1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


hokimiyat - vakolatlar majmuidan iborat bo`lgan siyosiy tizimdir


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

hokimiyat - vakolatlar majmuidan iborat bo`lgan siyosiy tizimdir (ta’kid bizniki). 

Partiyalarning  hokimiyat  uchun  kurashishidan  maqsad  vakolatlar  tizimiga  ega  bo`lish  va 

ular  orqali  o`z  dasturlarini,  qarashlarini  hayotga  tatbiq  etishdir.  Agar  partiyalar  hokimiyatga 

ta`sir  o`tkazish  uchun  ijtimoiy  nazorat  qilish  orqali  o`z  qarashlarini  amalga  oshirish 

imkoniyatlariga  ega  bo`lsalar,  nima  uchun  ular  hokimiyatga  qarshi  turishlari  kerak  yoki 

hokimiyatdan  o`zgacha  fikrlashlari  lozim?  Aksincha,  bunday  sharoitda  mavjud  hokimiyatni 

qo`llash, u bilan hamkorlik qilish foydali. Har qanday o`zgacha fikrlash, hokimiyat bilan doimiy 

murosasizlik yo`lini tutish hokimiyat va partiya o`rtasidagi begonalashuvdan boshqa narsa emas. 

Hokimiyat  va  partiyalar  o`rtasidagi  keskin  ziddiyat  jamiyat  taraqqiyotiga  salbiy  ta`sir  etib, 

jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo`ladi. Bundan na hokimiyat, na 

partiya  va  na  jamiyat  manfaat  topadi.  Hokimiyat  va  partiyalar  o`rtasidagi  hamkorlik 

bunyodkorlikka xizmat qiladi. 

Shuning  uchun  ham  O’zbekistonda  bunyodkorlik  ishlari  kundan-kunga  rivojlanib 

bormoqda.  O’zbekistonning  yorug’  kelajagini  ko`rolmaydigan  ayrim  kuchlar  esa  hokimiyat  va 

partiyalar  o`rtasidagi  o`zaro  hamkorlikni  bir  yoqlama  tushunib,  xalqning  ijtimoiy  ongini 

hokimiyat va partiyalarga ishonchsizlik ruhida shakllantirishga harakat qilmoqdalar. Biz esa ana 

shunday parda ortiga  yashiringan mohiyatni anglab olishimiz va bundan xalqimizni o`z vaqtida 

xabardor etishimiz lozim. 

Yuqorida  bildirilgan  fikr  va  mulohazalardan  ko`rinadiki,  O’zbekistondagi  siyosiy 

partiyalar  faoliyatini,  partiya  va  hokimiyat,  partiya  va  xalq  o`rtasidagi  munosabatlarni  ilmiy 

tadqiq etish bugungi kunning dolzarb mavzuiga aylandi. Bu esa O’zbekiston siyosatshunoslariga 

katta mas`uliyat  yuklaydi. Faqat asoslangan ilmiy xulosalargina fuqarolarimizning siyosiy ongi, 

siyosiy madaniyatini turli fanatizmlardan xoli tarzda shakllantirishga xizmat qiladi

2



Ayrim siyosatchilar «hokimiyat uchun kurash hokimiyat lavozimlariga ega bo`lish va uni 

partiya  a`zolari  o`rtasida  taqsimlashdir»,  deb  talqin  etadilar.  Bizning  fikrimizcha,  bunday 

yondashuv  nazariy  jihatdan  xato  bo`lib,  amaliy  jihatdan  zararlidir.  Negaki,  agar  siyosiy 

partiyalar «hokimiyat uchun kurash» tushunchasiga shunday ma`no bersalar, ular o`z oldilariga 

muayyan  g’oya  va  qarashlarini  hayotga  tatbiq  etishni  emas,  aksincha,  hokimiyatni  egallashni 

asosiy maqsad qilib  qo`yadilar. Bu esa partiyani  o`z mohiyatidan begonalashtirib, turli  ijtimoiy 

guruhlar  o`rtasida  ziddiyatni  vujudga  keltiradi  va  buning  natijasida  manfaatdor  guruhlar 

o`rtasidagi  hokimiyat  uchun  kurash  o`yiniga  sabab  bo`lishi  nodonga  ham  ayon.  Ayrim  qo`shni 

mamlakatlarda  ana  shu  tarzda  boshlab  yuborilgan  siyosiy  o`yin  qanday  oqibatlarga  olib 

kelganiga barchamiz guvoh bo`lib turibmiz. 

Xo`sh,  bunday  siyosiy  o`yindan  kim  manfaat  topdi?  Xalqmi?  Partiyami? Yoki  hokimiyat 

tepasidagilarmi? Afsuski, bunda hech kim g’olib bo`lmaydi, aksincha, hamma mag’lub bo`ladi! 

eng achinarlisi, xalq jabr chekadi, jamiyat taraqqiyoti bir necha o`n yillarga ortda qoladi. Bundan 

biz to`g’ri xulosa chiqarishimiz lozim. 

Ayrim  siyosatbozlar  ta`kidlaganlaridek,  siyosat  -  o`yin  emas,  boshqaruv  san`atidir. 

Boshqaruv san`ati esa boshqa san`atlar qatori tabiat va jamiyatning ma`lum bir qonuniyatlariga 

bo`ysundirilgan. Insoniyat o`z hayoti davomida ana shunday qonuniyatlar asosida tashkil etilgan 

jamiyatdagi  boshqaruv  shakllarining  eng  yuksagi  deb  demokratik  boshqaruv  shaklini  topdi. 

                                                           

1

 



http://www.uza.uz/news




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling