.  Жамиятимиз  мафкураси  халқни  халқ,  миллатни  миллат  қилишга  хизмат  этсин.  –  Т.: 



Ўзбекистон, 1998. – Б. 3     

5

  Каримов  И.А.  Ўзбекистон:  миллий  истиқлол,  иқтисод,  сиёсат,  мафкура.  1-жилд.  –Т.:  Ўзбекистон,  1996.  – 



Б.42.  


 

 



“Bugun  O’zbekistonimiz  bosib  o’tgan  mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  xolisona  baholar 

ekanmiz,  o’tgan  davr  mobaynida  biz  erishgan,  dunyo  jamoatchiligi  tan  olgan  olamshumul 

yutuq  va  marralar,  avvalambor  izchil  rivojlanayotgan  iqtisodiyotimiz  va  uning  barqaror 

o’sish  sur’atlari,  aholi  farovonligining  yildan  yilga  oshib,  jahon  hamjamiyatida 

mamlakatimiz  obro’-e’tiborining  tobora  yuksalib  borayotganligi  –  bularning  barchasi 

Konstitutsiyamizning  asosiga  qo’yilgan,  chuqur  va  puxta  o’ylangan  maqsad,  prinsip  va 

normalarning hayotbaxsh samarasi desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi

1

”. 


“Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda 

biz  dunyoda  yuz  berayotgan  tub  o`zgarishlar  jarayonida  egallab  turgan  o`rnimizni  xolisona  va 

tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan 

davr bilan hamqadam bo`lishimiz shart”

2



Hozirgi kunda har bir demokratik huquqiy davlatning siyosiy tizimini siyosiy partiyalarsiz 



tasavvur qilib bo’lmaydi, chunki siyosiy partiya – bu ma’lum aholi qatlamlarining yoki ijtimoiy 

birlikning  manfaatlarini,  qiziqishlarini,  siyosiy  intilish  va  talablarini  ifodalovchi  hamda  ularni 

real hayotda amalga oshirish uchun saylovlarda qatnashish orqali davlat hokimyatini egallash va 

undan  foydalanish  maqsadini  ko’zlovchi,  ixtiyoriy  ravishda  uyushgan  kishilarning  nodavlat 

tashkilotidir. 

Partiyalarning  vujudga  kelish  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  ularning  ko’rinishi 

qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Xususan, mil. av. V asrda Afinada 

aristokratik va demokratik guruhlar o’rtasida siyosiy kurashlar bo’lib turgan. Siyosiy partiyalar 

o’rta  asrlarda  ham  mavjud  bo’lgan.  Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  qadimgi  davrda  ham  o’rta 

asrlarda  ham  partiyalar  faqat  davlatni  boshqarish  tartibi  ma’lum  darajada  demokratiya 

alomatlariga ega bo’lgan joylardagina tashkil topgan.  Faqat shunday sharoitlarda partiyalar o’z 

ijtimoiy  manfaatlarini  ifoda  eta  olishgan.  Partiyalar  qachonki  ularni  turli  ijtimoiy  manfaatlarni 

taxlil  qilish,  bunday  manfaatlarni  ta’riflash  va  himoya  qilishga  majbur  qiluvchi  boshqa 

partiyalar,  ya’ni  raqiblar  bo’lgandagina,  o’z  majburiyatlarini  saqlab  qoladilar,  ularni  amalga 

oshirishga harakat  qiladilar va faoliyat  ko’rsata oladilar. Partiyalar shu tarzda jamiyatning turli 

qatlamlari  orasida  o’z  tarafdorlariga  ega  bo’ladilar.  Jamiyatdagi  turli  hil  partiyalarning  siyosiy 

kurashlari  orqali  siyosatga  jamiyatning  keng  qatlamlari  jalb  qilinishi  natijasida,  partiyalarning 

roli  yanada  kuchayadi  va  ular  siyosatning  asosiy  sub’yekti  hamda  demokratik  davlatchilikning 

zarur elementi bo’lib qoladi

3

.  



Mamlakatda  haqiqiy  ko’ppartiyaviylik  tizimining  paydo  bo’lishi  bugungi  kunda  mavjud 

bo’lgan  har  bir  siyosiy  partiyaning  faoliyatiga  bog’liq.  Shuning  uchun  ham  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  ta’kidlaganidek,  “Har  bir  partiya  muayyan  ijtimoiy 

qatlamga  tayangan  holda,  ana  shu  toifa  manfaatlarining  himoyachisi  sifatida  o’zining  aniq  va 

ravshan harakat dasturiga ega bo’lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, 

jamiyat  taraqqiyoti  borasidagi  muqobil  takliflari  o’z  ifodasini  topishi  lozim.  Amalda 

ko’ppartiyaviylik  –  bu  har  xil  qarash  va  g’oyalar  o’rtasidagi  baxs-munozara,  turli  partiyalar, 

jumladan, muholif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydonidir”

4



Ko’ppartiyaviylik  hozirgi  demokratik  davlatlarda  siyosiy  tizimni  tashkil  etishning  asosiy 



konstitutsiyaviy  prinsiplaridan  biri  bo’lib,  siyosiy  va  mafkuraviy  plyuralizmni  tiklashga  xizmat 

qiladi.  Ko’ppartiyaviylik  prinsipi  yuridik  jihatdan  davlat  fuqarolarining  o’z  dunyoqarashlariga 

                                                           

1

  Каримов  И.А.  Мамлакатимизни  модернизация  қилиш  йўлини  изчил  давом  эттириш  –  тараққиётимизнинг 



муҳим  омилидир  //  Президент  И.А  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси  қабул 

қилинганнинг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. Ishonch. 2010 yil 8 dekabr.    

2

 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 



ривожлантириш концепсияси // www. gov.uz. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling