1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 177 

3

 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 178 


 

 

26 



26 

masalasida  milliy  demokratlar  xalq  ta’limi,  uning  tuzilmasini  vujudga  keltirish,  norma  va 

prinsiplarining butun bir tizimini ishlab chiqdilar: diniy, milliy, jinsiy mansubligidan qat’iy nazar 

jamiyatning  barcha  a’zolariga  ma’lumot  olish  huquqini  berish,  maktablarning  erkinligi,  uning 

turli  bosqichlari  o’rtasidagi  uzluksizligi  zarurligi,  universitetlar  va  boshqa  oliy  maktablarning 

ichki  ishlari  va  o’qitishlarida  mustaqil,  muxtor  status  berish,  bepul,  umumiy  va  majburiy 

boshlang’ich  ta’limning  zarurligi,  boshlang’ich  va  o’rta  maktablarda    darsni  mazkur  joyning 

ko’pchilik  aholisi  tilida  olib  borish,  oz  sonli  millatlar  uchun  40  nafar  bola  mavjud  bo’lganda 

ularning  ona  tilida  boshlang’ich  maktablar  ochish  kabi  hayotiy,  baynalminal  masalalarga  ko’p 

o’rin ajratilgan edi. 

Turkiston xalqlari uchun g’oyat muhim bo’lgan mazkur masala 1917  yil 12-15 noyabrda 

Toshkent  shahrida  “Sho’royi  Ulamo”  tashkilotining  yetakchisi  Sherali  Lapin  raisligida 

o’tkazilgan  “Turli  musulmon  guruhlarining  birlashgan  kengashi”da  ham  muhokama  qilindi. 

Ushbu  kengashning  vazifasi  “Turkiston  hokimyatini  tashkil  etish  to’g’risida”gi  masala  edi. 

Ushbu anjumanda Sherali Lapin bunday deydi: “Musulmonlarning tutgan yo’li mustaqil yo’ldir, 

bu  yo’lni  ularga  Qur’on  va  shariat  qoidalari  ko’rsatib  bergan.  Shuning  uchun,  ular  rus  siyosiy 

partiyalaridan birortasiga ham qo’shila olmaydilar, lekin barcha xalq tashkilotlariga tayanib, tasis 

majlisiga  olib  keladigan  hokimyatni  qo’llab-quvvatlaydilar…  Musulmonlar  rus  inqilobining 

xalqlarni o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi va’dasiga ishonadilar”

1

. Shundan so’ng Sherali 



Lapin  musulmonlar  kengashi  nomidan  o’lkani  idora  qilishni  tashkil  qilish  haqidagi  takliflarni 

ma’lum qiladi. Ammo sovetlarning III o’lka syezdi, musulmonlar syezdi, musulmon tashkilotlari 

o’lka kengashining o’lkani idora qilish to’g’risidagi takliflarni butunlay rad etadi. 

Milliy  siyosiy  tashkilotlarning  Turkiston  muhtor  respublikasini  barpo  etish  bo’yicha  olib 

borayotgan  jiddiy  tayyorgarlik  ishlari  bolsheviklarni  qattiq  tashvishga  solib  qo’yadi  va  ularni 

oktabrdagi  qurolli  davlat  to’ntarishidan  foydalanib  qolishlariga  olib  keladi  hamda  zo’rlik  yo’li 

bilan o’z hokimyatlarini o’rnatadilar. 

Oktabr to’ntarishi hamda Rossiya va Turkistonda sovet hokimyatining  o’rnatilishi milliy 

demokratlarni  o’z  taktikalarini  o’zgartirishga  majbur  qildi.  Ular  hali  1917  yil  oktabrigacha 

siyosiy separatizm (ajralib chiqish) g’oyasini ilgari surmagan edilar. Oktabrdan keyingi kunlarda 

Turkistondagi ahvolni tasvirlar ekan, muxtoriyat raxbarlaridan biri Mustafo Cho’qayev shunday 

eslaydi:  “Xalqni  siyosiy  huquqlardan  maxrum  qilish  bilan  birga  borgan  bolsheviklarning 

noqonuniy    ravishda  hokimyatni  qo’lga  olishlari  bizni  shoshilinch  choralar  ko’rishga,  xalq 

irodasini o’z qaroriga qarshi qo’yishga majbur qildi”

2

.  


Turkiston  o’lkasi  hududida  Turkiston  muxtoriyati  nomi  ostida  yangi,  demokratik 

davlatchilikni  barpo  etish  haqidagi  qaror  1917  yil  26  noyabrda  Milliy  Markaz  deb  hisoblangan 

“Markaziy  Sho’royi  Islomiya”  harakatining  tashabbusi  bilan  Qo’qonda  shoshilinch  chaqirilgan 

IV  favqulodda  o’lka  musulmonlari  qurultoyida  qabul  qilindi

3

.  27  noyabrda  qabul  qilingan 



qarorda qayd etilishicha, qurultoy “Turkiston o’lkasida bo’lg’on xalqlarning hohishlari bo’yicha 

Rusiya  inqilobi  tarafidan    berilgan  asoslarga  binoan  fidiratsiya  asosiga  qurulg’on    Rusiya 

jumhuriyati  ila  birlikda  qolg’oni  holda  Turkistonni  yerlik  muhtoriyati  ya’ni  “Territorialniy 

avtonomiyalik” e’lon qiladur. Bu Muxtoriyatning ne suratda vujudga qo’yilmog’oni yaqin orada 

yig’iladurg’on  Umumturkiston  xalqining  Uchreditelniy  Sobraniyasiga  (Turkiston  majlisi 

muassasa  soniga)  topshiradur.  Shuning  uchun  ila  barobar,  Turkiston  o’lkasida  aqalliyat  tashkil 

qilg’an  millatlarning  huquqlarining  har  jihatdan  saqlanilmоg’ini  ham  tantanali  suratda  bayon 

etadur”


4

                                                           




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling