1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 

Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 29 




 

 

47 



47 

Demak,  demokratiya  ham  san`at  demakdir.  U  ham  -  barcha  san`atlar  qatori,  o`z  takomiliga 

mutlaq etmagan, doimiy izlanishni taqozo etuvchi ijtimoiy hodisa. 

Shunday  ekan,  biz  siyosiy  faoliyatimizni  «demokratiya»  nima  der  ekan,  boshqalar  nima 

deb  o`ylaydi,  deb  siyosiy  vaziyatga  qarab  emas,  aksincha,  qanday  qilsak  xalq  manfaatini  to`la 

ifodalagan, inson va uning mehnatini ulug’lovchi erkin jamiyat tashkil etamiz, degan savollarga 

javob topish asosida shakllantirishimiz lozim

1



Keyingi paytlarda demokratiya mezoni bu ko`ppartiyaviylikdir, saylovlarda ikki va undan 

ortiq  muqobil  nomzodlarni  ko`rsatish  kabi  talqinlar  ijtimoiy  ong  darajasiga  ko`tarildi.  Bu  ham 

ilmiy  nuqtai  nazardan  yanglish  fikrdir.  Demokratiya  -  bu  tanlov  huquqi,  so`z  va  ish  birligi, 

ijtimoiy guruhlar manfaatlarining muvozanatini ta`minlovchi boshqaruv shakli. Agar jamiyatdagi 

barcha muammolar partiyalar sonini ko`paytirish bilan hal etilsa, buni amalga oshirish mushkul 

emas. Biz ular sonini istalgancha orttirish imkoniyatiga egamiz va ularga istalgancha nom ham 

topa  olamiz.  Agar  hamma  muammolarning  kaliti,  jamiyat  farovonligining  omili  saylovlarda 

ko`proq nomzodlar ko`rsatishda bo`lsa, uni ham istalgancha qilish mumkin... 

Ammo bu bilan muammolar yechilib, jamiyat farovon bo`lib qolmaydi. Hamma gap yana 

o`zimizga,  ongimiz,  shuurimizga  borib  taqalaveradi.  Demak,  siyosiy  jarayonlarga  ehtiros,  his-

hayajonga  berilib  emas,  bugungi  shart-sharoit,  voqelikdan  kelib  chiqqan  holda  yondashmoq 

lozim. Shuni unutmaslik kerakki,   demokratiyani   sun`iylashtirish,   uni   mazmunsiz shaklga 

aylantirishga harakat qilish demokratiyaga qilingan tahdiddir

2



Xulosa  qilib  aytganda,  O’zbekistonda  ko`p  partiyaviylik  siyosiy  tizimi  vujudga  keldi. 

O’zbekiston  siyosiy  partiyalari  o`zining  shakllanish  bosqichidagi  partiyalardir.  Shuning  uchun 

ham  ular  zamonaviy  siyosiy  bilimlar,  siyosiy  tajriba,  jamoatchilik  ko`magiga  ehtiyoj 

sezishmoqda. Demakki biz yoshlar ham o’z burchimizni xis qilgan holda iloji boricha partiyalar 

faoliyatiga  aralashib  yurtimiz  istiqbolini  yanada  jonlantirishga  hamda  yurtimizda  adolatli 

fuqarolik jamiyati qurilishiga o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Shundan so’nggina biz ham o’z 

vatanimiz, ajdodlarimiz hamda ota-onalarimiz oldida o’z vazifamizni ado etgan bo’lamiz. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                           

1

 Jo’rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. O’zbekistonning yangi tarixi, 3-kitob. –T.: G’afur 



G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 175 

2

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 



Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 31 


 

 

48 



48 

Xulosa 

Prezident I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida “O`zbek 

millati  azaldan  o`z  fikri-zikri,  o`z  tarixi  haqidagi  haqiqat,  yurtimizning  fidoiy,  o`z  yo`lidan, 

maslagidan,  so`zidan  qaytmaydigan  farzandlariga  ochilishi  lozim.  Bilishimiz  shart  bo`lgan 

sahifalarni qunt bilan varaqlash hammamiz uchun har qarz, ham farz”,-deganda ana shu holatni 

nazarda tutadi

1



O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishda asosiy strategik maqsad sifatida e`lon qilinishi, 



“Kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyili  taraqqiyotimizning  asosiy  shiori  deb 

e`tirof etilishi islohotlarimizning muvaffaqiyatini ta`minlamoqda. Huquqiy davlatni barpo etish 

jarayonlarida  ikki  palatali  parlamentning  shakllantirilishi  sud  hokimiyati  tizimida  ijobiy 

o`zgarishlar  ro`y  berayotganligi,  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurishga  intilish  natijasi 

demokratik rivojlanishning “O`zbek modeli” tarkib topishiga olib keldi. Shunday ekan, jamiyatni 

yangalash va isloh etish, uning barcha sohalarini erkinlashtirish O`zbekiston xalqini yanada erkin va 

yanada farovon hayotga erishishini ta`minlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

O`zbek xalqi o`zining ko`p asrlik tarixi davomida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda 

ulkan yutuqlarga erishib, umuminsoniyat tarqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. Ajdodlarimizning 

tarixan  shakllangan  oliy  fazilatlari,  siyosiy  faolligi,  moddiy  va  ma`naviy  boyliklari  bitilgan 

tarixiy sahifalar buning yorqin isboti

2

.  



Yuqoridagi fikrlarimizni sarhisob qilib, shunday xulosaga kelishimiz mumkin: - Turkiston 

o’lkasi zaminida bundan bir asr oldin ham davlatni boshqaruv tizimida ko’ppartiyaviylik tamoili 

mavjud  edi,  ammo  umumrus  siyosiy  partiyalari  bunday  taraqqiyot  yo’lini  inkor  etdilar  va 

sho’rolar  tuzumi  davrida,  ya’ni  74  yil  davomida  bolsheviklar  partiyasi  tanho  hokimyatni 

boshqarib keldi.  

 

Tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik tizimi yurtimiz istiqlolga erishganidan so’ng shakllanib 



bormoqda.  Avvalo  ko’ppartiyaviylik  tizimining  huquqiy  asoslari  ishlab  chiqildi,  chunonchi, 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  “Jamoat birlashmalari” deb nomlanuvchi  alohida 

bobi (12, 60 – moddalar) va undagi qoidalar “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 

to’g’risida”gi,  “Siyosiy  partiyalar  to’g’risida”gi,  “Nodavlat  Notijorat  tashkilotlar  faoliyatining 

kafolatlari  to’g’risida”gi  qonunlarda  yanada  rivojlantirildi.  Agar  mustaqilligimizning  nihoyatda 

murakkab va o’ta masuliyatli davrlarida kuchli ijroiya hokimyati jamiyatimizning eski tuzumdan 

yangisiga  bosqichma-bosqich  o’tishini  ta’minlab,  ijtimoiy-ma’naviy  asoslarni  shakllantirishga 

hizmat qilgan bo’lsa, bugunga kelib kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish yangi bosqichdagi talabga 

aylanayotganiga guvoh bo’lamiz. 

 

2008  yilning  1  yanvaridan  kuchga  kirgan  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 



demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 

kuchaytirish  to’g’risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunning  Oliy  Majlis  Senati  tomonidan 

ma’qullanishi  mamlakatda  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  yangi  bosqichini  boshlab 

berdi


3

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  2010  yil  27  yanvarda 

“Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustivor 

maqsadimizdir”  nomli  ma’ruzasida  milliy  parlamentarizm  tarixida  birinchi  marta  qonun 

ijodkorligi  va  nazorat  taxlil  ishlari  dasturi  qabul  qilinganligini  va  bunda  siyosiy  partiyalarning 

roliga  katta  e’tibor  berdi.  Hozirgi  kunda  yurtimizda  faoliyat  yuritayotgan  O’zbekiston  xalq 

demokratik  partiyasi  (1991),  O’zbekiston  Adolat  sotsial-demokratik  partiyasi  (1995), 

O’zbekiston  Milliy  tiklanish  demokratik  partiyasi  (1995),  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar 

harakati O’zbekiston Liberal demokratik partiya (2003) larining parlamentdagi fraksiyalarining 

                                                           

1

 И. А. Каримов Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати  -Т.: Ўзбекистон, 1993. –Б. 17 



2

 Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари.–Т.: Меҳнат, 2003.–Б.134  

3

 

http://www.uza.uz/news






 

 

49 



49 

2010  yil  davomidagi  faoliyati  tahlil  qilinib,  ularning  ayrim  kamchiliklari  va  sustkashliklari 

yurtboshimiz  tomonidan    ko’rsatib  berildi.  Xususan,  ular  tomonidan  2010  yil  davomida 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  bilan  bog’liq  yirik  tashabbus  yoki  takliflar 

kiritilmagani,  ularning  mamlakat  rahbariyati  tashabbusi  bilan  amalga  oshirilayotgan  loyiha  va 

dasturlarni qo’llab-quvvatlashdan nariga o’ta olmaganliklari ko’rsatib o’tildi

1



 



2011  yilning  25  martida  Oliy  Majlis  Senatining  beshinchi  yalpi  majlisida  “O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish 

to’g’risida (78, 80, 93, 96, 98 moddalari)gi qonunni ma’qullanishi siyosiy partiyalar uchun juda 

katta  imkoniyatlar  yaratib  berdi.  Konstitutsiyaga  kiritilgan  yangi  normalarga  muvofiq  endi 

saylovlarda  Oliy  Majlis  Qonunchilik  Palatasida  eng  ko’p  deputatlik  o’rnini  egallagan  partiya 

yoki  teng  miqdorda  eng  ko’p  deputatlik  o’rinlarini  qo’lga  kiritgan  siyosiy  partiyalarga  Bosh 

vazir nomzodini ko’rsatish, uning hisobotlarini eshitib borish huquqi berilmoqda, bir og’iz so’z 

bilan  aytganda  parlament,  siyosiy  partiyalarga  keng  huquq  va  ustivorlik  berilmoqda.  Buni  ijro 

hokimyati  faoliyati  yuzasidan  parlament  nazorati  kuchaytirilayotganida,  parlament  tomonidan 

Bosh  vazir  hisobotini  eshitish,  Bosh  vazirga  nisbatan  ishonchsizlik  votumini  qo’llash 

tartiblarining joriy etilayotganida ko’rish mumkin. Bu kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati 

sari  bosqichma-bosqich  borayotganimizdan,  jamiyat  siyosiy  hayotida  ko’ppartiyaviylik  tizimini 

shakllanib  borilayotganligidan,  milliy  davlatchiligimiz  taraqqiyotida  yangi  bosqichni 

boshlanganligidan dalolat beradi

2



Bugunga  kelib  Sharqiy  Yevropa  va  MDH  mamlakatlarida  xam  fuqarolik  jamiyati  qurishga 



doir isloxotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Shuningdek, o`tish davrini o`z boshidan kechirayotgan 

mustaqil mamlakatlar xalqlari uchun ham fuqarolik jamiyati farovonlikka erishish, inson huquqlari va 

erkinliklarini  ta`minlash,  insonni  hayotda  o`zini-o`zi  imkoniyatlari  doirasida  safarbar  eta  olishiga 

barcha  sharoitlar  va  kafolat  beradigan  ijtimoiy-siyosiy  kenglik  sifatida  ham  muhim  ahamiyat  kasb 

etmoqda.  Jumladan,  O`zbekistonda  ham  fuqarolik  jamiyatini  qurish  asosiy  strategik  pirovard 

maqsad, deb e`lon qilshishi, mamlakatda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan «Kuchli 

davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoilini ishlab chiqilishi natijasida ulkan ijobiy o`zgarishlar yuz 

bermoqda. Mamlakat qonunchiligida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari shakllanmoqda. Mamlakat 

aholisi fuqarolik jamiyati qurishning muhimligini anglab bormoqda. 

O`zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so`ng  jahon  andozalariga  mos  keladigan  davlat 

qurish  siyosiy,  ijtimoiy  va  madaniy  islohotlarni  amalga  oshirish  va  ularni  qonun  bilan 

mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki avvalgi ijtimoiy 

munosabatlar hamda jarayonlar yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. 

Taraqqiyotning  o`zbek  modelini  shakllantirishda    dekmokratiyaning  qonuniy  tarkibi 

sifatida ko`ppartiyaviylikni yanada rivojlantirish bosh masalalardan biri edi. 

Fuqarolik  jamiyatining  eng  muhim  institutlaridan  biri  –  siyosiy  partiyalardir.  Davlat 

jamiyatga kiradi. Lekin fuqarolik jamiyatiga emas. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatini siyosiy 

tizim  bilan  o`zaro  aloqalarining  doimiyligini  ta`minlaydi,  davlat  hokimiyatining    jamiyatga 

bog’liqligi    va  uning  jamiyat  tomonidan  nazorat  qilinishi  siyosiy  partiyalar  vositasida  amalga 

oshiriladi.  

Partiyalar  paydo  bo`lishining  muhim  sabablaridan  biri  –  davlat  hokimiyatini 

shakllantirishda  adolat  tamoyillariga  amal  qilish,  jamiyatni  demokratlashtirishdir.  Hozirgi 

davrdagi  siyosiy  partiyalarning  ilk  o`tmishdoshlari  XIX  asrga  kelib  G’arbiy  Yevropa  va 

Shimoliy  Amerika  mamlakatlarida  siyosiy  partiyalar  siyosiy  vakillik    xarakterini  kasb  etdi. 

Mamlakat  Prezidenti  I.A.  Karimov  tomonidan  “Bozor iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin  demokratik 

davlat  barpo  etish,  fuqarolik  jamiyatining  mustahkam  poydevorini  shakllantirish”ni  bosh  strategik 

maqsad sifatida  e`lon  qilinishi  O`zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini bosqichma-

                                                           

1

 

http://www.uza.uz/news



2

 



http://www.gov.uz

 



 

 

50 



50 

bosqich  borayotganligini  anglatadi. Shuningdek  islohotlarning  amaliy  natijalarini  insonga,  uning 

har tomonlama kamol topishiga qaratilishi mamlakatni fozil jamiyat qurishda ruh bag’ishlaydi. 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling