1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Rasmiy idoralar jadidlarni yosh turklarga qiyoslab “Yosh sartlar” deb atashgan. Qarang: Ўзбекистоннинг янги 

тарихи. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 265  




 

 

21 



21 

Ikkinchi  guruh  –  yevropalik  aholini  manfaatlarini  aks  ettiradigan  va  ularga  suyanadigan 

umumrus siyosiy partiyalari. Bular asosan, bolsheviklar, eserlar, kadetlar partiyalari edi. 

Uchinchi  guruh  –  Turkiston  o’lkasi  hududida  mahalliy  bo’lmagan  milliy-siyosiy 

tashkilotlar. 

 Yuqoridagi  fikrlarimizni  jamlab  shunday  xulosaga  kelishimiz  mumkin  –  Turkiston 

o’lkasida turli xil siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, oqimlar, guruhlar jamiyat siyosiy 

hayotida ko’ppartiyaviylik tizimi uchun zamin mavjud edi.  

O’lka  mahalliy  aholisining  orzu  umidlari  Rossiya  imperiyasining  va  sho’rolar 

hokimyatining  mustamlakachilik  zulmidan  ozod  bo’lish,  mustaqil  demokratik  milliy  davlat 

barpo  etish,  asriy  urf-odatlar,  an’analarning,  butun  musulmon  turmush-tarzining  saqlab 

qolinishidan  iborat  edi.  Masalan,  1917  yil  14  mart  kuni  Toshkentda  Abduvali  hojining 

xonadonida jamoatchilik tashkilotlari vakillarining yig’ilishi bo’lib, 61 kishidan iborat “Sho’royi 

Islomiya” tashkiloti tuzildi.  

15  martda  Munavvar  qori  Abdurashidxonovlar  xonadonida  bo’lib  o’tgan  yig’inda 

“Sho’royi  Islomiya”  tashkilotining  nizomi  qabul  qilinib,  unda  quyidagi  maqsad  va  vazifalar 

belgilandi: 

- Turkiston  musulmonlari  orasida  zamonaviy  ruhdagi  ilmiy  va  islohotchilik  g’oyalarini 

tarqatish; 

- g’oyalar va maqsadlar birligi asosida Turkiston musulmonlarini birlashtirish

- xorijiy mamlakatlardagi davlat hokimyati tizimi haqida ahborot yig’ish; 

- eski ma’muriyatni iste’foga chiqarish va yangisini tayinlash zaruriyatini tushuntirish

- o’lkadagi turli milliy qo’mitalar va partiyalar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish va x.k.lar

1



Ushbu  nizomda  keltirilgan  fikrlardan  ko’rinib  turibdiki  Turkiston  o’lkasida 

ko’ppartiyaviylik tizimi uchun shart-sharoit mavjud bo’lgan. Milliy demokratlarimiz millatidan, 

diniy  e’tiqodidan  qat’iy  nazar  turli  millat  vakillari  bilan  hamjihat  bo’lib  ishlash  tarafdori 

bo’lganlar. Biroq 1917 yil fevralida bo’lib o’tgan inqilob va shu yili oktyabr oyida sodir bo’lgan 

“davlat  to’ntarishi”  natijasida  hokimyat  tepasiga  kelgan  bolsheviklar  va  ularning  vaqtinchalik 

ittifoqchilari  bo’lgan  so’l  eserlar  Turkiston  xalqlarining  irodasi  va  istaklari  bilan  mutlaqo 

hisoblashmadilar.  Bolshevik  hukumati  va  o’lkada  uning  siyosatini  amalga  oshiruvchi 

Turkistonlik  bolsheviklar  o’lkaning  mustamlaka  holatini  o’zgartirishni  va  uning  xalqlariga 

yengilliklar  berishni  mutlaqo  istamas  edilar.  Boshqa  partiyalardan  farqli  o’laroq,  mahalliy 

bolsheviklar  turli  bahonalar  bilan  hokimyatni  aholini  95  %  ini tashkil  etuvchi  mahalliy  aholiga 

berishni, hatto ular bilan bo’lishib olishni ham hohlamas edilar.  

Xo’sh  mustaqillikning  tom  ma’nodagi  samarasi  hisoblanmish  “siyosiy  hokimyat” 

masalasiga  Turkiston  o’lkasida  faoliyat  yuritgan  umumrus  siyosiy  partiyalari,  yevropa  millati 

vakillari qanday munosabatda bo’lganlar. 

  Ma’lumki  1917  yil  fevral  inqilobi  Turkiston  aholisi  tomonidan  zo’r  hayajon  bilan  kutib 

olindi.  Inqilob  tomonidan  e’lon  qilingan  Ozodlik,  Tenglik,  Birodarlik  shiorlari  Rossiyaning 

mustamlakachilik  siyosatidan  ezilgan  musulmonlar  qalbida  yorqin  kelajakka  umid  uyg’otdi. 

Ammo  umumrus  siyosiy  partiyalarining  hatti-harakatlaridan  so’z  bilan  ish  birligi  o’rtasida 

bog’liqlik  yo’qligi  bilinib  qoldi.  1917  yil  mart  oyining  boshlarida  umumrus  siyosiy  partiyalari 

tashabbusni  o’z  qo’llariga  olib,  2  mart  kuni  O’rta  Osiyo  temir  yo’li  bosh  ustahonalari 

ishchilarining  namoyishida  Turkistonda  birinchi  ishchi  deputatlari  Soveti  tuzildi.  3  martda 

Toshkent  ishchi  deputatlari  soveti,  4-martda  Toshkentda  Soldat  deputatlari  soveti  tashkil  etildi. 

Mazkur hokimyatlarning tarkibi butunlay rusiyzabon  millat vakillaridan iborat bo’lib, o’zlarini 

Turkiston o’lkasidagi birdan-bir hokimyat deb hisoblashar edi. 

  1917  yilning  7  aprelida  Markaziy  muvaqqat  hukumatning  Turkiston  qo’mitasi  tuzilib, 

uning  raisi  III-IV  chaqiriqlar  davlat  dumasi  deputati,  IIB  ning  8  sobiq  boshqaruvchisi  Nikolay 

                                                           


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling