1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 

Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 25-26 

3

 Jo’rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. O’zbekistonning yangi tarixi, 3-kitob. –T.: G’afur 



G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 178 


 

 

45 



45 

sharoitida esa hokimiyat uchun kurash, mohiyat nuqtai nazaridan qaralganda, saylovchilar ovozi 

uchun kurashdir. Bugungi  kunda O’zbekiston siyosiy partiyalari bir-birlari bilan dahanaki  jang 

olib  bormasligi  -  o`zini  o`zi  maqtash,  boshqalarni  ayblash  orqali  saylovchilarga  o`zini 

ko`rsatmasdan,  balki  ular  orasiga  kirib  borishlari,  ularni  o`zlarining  dastur  va  qarashlariga 

ishontira bilishlari lozim. Milliy g’oya, milliy mafkurani  rivojlantirish va ularni  hayotga tatbiq 

etish yo`lida muntazam izlanishlari kerak bo`ladi. Haqiqiy fidoyilik faqat ana shu yo`nalishlarda 

yaqqolroq ko`rinishi mumkin. 

Siyosiy partiyalar faoliyatiga beriladigan haqiqiy bahoni saylov natijasi ko`rsatadi. Saylov 

siyosiy  partiyalarning  jamiyatdagi  o`rnini  belgilovchi  haqiqiy  sinovdir.  Uz  kelajagiga  befarq 

bo`lmagan  partiya  tashkil  etilgan  kunidan  boshlaboq  ushbu  sinovga  tayyorgarlik  ko`rib  boradi. 

Demak,  saylovchilar  ovozi  uchun  kurash  doimiy  davom  etadigan  uzluksiz  jarayondir.  Bu 

ob`ektiv  qonuniyatni  tushunmaslik  partiyalar  faoliyatini  bir  yoqlama  talqin  qilishga  sabab 

bo`ladi. 

O’zbekiston  siyosiy  partiyalari  o`rtasida  g’oyaviy  birlik  mavjud  bo`lganligi  uchun  ham 

ularni  g’oyaviy  kurashga  chaqirish,  partiyalar  tabiatini  tushunmaslikdan  boshqa  narsa  emas. 

Siyosiy  partiyalar  o`rtasidagi  asosiy  farq  O’zbekistonda  erkin  fuqarolik  jamiyati  qurish, 

demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etish,  milliy  g’oya,  milliy  mafkuramizni  hayotga  tatbiq 

etishning shakl va usullarida ko`rinishi mumkin. Maqsad - bir, g’oya - bir, ammo ushbu maqsad 

va g’oyalarni tatbiq etish usullari turlichadir

1



Ko`rinib  turibdiki,  partiyalar  faoliyatidagi  asosiy  vazifa  saylovchilar  ovozi  uchun 



kurashdir.  Zero,  asosiy  maqsad  xalqqa,  jamiyatga  xizmat  qilishdir.  Shunday  ekan,  biz 

partiyalarning  o`zaro  kurashi  uchun  ham  emas,  g’oyalar  kurashi  uchun  ham  emas,  balki 

saylovchilar ovozi uchun kurash tarafdorimiz. Chunki partiyalarning har xil g’oyalar o`rtasidagi 

dahanaki jangi jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi. 

Ayrim  xorijiy  axborot  vositalari  O’zbekiston  partiyalarini  vaqti-vaqti  bilan  hokimiyatga 

bo`ysunishda  ayblaydilar.  Ana  shunday  tashviqot  va  targ’ibotning  mahsuli  o`laroq,  ayrim 

fuqarolarimizda  nega  bizning  partiyalar  parlament  yig’ilishlarida  bir-biri  bilan  talashib-

tortishmaydilar,  bahslashmaydilar,  nega  ularning  chiqishlarida  hokimiyatga  qarshi  biron  gap 

yoki fikr yo`q, degan savollar paydo bo`lmoqda. 

Siyosiy  partiyalarga  bo`lgan  bunday  yondashuv  O’zbekistondagi  siyosiy  reallikning 

noto`g’ri  in`ikosidir.  Bu  bilan  bizdagi  mavjud  siyosiy  partiyalar  faoliyatida  hech  qanday 

kamchilik  yo`q,  demoqchi  emasmiz.  Kamchiliklar  keragidan  ortiqroq.  Biroq  partiyalar 

faoliyatidagi  nuqsonlar  sababini  faqat  ular  faoliyatining  o`zidangina  qidirish  yo`q  joydan  narsa 

qidirishdek gap. 

O’zbekistondagi  siyosiy  partiyalar  fuqarolarning  Konstitutsiyada  belgilangan  siyosiy 

huquqlarini ta`minlovchi mexanizmlardan biridir. Demak  - bu fuqarolarning har biriga berilgan 

imkoniyat.  Bu  imkoniyatning  voqelikka  aylanishi  yoki  imkoniyat  darajasida  qolib  ketishi  har 

birimizning  siyosiy  faolligimizga  bog’liq.  Siyosiy  partiya  faol  bo`lib,  fuqarolar  siyosiy 

faoliyatsiz  bo`lmaydi.  Fuqarolarning  siyosiy  faolligi  hamisha  siyosiy  partiyalarning  faolligini 

belgilaydi. ya`ni siyosiy partiyalarning faolligi fuqarolar siyosiy faolligining ifodasi hisoblanadi. 

Shunday  ekan,  siyosiy  partiyalar  faolligini  oshirish,  ularning  ommalashuvini  ta`minlash  uchun, 

birinchi  navbatda,  fuqarolarning  siyosiy  faolligini  oshirish,  siyosiy  madaniyatini  yuksaltirish 

lozim. Busiz siyosiy partiya  o`zining jamiyatdagi o`rnini  topolmaydi,  o`ziga  yuklatilgan tarixiy 

vazifasini  hech  qachon  bajarolmaydi.  Shuning  uchun  ham  partiyalarga  fuqarolarning  siyosiy 

faoliyatini  harakatga  keltiruvchi  kuch  emas,  balki  ularning  siyosiy  harakatini  boshqaruvchi 

siyosiy tashkilot sifatida qarash lozim. 

Har  qanday  siyosiy  tizim,  siyosiy  partiyalarni  harakatga  keltiruvchi  kuch  fuqarolarning 

siyosiy  faolligidir.  Uz  kelajagi  va  ravnaqini  o`ylagan  har  qanday  partiya  fuqarolarning  siyosiy 

                                                           

1

 



http://www.uza.uz/news




 

 

46 



46 

madaniyatini  yuksaltirish  uchun  ham  kurashmog’i  lozim.  Shu  bois  Prezidentimiz  fuqarolarning 

siyosiy madaniyati, siyosiy faolligini yuksaltirishga katta e`tibor berishga chaqirmoqda

1



Yuqorida  qayd  etilganidek,  har  qanday  partiya  hokimiyat  uchun  kurashadi,  ammo  buni 

«hokimiyatga  qarshi  kurash»,  deb  tushunmaslik  kerak.  Hokimiyat  yo`q  joyda  partiya  ham 

bo`lmaydi.  Partiya  hokimiyatni  mustahkamlashdan,  uning  jadal  faoliyat  ko`rsatishidan 

manfaatdor. Shu o`rinda «hokimiyat» tushunchasiga  ta`rif   berib  o`tish  o`rinlidir. Bizningcha, 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling