1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

3

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 

Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 21   




 

 

42 



42 

Afsuski,  siyosiy  partiyalar  faoliyatining  tahlili  ushbu  savolga  qoniqarli  javob  bermayapti. 

Masalan,  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  huzuridagi  Strategik  va  mintaqalararo 

tadqiqot instituti aholi orasida quyidagi savollar yuzasidan so`rov o`tkazdi: 

1)  Siz siyosiy partiyalar faoliyatini qanday baholaysiz? 

2)  O’zbekistonda qanday siyosiy partiyalar mavjud?  

Sotsiologik  so`rovda  fuqarolarning  37  %  XDP  faoliyatiga  «qoniqarli»,  qolgan  partiyalar 

faoliyatiga  esa  «qoniqarsiz»  baho  bergan.  So`rovda  ishtirok  etganlarning  ko`pchiligi  siyosiy 

partiyalar haqida hech nima bilmasliklarini qayd etganlar. 

Tabiiy  savol  tug’iladi:  «Nima  uchun  siyosiy  partiyalar  o`z  taqdirlariga  befarq 

qarashmoqda?». Axir har bir partiyaning taqdirini saylovchilar hal etadi-ku? Demokratik siyosiy 

boshqaruv sharoitida hokimiyat uchun kurash «saylovchilar»ning «ovozi» uchun, «ijtimoiy fikr» 

uchun kurash emasmi?  

Prezident  I.  A.  Karimov  o`z  nutqlarida  «bizga  tomoshabin,  kuzatuvchilar,  ishtirokchilar 

emas,  mustaqillik  uchun  kurashuvchilar»  kerakligini  ko`p  bor  ta`kidlagan.  Menimcha,  bu  ibora 

siyosiy partiyalarning faoliyatiga ham taalluqlidir.  

Ularda  mustaqillik  uchun  kurashchanlik  yetishmayapti.  Partiyalar  matbuoti  umumiy 

sharhlar  bilan  cheklanib  qolmoqda  yoki  partiya  a`zolari  o`rtasidagi  muloqot  minbariga  aylanib 

qolmoqda.  Natijada  saylovchilarning  ushbu  gazeta-jurnallarga  qiziqishi  susayib,  partiya 

faoliyatiga befarq bo`lib qolishmoqda

1



Partiyalarning  saylovchilarga  befarqligi  va,  aksincha,  saylovchilarning  partiyalarga 



befarqligi milliy mustaqilligimizga xavf tug’diruvchi hodisadir. Bunday holat bilan aslo kelishib 

bo`lmaydi. 

Siyosiy  partiyalar  siyosiy  g’oyalar,  siyosiy  mafkura  raqobatini  vujudga  keltirib,  milliy 

mustaqillik  mafkurasini  rivojlantirishlari  zarur  edi.  Ammo  ular  bu  borada  oqsoqlikka  yo`l 

qo`ymoqdalar. Buni ularning dasturlaridagi noaniqliklardan ham ko`rish mumkin. 

Shuning  uchun  ham  respublikamiz  fuqarolarining  tashqaridan  kirib  kelayotgan  o`zgacha 

turmush  tarzining  targ’ibotlari  ta`siriga  tushib  qolish  xavfi  paydo  bo`lmoqda.  Bunga  yaqqol 

misol tariqasida vahhobiylarning O’zbekistonda paydo bo`lishini keltirish mumkin. 

Agar mafkuraviy bo`shliq paydo bo`lmaganida, respublikamiz hududida vahhobiylik kabi 

illat  kirib  kelarmidi?  Albatta,  yo`q.  Tabiatda  bo`shliq  yo`q,  ma`naviyatda  ham  bo`shliq 

bo`lmaydi.  Bir  narsaning  o`rnini  boshqa  narsa  to`ldiraveradi.  Biz  oldingi  mafkuradan  voz 

kechdik,  ammo  uning  o`rnini  siyosiy  mafkura  bilan  yetarli  darajada  to`ldirmadik.  Dunyoda 

manfaatlar  to`qnashuvi  barham  topgani  yo`q.  Har  bir  davlat  o`z  manfaatlari  qondirilishini 

birinchi  galdagi  vazifa  deb  qaramoqda.  Manfaatlarning  qondirilishi  ilgarigi  zamonlarda  qurol-

yarog’  bilan  amalga  oshirilgan  bo`lsa,  hozirda  mafkuraviy  ta`sir  o`tkazish  orqali  olib 

borilmoqda. 

Shuning  uchun  O’zbekiston  siyosiy  partiyalari  va  ziyolilari  ma`naviyatimizga  tahdid 

soluvchi  xavflarni  aniqlashlari  va  ularga  qarshi  kurashishlari  lozim.  Bu  sohada  aslo  kutib 

turishga,  vaqt  o`zi  hal  etadi,  deyishga  yo`l  qo`yib  bo`lmaydi.  Har  bir  daqiqani  O’zbekiston 

manfaatlariga xizmat qildirishga harakat qilish lozim. 

Siyosiy  partiyalar  aniq  va  ravshan  siyosiy  mafkuraga  ega  bo`lsalargina  yashovchan  va 

kurashuvchan  bo`ladilar.  Shundagina  xalq  o`z  partiyalari  bilan  faxrlanadi  va  ularni  qo`llab-

quvvatlaydi. Shundagina ularning matbuoti haqiqiy «siyosiy maktab»ga aylanadi

2



Biz  yuqoridagi  fikrlar  bilan  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  butunlay  yo`qqa  chiqarmoqchi 

emasmiz.  Ularning  mavjudligini  katta  siyosiy  qadriyat  deb  baholaymiz.  Albatta, 

O’zbekistonning  siyosiy  partiyalari  shakllanish  bosqichidagi  partiyalardir.  Shuning  uchun  ham 

                                                           

1

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 



Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 22   

2

 



http://www.google.uz/page/party.uz/

 



 

 

43 



43 

ularga  ko`mak  berish  darkor  deb  hisoblaymiz.  Ana  shunday  ko`makni  siyosatshunoslik  fani 

amalga oshirishi kerak. 

Hozirda  ushbu  fan  jahonning  eng  yirik  mamlakatlarida  rivojlangan,  ommaviylashgan  va 

ustunlik  kasb  etayotgan  fan  maqomiga  ega  bo`lib  bormoqda.  Bu  tabiiy  hol,  albatta.  Chunki 

demokratiya  ushbu  fanga  yuksak  ehtiyoj  sezadi.  Yoki,  aksincha,  demokratiya  bo`lmagan  joyda 

siyosatshunoslikka  ham  o`rin  yo`q.  Shuning  uchun  ham  siyosatshunoslik  fani  sobiq  SSSR 

davrida  «Lisovshina»  bayrog’i  ostida  sotsiologiya,  genetika  va  boshqa  muhim  fanlar  qatori 

quvg’inga uchragan edi. 

O’zbekistonning  yangi  siyosiy  tanlovi  o`zligiga  egalik  qilish,  jamiyat  va  davlatni 

boshqarish  san`atini  o`rgatuvchi  va  ushbu  yo`nalishlar  bo`yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlarini 

o`tkazuvchi  fanlarni  xalqqa  qaytardi.  1992  yildan  boshlab  O’zbekiston  oliy  o`quv  yurtlarida 

Siyosatshunoslik  fani  o`qitila  boshlandi.  O’tgan  davr  ichida  R.  Sharipov,  E.  Mo`minov,  I. 

Ramazonov  kabi  olimlarimizning  darsliklari  e`lon  qilindi.  Ammo  bu  darsliklar  ham  tezda 

ma`nan eskirib qolmoqda. Natijada ko`plab voqea-hodisalar tahlilsiz qolmoqda. 

Menimcha,  siyosatshunoslarimiz  asosiy  e`tiborni  nazariy  masalalarga  qaratmoqdalar, 

fanning  amaliy  qismi  esa  nazardan  chetda  qolmoqda.  Aks  holda,  siyosatshunoslik  fanining 

tarkibiy  qismi  bo`lmish  partologiya,  siyosiy  imijmeyker  kabi  sohalarga  katta  e`tibor  qaratilgan 

bo`lar edi. 

Siyosatshunoslik  fani,  boshqa  ijtimoiy  fanlardan  farqli  o`laroq,  nazariy-amaliy  fandir.  U 

o`tmish bilan emas, har bir daqiqada sodir etilayotgan voqea va hodisalar tahlili, ularning oqibati 

bilan mashg’ul bo`lmog’i kerak, aks holda, uning tarix fanidan farqi qolmaydi. Axir «tarix - bu 

o`tmishdagi siyosat, siyosat esa kelajakdagi tarixdir», deb bejiz aytilmagan

1



Partologiya sohasi bo`yicha respublikamizda birorta ham fundamental ahamiyatga ega asar 

nashr  etilmadi.  Partiyalar  haqida  gazeta-jurnallarda  bir-ikkita  maqola  yozish  bilan  cheklanildi.    

Vaholanki,    bugungi    O’zbekistonda    partiya hokimiyatga yo`l demakdir. Ertangi kunda qaysi 

partiya  hokimiyat  tepasiga  keladi,  qanday  siyosat  olib  boradi  -  bu  ikkinchi,  uchinchi  darajali 

masalalar  emas.  Partiyalarning  maqsad  va  vazifalarini  xalqqa  tushuntirish,  siyosiy  tanlovni 

to`g’ri amalga oshirishga ham tayyorlash kerak. 

Haqiqatan  ham,  demokratik  institutlarning  joriy  etilishi  xalqning  siyosiy  va  huquqiy 

madaniyati darajasiga monand tarzda amalga oshirilishi kerak. Aks holda, demokratiyani sun`iy 

tezlashtirishning o`ziga tahdid tug’diradi. Tarixdan ma`lumki, Gitler partiyasini  ham xalq erkin 

«siyosiy  tanlov»  orqali  hokimiyat  tepasiga  olib  chiqqan  edi.  Ammo  Gitler  demokratik 

institutlarni  barbod  etdi  va  o`z  xalqi  ustidan  fashistik  rejim  o`rnatdi.  Nemis  xalqining  ushbu 

siyosiy xatosi o`zi va butun insoniyat uchun qanchalar qimmatga tushganligini yaxshi bilamiz. 

Prezidentimiz  ana  shunday  xatoliklardan  saboq  olgan  holda,  O’zbekistonda  sharqona 

bosiqlik  asosida  demokratik  islohotlar  olib  bormoqda.  Erishilgan  yutuqlar  tanlab  olingan 

yo`lning to`g’riligini ko`rsatayapti. 

Prezident  I.  A.  Karimov  birinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  XI 

sessiyasidagi  nutqida  erishilgan  yutuqlardan  boshimiz  aylanmasdan,  mustaqilligimizga  tahdid 

solayotgan  ichki  va  tashqi  xavflarga  murosasiz  bo`lish,  ularga  qarshi  kurashish  lozimligini 

ta`kidladi.  «Ikkilamchi  siyosat»  olib  borayotgan  mansabdor  kimsalarni  tanqid  ostiga  oldi.  Bu 

tanqid siyosatshunoslik faniga ham katta mas`uliyat yuklaydi. 

«Bugungi  kunda  siyosiy  liderning  qiyofasi  qanday  bo`lishi  kerak?  Kadrlarni  tanlash  va 

joy-joyiga  qo`yishda  nimalarga  e`tibor  bermoq  kerak?»  Ushbu  yo`nalishdagi  izlanishlarni 

jadallashtirish lozim. Albatta, keyingi paytlarda  Prezident  I. A. Karimovning  siyosiy  qiyofasini 

                                                           

1

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 



Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 23-24   


 

 

44 



44 

aks  ettiruvchi  Narzullo  Jo`raevning  «Uyg’oq  nigoh»,  «Agar  ogoh  sen...»  kabi  siyosiy  esselari 

nashr etildi. Ammo bu sohada ham O’zbekiston siyosatshunoslari oqsab qolmoqdalar

1



Xorijiy  hamkasblarimiz  Leonid  Levitin,  Donal’d  Karlayllarning  «Islom  Karimov  -  yangi 

O’zbekiston  Prezidenti»  nomli  asarni  bizdan  oldin  nashr  ettirganliklari,  bir  tomondan,  bizni 

quvontirsa,  ikkinchi  tomondan,  o`z  mas`uliyatimizni  yetarli  darajada  his  etmaganligimizni 

anglatadi. 

Biz siyosatshunoslik fani hali yosh, hozirgi bosqichda u kuzatuvchi, tomoshabin yoki, nari 

borsa,  ishtirokchi  bo`lishi  kerak,  deb  hayol  qilsak,  hech  qachon  ulg’aymaymiz.  Bugungi  hayot 

tashabbuskor bo`lishga, jamiyatning siyosiy hayotiga ta`sir o`tkaza bilishga chaqirmoqda. Unga 

«labbay!»  deb  javob  berish  har  bir  O’zbekiston  fuqarosi,  siyosiy  partiyalari,  mansabdor 

shaxslarining burchidir. 

Partiyalarning  ommaviylashmaganligi,  saylovchilar  orasida  yetarli  darajada  obro`-e`tibor 

qozonmayotganligiga asosiy sabablar quyidagilar: 

1) 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling