1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

1

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 

50 



 

 

24 



24 

xalq  va  podshoh  o’rtasidagi  to’siqdir,  samoderjaviye  faoliyatining  barcha  salbiy  tomonlari  shu 

partiya bo’ynida deb hisoblaydi

1



M.  Behbudiy  sotsialistik  partiyalar  haqida  fikr  yuritar  ekan,  ularning  dasturidagi  mulk, 

shaxs  va  oila  haqidagi  moddalar  yaroqsiz,  ular  shariat  qonunlariga  zid  keladi  va  musulmonlar 

hayotiga muvofiq emas, degan fikrni bidiradi. 

M.  Behbudiy  Rossiya  musulmonlari  partiyasiga  tavsif  berar  ekan,  Turkiston 

musulmonlarining  bo’lg’usi  partiyasi  iqtisodiyot,  mafkura  va  fan  masalalari  bo’yicha  kadetlar 

dasturini  qabul  qilishi  lozim.  Bu  partiyaning  konstitutsiyaviy  monarhiya  tizimini  yaratish 

dasturini ma’qullaydi, podshohga xalq bilan bevosita muloqot qilish imoniyatini beradi. Bunday 

tizimda, deydi u, barcha sinflar, millatlar, shu jumladan, musulmonlar ham erkinlik va tenglikka 

erishadi, har tomonlama rivojlanish imkoniga ega bo’ladi

2

. Kadetlarning dasturida mamlakatning 



madaniy  rivojlanishiga  yordam  beradigan  bir  qator  odilona  bandlar  o’z  aksini  topgan  edi.  U 

g’arb andozalari bo’yicha Rossiyada inqilobchilar yo’li bilan tub o’zgarishlarni amalga oshirish, 

g’arb  demokratiyasi  institutlarini  faol  joriy  etishga  mo’ljallangan  edi.  Rossiyaning  davlat 

qurilishi masalasi bo’yicha dastlab konstitutsion monarhiya tuzumi tarafdori bo’lgan  bo’lsalar, 

1917 yilga kelib demokratik parlament respublikasi tarafdorlari bo’lib maydonga chiqdilar. 

Lekin kadetlarning milliy dasturi cheklangan harakterga ega edi. Ijtimoiy kelib chiqishidan 

qat’iy nazar barcha fuqarolarning tengligini e’lon qilgan konstitutsion demokratlar, ayni paytda, 

xalqlarning  huquqlarini  faqat  erkin  va  madaniy  ravishda  o’z  taqdirlarini  o’zlari  belgilashda 

ekanligini  e’tirof  etdilar.  Ular  muhtoriyatlarni  shakllantirishda  milliy-hududiy  printsipni  qat’iy 

ravishda  rad  etdilar.  Masalan,  1917  yil  fevral  inqilobidan  so’ng  Turkistonda  muvaqqat 

hukumatning  Turkiston  qo’mitasi  raisi  –  Davlat  Dumasining  a’zosi,  kadet  N.N.  Shchepkin 

tayinlanib,  davlatni  idora  qilishning  istiqboli  haqida  bunday  deydi:  “Turkqo’mita  tayanadigan 

asosiy  qoidalar  ozodlik,  tenglik,  qardoshlik  va  Turkiston  o’lkasiga  tatbiqan  idora  qilishning 

demokratik prinsiplariga rioya qilishdir”. Biroq o’lkani idora qilishning u taqdim etgan sxemasi 

ana shu “idora qilishning demokratik prinsiplari”ni g’oyat o’ziga xos tarzda tushunish kerakligini 

ko’rsatdi.  “Qo’mita  shunday  fikrdagi,  -  deb  ta’kidlagan  edi  Shchepkin,  -  tashkil  qilish  eng 

quyidan  boshlanib,  navbatdagi  pog’onalarga  o’tish  lozim,  ana  shu  pog’onalar  o’rtasida  amaliy 

pog’onalar  bo’lishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  biz  ovul,  volost,  uchastka  va  uyezd  boshqaruvini 

tashkil qilamiz… Viloyatni idora qilishga va butun o’lkani idora qilishga kelganda shuni aytish 

kerakki,  bu ish  Turkiston qo’mitasi  zimmasiga tushadi”

3

.  Aslida  Muvaqqat  hukumat  Turkiston 



general-gubernatorini  Turkiston  qo’mitasi  bilan  almashtirib,  o’lkani  mustamlakachilik  usulida 

boshqarishning  tashqi  ko’rinishinigina  o’zgartirgan  edi  xolos,  uning  mohiyati  esa  avvalgicha 

qolavergan  edi.  Rossiyadagi  sotsialistik  partiyalar  masalasiga  kelsak  ularning  o’lkadagi 

sho’balarining  milliy  dasturlari  ko’proq  demokratik  taasurot  tug’dirardi.  Partiyaning  tashkiliy 

jihatdan shakllanish vaqtidayoq sotsialist-inqilobchilar (eserlar) o’zlarining “ajralib chiqishgacha 

bo’lgan  to’la  va  shak-shubxasiz  o’z  taqdirini  o’zi  belgilash  huquqini  e’tirof  etish”,  inqilobdan  

keyin  Rossiya  tarkibida  qolishni  hohlagan  xalqlarga  esa  erkin  federatsiya  taklif  qilish  nuqtayi 

nazarlarini  bayon  etgan  edilar.  Afsuski,  eserlar  o’zlarining  amaliy  faoliyatlarida  izchil  emas 

edilar. Eserlar partiyasining so’zi va ishi o’rtasida o’zaro uyg’unlik yo’q edi. Buni biz Turkiston 

XKS  tarkibiga  bolsheviklar  bilan  kelishib  kirib,  o’z  nomlari  va  dasturlarida  ilgari  surgan 

g’oyaviy maqsadlaridan voz kechganliklarida ko’rdik.  

Bolsheviklar uchun, xususan, siyosiy nopoklik, ko’p narsalarni va’da qiluvchi davatlarning 

kommunistik  jamiyat  qurishning  strategik  g’oyasi  bilan  keskin  nomuvofiqligi  harakterli  edi. 

Sinfiy manfaatlarning ustivorligiga asoslanish, milliy omilga yetarli baho bermaslik bolsheviklar 

dasturini  bo’shashtirib  qo’ydi,  o’zlarining  dasturiy  ko’rsatmalariga  xilof  ravishda  amalda 

                                                           

1

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. –Т.: Маънавият, 2000. –Б. 17-18 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling