1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Чўқай М. Истиқлол жаллодлари. –Т.: 1993. –Б. 23 

3

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000.           

–Б. 50 

4

 www. ziyonet. uz/library/ 




 

 

23 



23 

imperiyasining  va  endigina  barpo  etilayotgan  sovet  hokimyatining  mustamlakachilik  zulmidan 

ozod  bo’lish,  mustaqil  demokratik  milliy  davlat  barpo  etish,  asriy  urf-odatlar,  an’analarning 

butun  musulmon  turmush-tarzining  saqlanib  qolishidan  iborat  edi.  Biroq  1917  yil  fevralida 

bo’lib  o’tgan  inqilob  va  shu  yili  oktabr  oyida  sodir  bo’lgan  “davlat  to’ntarishi”  natijasida 

hokimyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning vaqtinchalik ittifoqchilari bo’lgan so’l eserlar 

Turkiston  xalqlarining  irodasi  va  istaklari  bilan  mutlaqo  hisoblashmadilar.  Sovet  hukumati  va 

Turkistonlik  bolsheviklar  o’lkaning  mustamlaka  holatini  o’zgartirishni  va  uning  xalqlariga 

yengilliklar berishni mutlaqo istamas edilar. 

Boshqa partiyalardan farqli o’laroq, mahalliy bolsheviklar turli bahonalar bilan hokimyatni 

aholining  95  %ini  tashkil  etuvchi  mahalliy  aholiga  berishni,  hatto  ular  bilan  bo’lishib  olishni 

ham hohlamas edilar. 

Xo’sh,  mustaqillikning  tom  ma’nodagi  samarasi  hisoblanmish  “Siyosiy  hokimyat” 

masalasiga  Turkiston  o’lkasida  faoliyat  yuritayotgan  umumrus  siyosiy  partiyalari,  yevropa 

millati vakillari, o’lka mahalliy xalqlari va ularning faol qismi bo’lgan o’lkadagi siyosiy kuchlar 

qanday munosabatda bo’ldilar? O’lkada bu masalaga o’z munosabatini bildira oladigan qanday 

siyosiy  kuchlar  bor  edi?  Bu  siyosiy  kuchlarning  qaysilari  mahalliy  aholi  manfaatlarini  himoya 

qilishgan-u, qaysilari unga qarshi kurashganlar? 

Turkistonlik bolsheviklarning tutgan buyuk davlatchilik  yo’li Toshkentda 1917  yil 15-22 

noyabrda  bo’lib  o’tgan  sovetlarning  III  o’lka  syezdida  yaqqol  namoyon  bo’ldi.  16  noyabrda 

ushbu syezdga u bilan deyarli bir vaqtda o’tayotgan dehqon deputatlari syezdi ham qo’shildi va 

amalda  bolsheviklar  bilan  so’l  eserlar  birlashishdi.  Natijada  syezdda  qabul  qilingan 

deklaratsiyada  “Hozirgi  vaqtda  musulmonlarni  o’lka  inqilobiy  hokimyatining  Oliy  tashkilotiga 

kiritish maqsadga muvofiq emas” ruhidagi xulosaga kelindi

1



Turkiston  o’lkasi  Xalq  Komissarlari  Kengashi  tarkibini  shakllantirish  jarayonida  ham 



kengashga  8  so’l  eser  va  7  bolshevik  hamda  maksimalist  kiritildi.  “Xalq  komissarlari”  orasida 

mahalliy  aholining  birorta  ham  vakili  yo’q  edi.  Bolsheviklarning  bunday  buyuk  davlatchilik-

shovinistik  siyosati  natijasida  chorizm  zamoniga  nisbatan  bir  qadam  orqaga  tashlandi.  Chunki 

chorizm  zamonida  Turkiston  xalqlarining  vakillari  Davlat  Dumasiga  saylangan  edilar  va 

Muvaqqat  hukumat  mavjud  bo’lib  turgan  qisqa  muddatli  davrda  ham  ular  Turkiston  qo’mitasi 

tarkibiga kirgan edilar. 

Shu  tariqa  bolsheviklar  va  so’l  eserlarning  kelishuvi  asosida,  mahalliy  aholining  amaliy 

ishtirokisiz, uning fikri va manfaatlarini hisobga olmasdan bolsheviklar hokimyati o’rnatildi. 

O’zboshimchalik,  zo’rlik  yo’li  bilan,  mahalliy  aholi  manfaatlarini  nazar-pisand  qilmaslik 

yo’li  bilan  Turkiston  o’lkasida  yevropa  milliy  vakillaridan  iborat  siyosiy  hokimyat 

o’rnatilganidan keyin Turkistondagi milliy siyosiy tashkilotlar Umumrossiya siyosiy partiyalari 

faoliyatining qaysi jihatlarini o’rganish mumkin edi? 

Ma’lumki,  Turkiston  taraqqiyparvarlari  ko’pgina  g’oyaviy  masalalarda  liberal  Rossiya 

burjuaziyasi  partiyasi  –  kadetlar  (konstitutsion  demokratlar)ga  yaqin  turar  edilar.  Tarixiy 

hujjatlarning  guvohlik  berishicha  mahalliy  milliy  demokratlarimiz  kadetlar  partiyasi  faoliyati 

bilan  XX  asr  boshlaridanoq  tanisha  boshlaganlar.  Mahmudho’ja  Bexbudiyning  1906  yil  11 

oktabrda  “Hurshid”  gazetasida  e’lon  qilingan  dasturiy  maqolasida  Rossiyadagi  barcha  mavjud 

siyosiy partiyalarni to’rt guruhga bo’linadi: 

1.  Byurokratik yoki monarxistik partiyasi

2.  Sotsialistlar (sotsial-demokratlar va sotsial-inqilobchilar) partiyasi

3.  Kadetlar partiyasi; 

4.  Nijniy Novgorodda 1905 yil 23 avgustda tuzilgan musulmonlar partiyasi. 

M.  Behbudiy  monarxistlar  partiyasiga  salbiy  tavsif  beradi  va  uni  Rossiya 

musulmonlarining iqtisodiy, madaniy qoloqligi sababchisi deb hisoblaydi, monarxistlar partiyasi 

                                                           


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling