1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida


partiyalar 

siyosiy 


mafkurasining 

yetarli 


darajada 

shakllanmaganligi; 

2)  Partiyalar  matbuotidagi  siyosiy  qiyofaning  noaniqligi,  respublika  va  jahonda  sodir 

bo`layotgan  voqealarning  O’zbekiston  nuqtai  nazaridan  yetarli  darajada  sharhlanmayotganligi, 

partiyalarning fuqarolar siyosiy madaniyatini shakllantirishga kam e`tibor qaratayotganligi; 

3)  O’zbekiston 

fuqarolari  o`zlarining  siyosiy  huquqlarini  yetarlicha  anglab 

yetmaganliklari, siyosiy faollikning yetishmasligi; 

4)  Partiya, fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirishga ko`mak beruvchi fanning 

zamon talab va ehtiyojlaridan orqada qolayotganligi va boshqalar

2



Bizningcha, yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilsagina xalq o`z partiyalariga ishonadigan 



bo`ladi, partiyalar esa xalqning fidoyi kuchlariga aylanadi. Bunday imkoniyat esa bizda bor. 

Demokratik    siyosiy    tizim    sharoitida saylovlarni harakatga keltiruvchi siyosiy kuch 

siyosiy  partiyalardir.  Demak,  saylovlarning  qanday  o`tkazilishi  siyosiy  partiyalarning 

saylovchilarga  nimani,  qanday  g’oya  va  qarashlarni,  yechimlarni  taqdim  etishiga  hamda 

saylovchilarning to`g’ri tanlovni amalga oshira bilish qobiliyatiga bog’liq bo`ladi. 

Bu  ikki  holatni  bir-birisiz  tasavvur  qilish  aslo  mumkin  emas.  Shuning  uchun  ham 

O’zbekistondagi  mavjud  partiyalar  saylovlarda  saylovchilarga  nimani  taqdim  etmoqchi, 

saylovchilar  siyosiy  tanlovni  to`g’ri,  o`z  manfaatlariga  mos  ravishda  amalga  oshirishga 

tayyormi, degan tabiiy savol tug’iladi. 

Hozirda  O’zbekiston  siyosiy  maydonida  faoliyat  ko`rsatayotgan  4  ta  partiya  o`zining 

dastur,  nizom  va  nashrlariga  ega.  Ushbu  partiyalarning  dasturlari  bilan  sinchiklab  tanishib 

chiqqan har bir kishining  ular g’oyaviy  jihatdan mushtarak ekanligini anglashi qiyin  emas. Bu 

tabiiy  hol,  albatta.  Chunki  ushbu  partiyalarning  asosiy  maqsadi  O’zbekistonda  erkin  fuqarolik 

jamiyati  va  huquqiy  demokratik  davlat  qurishdan  iborat

3

.  Milliy  g’oya  va  milliy  mafkura  esa 



ularning  g’oyaviy  negizini  tashkil  etadi.  Ammo  ushbu  g’oyaviy  mushtaraklikning  mohiyatini 

tushunmaslik  natijasida,  ayrimlar  partiyalar  faoliyatiga  bir  yoqlama  yondashib,  jamoatchilik 

tasavvurida o`zgacha fikr-tushunchalar paydo bo`lishiga sababchi bo`lib kelmoqdalar.  

Xo`sh, o`sha o`zgacha fikr, tasavvurlar qanday? 

Jamoatchilikning birinchi fikri shundayki, go`yo O’zbekistondagi siyosiy partiyalar o`zaro 

g’oyaviy  kurashmayaptilar.  Ma`lumki,  har  qanday  partiya  hokimiyat  uchun  kurashadi.  Aks 

holda,  siyosiy  partiyalar  tashkil  etilishidan  ma`no  qolmaydi.  Demokratik  siyosiy  boshqaruv 

                                                           

1

 Мамадалиев Ш. Ўзбекистан сиёсий партиялари: шаклланиш жараёнлари ва ривожланиш истиқболлари. - 



Т.: Ўзбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2004. –Б. 25 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling