1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


  Ko’ppartiyaviylik tizimining hayotga tadbiq e’tilishi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2.2. 

Ko’ppartiyaviylik tizimining hayotga tadbiq e’tilishi 

XX asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador insoniy erkinlikning so`nggi natijasiga 

aylandi.  Ulkan  demokratlashtirishning  dunyoviy  tamoillari  yangi  ufqlarni  ochdi.  Yevropada 

fuqarolik  jamiyatini  yangilanishning  harakatlantiruvchi  kuchi  sifatidagi  mavqeiga  qiziqishlar 

kuchaydi,  shu  bilan  birga  davlat  va  hukumat  ta`sirlari  kamayib  borayotgan  rivojlanayotgan 

mamlakatlar  orasida  ham  u  keng  tarqala  boshladi.  Fuqarolik jamiyatiga  nisbatan paydo bo`lgan 

jozibadorlik, asosan, siyosiy maqsadlarni ko`zlagan (atrof-muhitni himoya qilish, inson huquqlari, 

ayollar  huquqlari,  saylovlarning  borishini  nazorat  etish,  korruptsiyaga  qarshi  kurash)  nodavlat 

tashkilotlar  sonining  ortib  borishi  bilan  bog’liqdir.  So`nggi  bir  necha  yillar  ichida,  ayniqsa, 

demokratiyaga sekin o`tayotgan mamlakatlarda bu kabi guruhlar tezlik bilan ko`payib bormoqda. 

Mazkur  mamlakatlardagi  fuqarolik  jamiyati  o`ziga  davlatdan  tashqarida  bo`lgan  barcha 

tashkilotlar  va  birlashmalarni  (siyosiy  partiyalarni  ham),  shuningdek,  kasaba  uyushmalari,  savdo 

palatalari, etnik guruhlar, diniy tashkilotlar, madaniy va sport jamiyatlari kabilarni o`ziga qamrab 

oldi. 


Bozor  iqtisodiyotiga  o`tayotgan,  sanoat  texnologiyalarini  rivojlantirayotgan  mamlakatlarda 

NT lar faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular hukumatga ta`sir o`tkazib va siyosiy qaror 

qabul qiluvchi shaxslarga ekspertlar maslahatlarini taklif etib, siyosatni shakllantirishga ham katta 

hissa  qo`shmoqdalar.  Ular  fuqarolarga  ma`rifiy  bilimlar  berish  va  siyosatda  fuqaroviy  ishtirok 

etish sohalarida ham davlat bilan hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 

Hozirgi davrda rivojlangan va demokratik mamlakatlarda nodavlat notijorat tashkilotlarni 

har  tomonlama  rivojlantirish  va  takomillashtirish  natijasida  kuchli  fuqarolik  jamiyati  qurishga 

erishildi

1

.  O`z  o`rnida,  bu  jamiyat  fuqarolar  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish,  aholi 



ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni siyosiy qarorlar qabul qilishda bilvosita ishtirokining 

muhim omili bo`lib qolmoqda

2



1994 yil oxiri, 1995 yil yanvarida O`zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat Parlamenti 



– Oliy Majlisga, Mahalliy vakillik organlariga ochiq, demokratik saylovlar o`tkazildi. 

Saylovlar  xalqimizning  siyosiy  saviyasi  faolligi  yuksalib  borayotganini  namoyish  etdi. 

Yana  shuni  ta`kidlash  lozimki,  xalqning  hayotiy  tajribalariga  milliy  va  madaniy  an`analariga 

mos tushadigan haqiqiy demokratiya tamoyillari qaror topmoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning 

ustivorligi  tobora  mustahkamlanmoqda,  yangi  demokratik  mezonlar  hayotga  tobora  chuqurroq 

kirib bormoqda, inson haq-haquqlari va erki konstitutsiya yo`li bilan kafolat topmoqda. Millati, 

dini,  siyosiy  e`tiqodidan  qat`iy  nazar,  har  bir  fuqaro  teng  huquqqa  egadir.  Respublikada 

yashovchi aholi O`zbekiston o`zlarining umumiy xonadoni ekanini tobora teran anglamoqda. 

Fuqarolarning diniy e`tiqod erkinligi huquqiga amal qilinmoqda, respublikada 15 ta diniy 

konfessiya  faoliyat  ko`rsatmoqda.  Yuqoridagilar  shubhasiz  islohotlar  jarayonida  respublikada 

yangi  demokratik  siyosiy  tizimning  asoslari  yaratilganini  yaqqol  ko`rsatib  turibdi.  Ma`lumki, 

demokratik  tartibot  siyosiy  hokimiyatni  amalga  oshirishning  keng  tarqalgan  zamonaviy 

shaklidir.  Unda  demokratiya  institutlari,  siyosiy  erkinliklar  bo`lishiga,  mehnatkashlarning  turli 

tashkilotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi

3



Shuning  uchun  ham  O`zbekiston  Parlamenti  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 



ta`minlash  maqsadida  mamlakatda  avvalo  ko`ppartiyalilik,  oshkoralikni  fuqarolarning  jamoat 

tashkilotlari  orqali  huquqlarini  ta`minlashga  qaratilgan  muhim  qonunlar  qabul  qildi.  “Vijdon 

erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to`g’risida”  (1991  yil  14  iyun),  “Jamoat  tashkilotlari  to`g’risida” 

(1991  yil  15  fevral),  “Ommaviy  axborot  vositalari  to’g’risida”  (1991  yil,  14  iyun),  “Kasaba 

                                                           

1

Qarang: Қирғизбоев М. Жамоат ташкилотларини молиялаштириш. Хорижий сиёсий партияларнинг 



манбалари // Миллий Тикланиш, 2002 йил 25 июн. 

2

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: хорижий тажриба ва назария. –Т.: Янги аср авлод, 2006. –Б.56 



3

  Jo’rayev  N.,  Fayzullayev  T.  Mustaqil  O’zbekiston  tarixi.  O’zbekistonning  yangi  tarixi,  3-kitob.  –T.:  G’afur 

G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 175 



 

 

35 



35 

uyushmalari” ular faoliyatining huquq va kafolatlari to’g’risida” (1992 yil, 2 iyul) qonunlari ana 

shular jumlasidandir. 

Oliy  Majlisning  1996  yil  dekabrda  bo`lgan  VII  sessiyasida  “Siyosiy  partiyalar 

to’g’risida”gi  qonun  umumxalq  muhokamasidan  so`ng  qabul  qilindi.  Jumladan,  qonunda: 

“Siyosiy partiya - qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat 

muayyan  qismining  davlat  hokimiyatini  shakllantirishdan  iborat  siyosiy  irodasini  ro`yobga 

chiqarishga  intiluvchi  hamda  o`z  vakillari  orqali  davlat  va  jamoat  ishlarini  idora  etishda 

qatnashuvchi  O`zbekiston  fuqarolarining  ko`ngilli  birlashmasidir”,  –  deyiladi.  Bugungi  kunda 

respublikada aholining turli toifalarini birlashtirgan 4 ta siyosiy partiya faoliyat ko`rsatmoqda.        

Jumladan,  O`zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  (qisqacha  nomlanishi  –  O`zbekiston 

XDP)ga  1991-yil  1-noyabrda  partiyaning  Ta’sis  qurultoyida  asos  solindi.  O`tgan  davrda 

partiyaning II (1994-y. noyabr), III ( 1999-y. oktabr), IV (2004-y. noyabr), V (2005-y. iyul), VI 

(2007-y.  noyabr)  va  VII  (2009-yil  noyabr)  qurultoylari  bo`lib  o`tdi.  O`zbekiston  XDPning  V 

Qurultoyida  partiyaning  yangi  Dasturi  qabul  qilindi,  II  va  III  qurultoylarda  O`zbekiston  XDP 

Ustaviga  zarur  o`zgartirishlar  kiritildi,  IV  qurultoy  esa  yangi  tahrirdagi  Ustavni  qabul  qildi. 

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2009-yil noyabr oyida bo`lib o`tgan VII qurultoyida 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 135ta saylov okrugi hamda 

mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlariga  bo`ladigan  saylovlarda  O`zbekiston  Xalq  demokratik 

partiyasining ishtiroki va yangi saylovoldi dasturini qabul qilish masalalari ko`rib chiqildi

1



O`zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  o`zining  dasturiy  maqsadlarini  birinchi  navbatda 



O`zbekistonda  izchil  amalga  oshirilayotgan  mamlakatni  isloh  qilish  va  modernizatsiyalash 

strategiyasining ijtimoiy ustuvorliklaridan kelib chiqib belgilaydi. 

O`zbekiston  XDPning  saylovoldi  platformasi  ushbu  ustuvorliklarga  muvofiq  asosiy 

ijtimoiy bazani va partiya doimiy elektoratining asosiy qismini ifodalaydigan aholining ijtimoiy 

zaif  qatlamlari  va  guruhlari  manfaatlarini  har  tomonlama  hisobga  olish,  ifodalash  va  himoya 

qilishga yo`naltirilgandir. 

Eng avvalo, bu iqtisodiyotda band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy himoyaga 

muhtoj  va  ishga  joylashishda  qiyinchiliklarga  duch  kelayotgan  odamlardir.  Bular  -  kam 

ta’minlangan  va  ko`p  bolali  oilalar,  o`rta  maxsus  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim  muassasalarini 

tamomlagan  yoshlar,  imkoniyatlari  cheklangan  odamlar,  pensionerlardir.  Partiya  pedagoglar, 

vrachlar, ijtimoiy xizmatlar ko`rsatadigan hamda boshqa sohalarning aholining zaif qatlamlari va 

guruhlari ijtimoiy ta’minotini ta’minlaydigan xodimlari va mutaxassislarini ham o`zining doimiy 

elektoratiga tegishli deb hisoblaydi. 

O`zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasining  V  (2005-y.  iyul)  qurultoyi  qaroriga  muvofiq, 

2006-yil  yanvar-iyun  oylarida  partiya  a’zolari  qayta  ro`yxatdan  o`tkazildi.  Har  xil  sabablarga 

ko`ra partiya tashkilotlari ishida va partiya hayotida qatnashmaydigan, o`zlarining Nizomda qayd 

etilgan vazifalarini bajarmagan, partiya yangilangan mafkurasini qo`llab-quvvatlamaydigan yoki 

mamlakat  tashqarisiga  chiqib  ketishi  va  boshqa  sabablarga  ko`ra  o`z  tashkilotlari  bilan  aloqani 

uzgan a’zolardan O`zbekiston XDPning xalos bo`lishi, qayta ro`yxatdan o`tkazishning bevosita 

natijasi bo`ldi. 

Qayta  ro`yxatga  olishdan  keyin  2007-yil  1-yanvar  holatiga  ko`ra  O`zbekiston  Xalq 

demokratik partiyasi 343,8 ming a’zoni tashkil etdi. O`zXDPning qariyb 85 foizdan ortiq a’zosi, 

1991-2006-yillarda  unga  a’zo  bo`lgan  bo`lib,  ushbu  davrda  boshqa  siyosiy  partiyalarga  a’zo 

bo`lmagan. 2010 yil 1 yanvar holatiga ko`ra partiyaga 368,2 ming kishi a’zo bo`lib kirgan bo`lsa, 

2010  yil  iyul  oyining  oxiriga  borib  O`zXDP  a’zolarining  soni  372,7  ming  kishiga  etdi.  2010-

yilda,  2005-yildagi  ma’lumotlarga  ko`ra  taqqoslaganda,  XDPning  oliy  ma’lumotli  a’zolari 

salmog’i  36,8  foizdan  41,5  foizgacha  o`sdi,  xotin-qizlar  salmog’i  39,6  foizgacha  ko`paydi. 

Partiyada O`zbekiston XDP elektoratining muqim ijtimoiy guruhlariga mansub bo`lgan sog’liqni 

                                                           

1

 



http//www.xdp.uz/meet/

 



 

 

36 



36 

saqlash  va  xalq  ta’limi  xodimlari  salmog’i  vakillari  sezilarli  darajada  ko`paydi.  Partiya  ko`p 

millatli xususiyatga ega: uning tarkibida O`zbekistonda yashayotgan 65 millat vakillari mavjud. 

Partiya  tarkibida  14  ta  mintaqaviy,  200  ta  tuman  va  shahar,  11576

1

  ta    boshlang’ich 



tashkilotlar  bor.  Partiyaning  amaldagi  Markaziy  Kengash  organlari  2009-yil  aprel  -  noyabr 

oylarida  Qoraqalpog’iston  respublika,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  kengashlarida  o`tkazilgan 

konferentsiyalar va O`zbekiston XDPning VII qurultoyida shakllangan. 

O`zbekiston  XDPning  Markaziy  Kengashi  tarkibi  75  a’zodan  tashkil  topgan.  Ulardan  56 

a’zo  partiyaning  tegishli  Qoraqalpog’iston  respublika,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  partiya 

tashkilotlaridagi mintaqaviy konferentsiyalarda teng miqdorda saylangan bo`lsa, qolgan 19 a’zo 

bevosita partiyaning VII qurultoyida saylangan. 

Markaziy Kengash a’zolari orasidan I Plenumda (2009-yil noyabr) Ijroqo`m (15 a’zo) va 

uning Hay’ati (5 a’zo) saylandi. Partiya Markaziy Kengashi raisi O`zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, palata xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo`mitasi 

raisi Latif Yoqubovich G’ulomovdir. 

2009-yilgi  saylov  yakunlariga  ko`ra  partiya  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasida  32  deputatdan  iborat  o`z  fraktsiyasini  tuzdi.  Fraktsiya  o`z  faoliyatini 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  2010  yil  27  yanvarda  bo`lib  o`tgan  qo`shma 

majlisidagi  ma’ruzasida  ta’kidlangan  ko`p  partiyali  parlament  demokratiyasining  ustuvor 

vazifalaridan kelib chiqqan holda partiya saylovoldi Dasturiga muvofiq olib boradi

2



Saylov  natijalariga  ko`ra  mahalliy  Kengashlarga  O`zbekiston  XDPdan  2570  deputat 

saylangan  yoki  bu  mahalliy  vakillik  organlaridagi  umumiy  o`rinlarning  41,8  foizi  deganidir. 

O`zbekiston  XDPning  o`z  ommaviy  axborot  vositalari  mavjud.  Ular:  partiyaning  markaziy 

nashrlari - "O`zbekiston ovozi" gazetasi (o`zbek tilida) va "Golos Uzbekistana" haftanomasi (rus 

tilida). 

O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  1995  yil  18  fevralda  partiyaning 

Birinchi ta’sis qurultoyida tuzilgan. O`zbekistonda sotsial-demokratik partiyasini tuzish g’oyasi 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisida  44  deputatni  tashabbuskorlar  guruhiga  birlashtirdi. 

Tashabbuskor guruh sa’yi  harakatlari bilan Toshkent shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 

respublikamiz barcha viloyatlarida tashabbuskor guruhlar tuzilib ta’sis qurultoyiga tayyorgarlik 

ko`rildi.  Partiyaning  Nizomi  va  Dasturi  loyihalari  ishlab  chiqildi.  Qurultoyda  shu  narsa  e’tirof 

etildiki,  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  O`zbekistondagi  ilk  va  yagona 

sotsial-demokratik  partiya  bo`ldi.  Ta’sis  qurultoyida  partiyaning  birinchi  Nizom  va  Dasturi, 

qurultoyning  O`zbek  xalqiga  murojaatnomasi  qabul  qilindi.  Shu  bilan  birga,  qurultoyda  57 

kishidan  iborat  partiya  Siyosiy  Kengashi  va  5  kishidan  iborat  Markaziy  Taftish  Komissiyasi 

saylandi.  Qurultoyda  qabul  qilingan  Dasturda,  partiyaning  bosh  maqsadi  mustaqillikni 

mustahkamlash,  islohotlarning  borishiga,  huquqiy-demokratik,  adolatli  fuqarolik  jamiyatini 

barpo  etishga  va  pirovardida  O`zbekistonning  jahonda  rivojlangan  mamlakatlar  safidan 

mustahkam o`rin olishiga munosib hissa qo`shishdan iborat deb, belgilab berilgan

3



Siyosiy Kengashning birinchi Plenumida Anvar Jo`raboev – Siyosiy Kengashning birinchi 

kotibi,  Abduvali  G’ulommahmudov,  Najmiddin  Komilov,  Haliboy  Boboev  va  Ulug'bek 

Doniyorovlar  -  Siyosiy  Kengash  kotiblari  etib  saylandilar.  Ta’sis  yilida  partiya  saflariga  3 

mingdan ortiq a’zolar kirdi. Bu davrda Respublikamizning barcha viloyatlarida, shaharlarida va 

deyarli  hamma  tumanlarida  partiya  Kengashlari  faoliyat  ko`rsata  boshladi.  1996  yilning 

noyabrida  partiya  siyosiy  Kengashining  navbatdan  tashqari  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenumda 

tashkiliy  masala  ko`rildi:  boshqa  ishga  o`tganligi  sababli  Anvar  Jo`raboev  Siyosiy  Kengash 

                                                           

1

  Jo’rayev  N.,  Fayzullayev  T.  Mustaqil  O’zbekiston  tarixi.  O’zbekistonning  yangi  tarixi,  3-kitob.  –T.:  G’afur 



G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 173 

2

 



http//www.xdp.uz/meet/

 

3



 

http://adolat.uz/history

 



 

 

37 



37 

birinchi  kotibi  lavozimidan  ozod  etildi.  "Adolat"  SDP  Siyosiy  Kengashi  birinchi  kotibi  etib 

Turg’unpo`lat  Daminov  saylandi.  Partiyaning  I  qurultoyidan  keyingi  davri  oyoqqa  turish, 

tashkiliy va g’oyaviy jihatdan o`sish davri bo`ldi.  

Joylarda  ko`plab  fuqarolar  "Adolat"  SDP  saflariga  kira  boshladilar.  Yangi-yangi 

boshlang’ich partiya tashkilotlari tuzildi. 1999 yilga kelib partiya a’zolari soni 40 mingga yaqin 

kishiga  etdi.  1999  yil  9  oktabr  kuni  Toshkentda  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik 

partiyasining    II  qurultoyi  bo`lib  o`tdi.  Qurultoyda  partiya  saylovoldi  dasturi  qabul  qilindi, 

partiyadan  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  deputatligiga  nomzodlar  ko`rsatildi, 

shuningdek,  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy  Kengashi  va  Markaziy 

Taftish komissiyalarining yangi tarkiblari saylandi. Qurultoy kuni bo`lib o`tgan Siyosiy Kengash 

tashkiliy Plenumida Siyosiy Kengash Birinchi kotibi etib Turg’unpo`lat Daminov, kotiblari etib 

Abduvali  G’ulommahmudov,  Ravshan  Xaydarov,  Anvar  Jo`raboev,  To`xtamurod  Toshev  va 

Mo`tabar Sodiqovalar saylandilar. 

Qurultoydan keyin, 1999 yil dekabrida bo`lib o`tgan saylovlarda O`zbekiston Respublikasi 

Oliy  Majlisiga  "Adolat"  SDPdan  11  deputat  va  mahalliy  Kengashlarga  60  deputat  saylandi.  II 

qurultoydan  keyingi  davr  partiyaning  xalqaro  aloqalarini  musahkamlash  davri  bo`ldi. 

Germaniyaning  Fridrix  Ebert  va  Konrad  Adenauer  fondlari  bilan  o`zaro  hamkorlik  to`g’risida 

shartnomalar tuzildi.  F. Ebert fondi vakillari Samarqand va Buxoro viloyat  partiya tashkilotlari 

faoliyati  bilan  tanishib  chiqdilar.  Toshkent,  Samarqand  va  Buxoro  shaharlarida  "adolatchi"lar 

uchun  seminarlar  uyushtirdilar.  F.  Ebert  fondining  Toshkent  hududiy  bo`limi  rahbari  doktor 

Dibold  yordamida  Kinochilar  uyida  partiya  Siyosiy  Kengashi  tomonidan  siyosiy  mavzudagi 

hujjatli filmlar kinofestivali uyushtirildi

1

.  



Bu  davr  mobaynida  partiya  Siyosiy  Kengashi  qarorgohida  Germaniya,  Shveysariya, 

Rossiya  elchilari,  Amerika  Qo`shma  Shtati  Kongressi  a’zolari,  Hindiston  Milliy  Kongressi 

partiyasi  vakillari,  Yevropa  xavfsizligi  va  hamkorligi  tashkilotining  Toshkentdagi  markazi 

vakillari,  Rossiya,  Ukraina,  Belorus  Saylov  komissiyasi  a’zolari  qabul  qilindilar.  2000  -  2004 

yillarda partiyamizda xotin-qizlar bilan ishlash sezilarli darajada faollashdi. 

Bu Siyosiy Kengash qoshida tuzilgan Xotin-qizlar Kengashining faoliyati jonlanganligidan 

darak  beradi.  2003  yildan  beri  Siyosiy  Kengash  qoshida  "Yosh  adolatchilar"  Kengashi  faoliyat 

ko`rsatib  kelmoqda.  Partiyamiz  2004  yil  dekabr  saylovlariga  tayyorgarlikni  oldingilariga 

nisbatan nihoyatda erta 2003 yilning 25 dekabrida o`tkazilgan Siyosiy Kengash XI Plenumidan 

boshlab yubordi. 2004 yil dekabr 2005 yil yanvar oylarida bo`lib o`tgan saylovlarda O`zbekiston 

"Adolat" SDPdan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga ikki kishi - Mir-Akbar 

Rahmonqulov  va  Mamazoir  Xo`jamberdiev,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  10 

kishi  -  Dilorom  Toshmuhamedova,  Ismoil  Sayfnazarov,  Abdurafiq  Ahadov,  Abdulla 

Abdunazarov,  Xudoyor  Mamatov,  Mamit  Asqarov,  Sobir  Tursunov,  Oysha  Axunova,  Zuhra 

Botirova  va  Yusibjon  Nishonovlar  saylandilar.  Shuningdek,  xalq  deputatlari  viloyat,  shahar  va 

tuman  Kengashlariga  saylovlarida  esa  partiyadan  169  ta  deputat  saylandi.  Parlament  saylovlari 

natijalaridan kelib chiqqan holda 2005 yil 24 yanvarida partiya Siyosiy Kengashining navbatdan 

tashqari II Plenumida chaqirildi. Unda O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy 

Kengashi birinchi kotibi etib partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi fraksiyasi rahbari 

Dilorom  Gofurjonovna  Toshmuhamedova  saylandi.  2005  yilning  birinchi  choragida  partiya 

hayotiga taalluqli yana bir muhim siyosiy voqea sodir bo`ldi. 

Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasidagi  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi 

fraktsiyasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va 

O`zbekiston  "Fidokorlar"  Milliy-demokratik  partiyasi  fraktsiyalari  bilan  birgalikda  tashkil 

etilgan Demokratik blokka kirdi. 2005 yil 29 sentabrda O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik 

partiyasi  Siyosiy  Kengashining  IV  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenumda  partiya  III  qurultoyi 

                                                           

1

 



http://adolat.uz/history

 



 

 

38 



38 

tomonidan  unga  berilgan  vakolatlar  doirasida  O`zbekiston  "Adolat"  SDP  Ustavining  yangi 

tahririni tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi va tasdiqlandi

1



2005  yil  17  dekabrda  partiyaning  Umumpartiya  konferensiyasi  bo`lib  o`tdi.  Unda 

partiyaning  2006-2009  yillarga  mo`ljallangan  faoliyat  dasturi  tasdiqlandi  va  boshqa  masalalar 

ko`rib  chiqildi.  2006  yil  4  dekabrda  O`zbekiston  "Adolat"  SDP  Siyosiy  Kengashining  VI 

Plenumi  o`tkazildi.  Plenum  kun  tartibining  asosiy  masalasi,  ya’ni  "O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti tomonidan qonunchilik palatasiga kiritilgan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 

demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 

kuchaytirish  to`g’risida"gi  Konstitutsiyaviy  qonun  yuzasidan  partiya  Siyosiy  Kengashining 

birinchi kotibi D.G’. Toshmuhamedova ma’ruza qildi. 

2007  yil 14 sentabr O`zbekiston  "Adolat" SDP  Siyosiy Kengashining VII Plenumi  bo`lib 

o`tdi. Unda "Adolat" SDPning faoliyatini kuchaytirish va yangilash Konsepsiyasi" qabul qilindi. 

2007  yil 28  sentabr  O`zbekiston "Adolat" SDP  Siyosiy  Kengashining navbatdagi VIII  Plenumi 

bo`lib  o`tdi.  Unda  "O`zbekiston  "Adolat"  SDPning  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

saylovida  ishtiroki  to`g’risida"gi  masala  muhokama  etilib,  saylovda  partiya  tomonidan 

ko`rsatilgan  bo`lajak  nomzod  va  partiyaning  IV  qurultoyini  chaqirish  to`g’risidagi  masalalar 

muhokama  etildi.  Shuningdek,  Plenumda  partiya  tomonidan  O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidentligiga  ko`rsatilgan  nomzodni  tasdiqlash  va  ushbu  saylovda  partiyaning  ishtiroki  bilan 

bog’liq  masalalarni  ko`rib  chiqish  uchun  navbatdagi  IV  qurultoyni  chaqirish  to`g’risida  qaror 

qabul qilindi. 

2007  yil  3  noyabrda  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasining  IV  qurultoyi 

o`tkazildi. Qurultoy ishida 150 yaqin delegatlar, partiya faxriylari, partiya faollari, mehmonlar va 

ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  ishtirok  etishdi.  Unda  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-

demokratik  partiyasidan  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzod  ko`rsatish 

to`g’risidagi  qarori  qabul  qilindi.  2007  yil  18  noyabr  kuni  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug’bek Abdusalomov O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik 

partiyasidan  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  ko`rsatilgan  nomzod  Dilorom 

G’ofurdjonovna  Toshmuhamedovaga  ro`yxatga  olinganligi  to`g’risida  guvohnoma  topshirdi. 

2007  yil  23  dekabr  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  saylov  bo`lib  o`tdi.  Unda 

O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasidan  ko`rsatilgan  nomzod  D.  G’. 

Toshmuhamedova  434  ming  111  saylovchining  ovozini  olib  3  o`rinni  egalladi.  Bu  saylovda 

ishtirok etgan saylovchilarning 2, 94% ni tashkil etadi

2



2008  yilning  4  iyul  kuni  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 



Kengashining  IX  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Mazkur  Plenumda  partiyaning  2008  yilning  birinchi 

yarim  yilligidagi  faoliyati  natijalarini  tahlil  etish  va  navbatdagi  vazifalarni  belgilashdan  iborat 

bo`ldi.  Ta’kidlanganidek,  2008  yil  birinchi  yarim  yilligi  davomida  O`zbekiston  "Adolat"  SDP 

tomonidan respublika miqyosida jami 1435 dan ortiq tadbir o`tkazilib, bu tadbirlarda 158 ming 

920  kishi  ishtirok  etganligi  ta’kidlab  o`tildi.  O`zbekiston  "Adolat"  SDP  hududiy  partiya 

Kengashlari  tomonidan  "Yoshlar  yili"da  o`tkazilayotgan  tadbirlarning  asosiy  qismi 

fuqarolarimizning siyosiy, huquqiy madaniyatini  yanada  yuksaltirishga qaratilgan. 2008  yilning 

27  sentabr  kuni  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy  Kengashining  X 

Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenum  ishida  tashkiliy  masalalar  ko`rib  chiqildi.  Unda  O`zbekiston 

"Adolat"  SDP  Siyosiy  Kengashi  raisi  D.G’.Toshmuhamedovaning  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasi Spikeri etib saylanganligi munosabati bilan, partiyaga a’zolikni vaqtincha to`xtatib turish 

va  shu  munosabat  bilan  Siyosiy  Kengash  raisi  lavozimidan  ozod  etish  to`g’risidagi  arizasi 

qanoatlantirildi.  O`zbekiston  "Adolat"  SDP  Siyosiy  Kengashi  raisi  lavozimiga  O`zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  deputati,  partiya  fraksiyasining  a’zosi  Ismoil 

Saifnazarov nomzodi tavsiya etildi hamda bir ovozdan ma’qullandi. 

                                                           

1

 

http://www.uza.uz/news



2

 



http://adolat.uz/history

 



 

 

39 



39 

  2009  yilning  13  mart  kuni  O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 

Kengashining  XI  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenumda  quyidagi  masalalar  muhokama  etildi.  Unda 

O`zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasining  2009  yilga  mo`ljallangan  harakat 

dasturining  asosiy  yo`nalishlari,  partiyaning  2008  yil  byudjetining  ijrosi  va  2009  yil  byudjeti 

kabi masalalar ko`rib chiqildi

1

.  


2010  yil  17  dekabr  kuni  O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 

Kengashining  III  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenum  kun  tartibida  “O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimovning  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senati  qo`shma  majlisidagi 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarorlik  jamiyatini 

rivojlantirish kontseptsiyasi” ma`ruzasida belgilangan ko`rsatmalarni amalga oshirish  yuzasidan 

O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik   partiyasining   vazifalari   to`g’risida”,  “O`zbekiston  

“Adolat”   sotsial-demokratik   partiyasi   Ustavining   yangi   tahririni   tasdiqlash   to`g’risida”, 

“Barkamol  avlod  yili”  Davlat  dasturining  ijrosida  ishtirok  etayotgan  O`zbekiston  “Adolat” 

sotsial-demokratik partiyasining tadbirlar rejasi  bajarilishi  to`g’risida” masalalar ko`rib chiqildi. 

2011  yil  17  mart  kuni  O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 

Kengashining IV Plenumi bo`lib o`tdi. Plenum kun tartibidan “O`zbekiston  “Adolat”  SDPning  

2010  yildagi   ustav   faoliyatining   yakunlari   va   2011  yil   faoliyatining   asosiy   yo`nalishlari  

to`g’risida”,  “O`zbekiston   “Adolat”   SDPning   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasidagi  

fraktsiyasining   2010  yildagi   faoliyati   va   2011  yilga   belgilangan   vazifalari   to`g’risida”, 

“O`zbekiston   “Adolat”   SDPning  2010  yil   byudjetining   ijrosi   va   2011  yil   byudjetining  

asosiy   ko`rsatkichlari   to`g’risida”,  “O`zbekiston  “Adolat”  SDPning   O`zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimovning  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senati  qo`shma  majlisidagi 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish  kontseptsiyasi”  mavzuidagi  ma`ruzasida  belgilangan  ko`rsatmalarni  amalga 

oshirish   yuzasidan  vazifalari   to`g’risida”gi  partiya  Siyosiy  Kengashi  qarorining  bajarilishini 

tashkil  etish  bo`yicha  doimiy  komissiyalarni  tuzish  to`g’risida”,  “O`zbekiston  “Adolat”  SDP 

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi Nizomi to`g’risida” kabi masalalar o`rin olgan

2



2012  yil  26  noyabr  kuni  O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 



Kengashining  V  Plenumi  bo`lib  o`tdi.  Plenum  kun  tartibidan  partiyaning  bugungi  hayotida 

muhim bo`lgan ikki masala – “O`zbekiston “Adolat” SDPning elektorat manfaatlarini ifodalash 

va himoya qilishda Xalq deputatlari  mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari   ish   faoliyatini 

kuchaytirish   to`g’risida”  hamda  “Kichik  biznes  va  xususiy   tadbirkorlik  yili”  Davlat  dasturi 

ijrosini  ta`minlashda  O`zbekiston  “Adolat”  SDP  tashkilotlarining faoliyati  to`g’risida”gi 

masalalari o`rin olgan. 

2012  yil  24  mart  kuni  O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasi  Siyosiy 

Kengashining VI Plenumi bo`lib o`tdi. 

Plenumda  “O`zbekiston  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasining  2011  yildagi  Ustav 

faoliyatining  yakunlari  va  2012  yil  faoliyatining  asosiy  yo`nalishlari”,  “O`zbekiston  “Adolat” 

sotsial-demokratik partiyasining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi 

fraktsiyasining  2011  yildagi  faoliyati  va  2012  yilga  belgilangan  vazifalari”,  “O`zbekiston 

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2011 yil byudjetining ijrosi va 2012 yil byudjetining 

asosiy ko`rsatkichlari” kabi masalalar ko`rib chiqildi

3



O`zbekiston Milliy tiklanish  demokratik partiyasi  (MTDP) 1995-yil 3-iyunda Toshkentda 



bo`lib  o`tgan  ta’sis  qurultoyida  tuzilgan.  Ushbu  Qurultoyda  partiya  Nizomi  va  Dasturi  qabul 

qilingan  va  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  1995-yil  9-iyunda  ro`yxatga 

olingan.  O`zbekiston  Milliy  tiklanish  demokratik  partiyasining  bosh  maqsadi  milliy  manfaatlar 

                                                           

1

 

http://www.uza.uz/news






Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling