1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. –Т.: Маънавият, 2000. –Б. 19-20 

3

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 

30 



 

 

25 



25 

Turkiston  xalqlarining  o’z  taqdirini  o’zi  belgilashiga  qarshi  chiqdi,  imperiyachilik  siyosatining 

davom etishini yoqladi.    

Yuqorida zikr etilgan Rossiyaning yetakchi siyosiy partiyalarini milliy hududiy muxtoriyat 

masalasi bo’yicha faoliyatini o’rganib chiqib shunday xulosaga kelishimiz mumkin: 

1.  Yetakchi  umumrossiya  siyosiy  partiyalari  –  konstitutsion  demokratlar,  bolsheviklar, 

sotsialist-inqilobchilar  singari  partiyalar,  garchi  o’z  nizom  va  dasturlarida  mahalliy  xalq 

manfaatlarini  himoya  qilayotganday  ko’rsatsalarda,  aslida  ularning  so’z  va  amaliyoti  o’rtasida 

o’zaro  uyg’unlik  yo’q  edi.  Yuqorida  tilga  olingan  partiyalarning  faoliyati  doimo  imperiya 

manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  edi.  Siyosiy  hokimyatni  mahalliy  millat  vakillari 

qo’liga  berishni  hech  qachon  o’z  oldilariga  tub  maqsad  qilib  qo’ymaganlar.  Sho’rolar  tuzumi 

davridagi  O’zbekiston  kommunistik  partiyasi  degan  partiya  ham,  aslida  Rossiya  siyosiy 

partiyasining bir sho’basi edi xolos. 

2.  Turkiston  o’lkasida  faoliyat  ko’rsatgan  umumrossiya  siyosiy  partiyalari  XX  asr 

boshlaridan  imperiyani  saqlab  qolishga  qanchalik  harakat  qilmasinlar,  ularning  bu  ijtimoiy-

siyosiy  harakatlariga  javob  tariqasida  Turkiston  o’lkasi  milliy  ziyolilari  orasida  milliy-hududiy 

muxtoriyat  g’oyasi  tobora  yetilib  bordi.  To’g’ri,  bu  g’oyaning  shakllanishida  umumrossiya 

siyosiy  partiyalarining  dasturlari  muayyan  darajada  ta’sir  ko’rsatdi.  Lekin,  milliy  muxtoriyat 

g’oyasi  Turkiston  ma’rifatparvarlarining  qarashlari,  o’lkadagi  milliy-ozodlik  kurashi,  tajribasi 

jarayonida  shakllandi.  Fevral  inqilobidan  keyingi  voqealar  uning  tadrijiy  o’sishiga  katta  ta’sir 

ko’rsatdi.  U  o’lka  xalqlarining  o’z  suveren  huquqlari  uchun  kurash  maydonida  yuzaga  kelgan 

yangi konseptual qoidalar bilan teranlashdi va boyidi

1

.  


Umuman  olganda,  1917  yil  fevralidan  noyabrigacha  bo’lgan  davrda  Umumrossiya 

demokratik  jarayonlari  ichida  shakllangan,  rivojlangan  milliy-demokratik  harakat  o’zining 

Turkiston  jamiyatini  rivojlantirish  dasturini  ishlab  chiqa  oldi.  To’g’ri,  mafkuraviy  qarashlari 

Rossiya imperiyasi bilan munosabatlar istiqboli masalasida yakdillik yo’q edi. Ularning bir qismi 

o’z  kelajagini  Rossiya  imperiyasi  bilan  aloqadan  tashqarida  ko’rsa,  ko’pchiligi  esa  siyosiy 

federalizm  va  milliy-hududiy  muxtoriyat  g’oyasini  afzal  bildi.  Buni  biz  1917  yil  12-14  iyulda 

Skobelevda  bo’lib  o’tgan  musulmon  tashkilotlari  qurultoyida  tasdiqlangan  “Turk  Adami 

Markaziyati”  partiyasi  (Turk  federalistlar  partiyasi)ning  dasturiy  hujjatlaridan  bilib  olishimiz 

mumkin

2

.  



Partiyaning  asosiy  hujjati  –  “Muxtoriyat  loyihasi”ni  ishlab  chiqishda  Munavvar  Qori, 

Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Obidjon  Mahmudov,  Mulla  Kamol  Qozi,  Abdulla  Rahmonberdiyev, 

Mirodil Mirzaahmedov, Mirzaahmad Qushbegiyev va boshqa milliy ziyolilarimiz aktiv ishtirok 

etdilar.  Unda  yangi  partiya  Rossiya  davlatchiligining  demokratik,  federativ,  respublikachi, 

tuzilishi g’oyasining tarafdori ekanligini qat’iy ravishda ta’kidladi. 

O’z  dasturining  birinchi  bandida  partiya  Turkiston,  Qozog’iston,  Kavkaz  va 

Boshqirdistonga  milliy-hududiy  muxtoriyat,  Volgabo’yi,  Qrim  tatarlari  va  Rossiyaning  boshqa 

turkiy  xalqlari  uchun  esa  madaniy-milliy  muhtoriyat  berilishini  talab  qilib  chiqdi.  Muxtoriyat 

masalalari  ishlab  chiqilib,  muhtor  tuzilmalar  uchun  to’la  mustaqillik,  barcha  ichki  masalalar  – 

boshqaruv, moliya, shariat, madaniyat, adliya va maorifni hal qilishda mustaqillikni e’lon qildi. 

Davlatni  himoya  qilish,  pul  zarb  qilish,  bojxona  va  xorijiy  mamlakatlar  bilan  o’zaro  aloqa 

masalalari esa markaziy hokimyat zimmasiga yuklandi. 

Shunday  qilib,  Turkiston  davlatchiligi  tarixida  birinchi  marta  boshqaruvning  respublika, 

parlament  shakllarini  barpo  etish  g’oyasi  ilgari  surildi.  Dastur  muhtoriyatni  tuzishda  qonun 

chiqaruvchi majlis (parlament) va ijroiya hokimyatini vujudga keltirishni ko’zda tutdi

3

. Dasturda 



parlament, o’zini-o’zi boshqarish mahalliy organlariga saylovlar, din masalasi, sud muassasalari 

mustaqilligi,  maorif  masalalariga  juda  keng  va  katta  e’tibor  berilgan.  Xususan,  maorif 

                                                           

1

 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. –B. 18 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling