1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

1

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 

49 


2

 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 180 

3

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 

51 



4

 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 181 


 

 

27 



27 

Shunday  qilib,  musulmonlar  qurultoyida  milliy  taraqqiyot  g’oyalariga  tayanuvchi  o’ziga 

xos  milliy  davlatchilik  shakllantirildi.  Tashkil  topayotgan  mazkur  davlatning  nomi  “Turkiston 

Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Hokimyatni esa Ta’sis syezdi chaqirilgunga qadar Turkiston 

Muvaqqat  Kengashi  (Tarkibi  12  kishidan  iborat  bo’lib,  4  o’rin  yevropalik  millat  vakillariga 

berildi) va Turkiston Xalq  (Milliy) Majlisi (Tarkibi 54 kishi bo’lib, 18 o’rin  Yevropalik millat 

vakillariga beriladigan bo’ldi) qo’lida bo’lishi ta’kidlandi. 

Turkiston muxtoriyatining tashkil qilinganligi o’lka xalqlarini ruhlantirib yubordi. 1917 yil 

1  dekabrda  Namangan  uyezdida  100  mingga  yaqin  kishi  ishtirok  etgan  namoyish  bo’lib  o’tdi. 

Unda  namoyishchilar  bayroqlariga  “Yashasin  muxtoriyatli  Turkiston  va  uning  hukumati!”  deb 

yozilgan so’zlar hilpirab turar edi

1

. 6 dekabrda Toshkentdagi Jome’ masjidida 60 ming kishi, 7 



dekabrda  Qo’qon  shahrining  42  jamoat  tashkilotlari  vakillarining  qo’shma  majlisida  Yangi 

tuzilgan muxtor hukumatni qo’llab-quvvatladilar

2



Biz  Turkistonning  birinchi  milliy  hukumati  to’g’risida  gapirganimizda,  albatta, 



hamyurtimiz,  yangi  shakllantirilgan  Milliy  majlis  a’zosi  Nosirxonto’ra  Kamolxonto’rayev 

to’g’risida alohida to’xtalib o’tishimiz lozim.  

Namanganning  peshqadam  taraqqiyparvar  ulamolaridan  biri  Sayyid  Nosirxonto’ra 

Kamolxonto’rayev  1871  yil  Namanganda  ziyoli  oilasida  tavallud  topadi.  Uning  otasi  Sayyid 

G’ozixon  Namanganning  eng  ko’zga  ko’ringan  mudarrislaridan  biri  bo’lib,  shariat  qozisi 

lavozimida ishlagan. Namanganda G’ozixonning o’z bosmaxonasi bo’lib, unda islom diniga oid 

bo’lgan ilmiy, falsafiy asarlarni chop ettiradi.  

Sayyid  Nosirxonto’raning  ilg’or  fikrli  kishi  bo’lib  yetishishida  oiladagi  ma’naviy 

muhitning  ta’siri  katta  bo’ldi.  Nosirxonto’ra  madrasadagi  o’qishini  tamomlagach,  chet 

mamlakatlarga  tahsil  olish  uchun  chiqib  ketadi.  Bag’dod,  Dehli,  Hijoz  va  Kobul  shaharlarida 

tahsil  ko’rdi,  islom  asoslarini  yanada  chuqurroq  o’rganib,  1912  yil  yana  o’z  Vataniga  qaytib 

keladi. U chet mamlakatlarda yashagan vaqtida mamlakatning taraqqiyoti uchun qiziqa boshladi. 

Tehron  va  Hijoz  kabi  shaharlarda  sodir  bo’layotgan  keskin  siyosiy  o’zgarishlar,  Turkiyadagi 

Yosh  turklar  harakatidan  qattiq  ta’sirlanadi.  O’sha  paytlardayoq  uning  qalbidan  Vatani 

Turkistonning  ravnaqi  haqidagi  fikrlar  muhim  o’rin  olgan  edi.  Namanganga  qaytgach,  shahar 

qozisi  lavozimida  ishladi.  Otasining  bosmaxonasi  orqali  Farg’ona  jadidlarining  islohotchilik 

g’oyalarini tarqatishda yordam berdi. 1916 yil O’zgan, Kosonsoy va Namanganda bo’lib o’tgan 

xalq  qo’zg’alonlarini  ham  qo’llab-quvvatladi.  1917  yil  fevral  inqilobidan  keyin  Nosirxonto’ra 

ijtimoiy-siyosiy  faoliyatida  keskin  o‘zgarishlar  boshlandi.  Turkistondagi  demokratik 

jarayonlarda uning alohida o’z o’rni bor. U 1917 yil 10 aprelda bo’lib o’tgan Turkiston O’lkasi 

Ijroiya  Komitetlari  delegatlarining  syezdida  ishtirok  etib,  aholining  barcha  tabaqalarini,  barcha 

millatlarni  qo’lga  kiritilgan  ozodlikni  asrab  qolishga,  hurriyat  bergan  imkoniyatlardan  unumli 

foydalanishga  da’vat  etadi

3

.  Turkiston  Muhtoriyatining  asosiy  tashkilotchilaridan  biri  aynan 



Nosirxonto’ra  edi.  atoqli  jadid  Ashurali  Zohiriyning  bergan  ma’lumotlariga  ko’ra,  “…agar 

Nosirxonto’ra  Turkiston  musulmonlarining  IV-favqulodda  qurultoyini  chaqirish  ustinda  jon 

kuydirmaganda edi, balkim bu qurultoy chaqirilmay qolishi mumkin edi…”

4

.  



U Qo’qonda chaqirilgan o’lka musulmonlarining IV-favqulodda syezdida saylangan Milliy 

Majlisga a’zo va hukumat maorif noziri lavozimlariga saylanadi. 

Muhtoriyat ag’darilgach, Nosirxonto’ra o’zining milliy-ozodlik g’oyasidan voz kechmagan 

holda yashirin faoliyat ko’rsatishga o’tdi. 

                                                           


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling