1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2

  Jo’rayev  N.,  Fayzullayev  T.  Mustaqil  O’zbekiston  tarixi.  O’zbekistonning  yangi  tarixi,  3-kitob.  –T.:  G’afur 

G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 176 



3

 

http://adolat.uz/history



 


 

 

40 



40 

milliy yakdillikni ta’minlash, huquqiy davlatni barpo etish va O`zbekistonni jahonning yetakchi 

davlatlari  safiga  olib  kirish  uchun  xalqni  safarbar  qilish.  MTDP  millatning  o`z-o`zini  anglashi, 

fuqarolarda  Vatanga  sadoqat  va  muhabbat  tuyg’ularini  to`la  shakllantirish,  bozor 

munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yo`lidan rivojlanishga erishish, 

milliy  meros  va  an’analarni  ro`yobga  chiqarish,  millatni  ilmiy,  texnikaviy  salohiyatini 

yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi. 

1999-yil  5-  va  19-dekabr  kunlari  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylangan 

deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demokratik partiyasiga mansub a’zolardir.  O`zbekiston 

MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo`lib, unda rahbar organlar saylanadi. 

2008  yil  20  iyun  kuni  O`zbekiston  "Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasi  va  Fidokorlar 

milliy  demokratik  partiyasining  birlashuv  Qurultoyi  bo`lib  o`tib,  ushbu  ikki  partiya  negizida 

yangi O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (O`zMTDP) tashkil etildi.  Qurultoyda 

yangi partiyaning Markaziy Kengashi va Nazorat-taftish komissiyasi tarkiblari saylandi. 

2008 yil 21 iyun kuni O`zMTDP Markaziy Kengashining I Plenumi bo`lib o`tdi. Plenumda 

Markaziy Kengash Ijroiya Qo`mitasi a’zolari 21 nafardan iborat tarkibda saylanib, ular orasidan 

Markaziy  Kengash  Ijroiya  Qo`mitasi  raisi  va  uning  Mafkuraviy  ishlar,  tashkiliy  va  kadrlar 

ishlari, Xotin-qizlar masalalari hamda Yoshlar bilan ishlash  bo`yicha o`rinbosarlari saylandi. 

2008 yil 4-16 iyul kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 

ikki  partiyaning  birlashuv  Konferensiyalari  o`tkazilib,  ular  negizida  yangi  partiyani  tuzish 

bo`yicha  tashkiliy guruh shakllantirildi. 

2008  yil  11  avgust  kuni  O`zMTDP  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligidan 

ro`yhatdan o`tdi. 

2008  yil  13  avgust  kuni  O`zbekiston  "Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasi  va 

O`zbekiston  "Fidokorlar"  milliy  demokratik  partiyasi  fraksiyalarining  qo`shma  ta’sis  yig’ilishi 

bo`lib o`tdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zMTDPning yangi fraksiyasi tuzildi

1



2008  yil  9  sentabridan  boshlab  joylarda  hududiy  partiya  tashkilotlarining  ta’sis 



Konferensiyalari  va  Plenumlari  o`tkazildi.  Jumladan,  barcha  hududlarda  O`zMTDP  hududiy 

partiya tashkilotlarining ta’sis Konferensiya va Plenumlari o`tkazildi. Ularda Kengash, Nazorat-

taftish komissiyasi, Kengash  Ijroiya Qo`mitasi tarkibi tasdiqlandi hamda Ijroiya Qo`mitasi raisi 

va  uning  o`rinbosarlari  saylandi.  Shuningdek,  joylarda  tuman  (shahar)  partiya  tashkilotlarining 

ta’sis  Konferensiya  va  Plenumlari  o`tkazilib  Kengash  va  Kengash  Ijroiya  Qo`mitasi  tarkibi 

tasdiqlandi  hamda  Ijroiya  Qo`mita  raislari  saylandi.  MTDPning  "Milliy  tiklanish"  haftalik 

gazetasi faoliyat ko`rsatmoqda.  

2003  yil  15  noyabrda  "Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  -  O`zbekiston  Liberal-

demokratik  partiyasining  Ta`sis  qurultoyi  bo`lib  o`tdi.  2003  yil  3  dekabrda  O`zbekiston 

Respublikasi  Adliya  vazirligida  ro`yxatdan  o`tgan.  O`zLiDeP  mulkdorlar  sinfi,  kichik  biznes, 

fermer va dehqon xo`jaliklari, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi  yuqori malakali mutaxassislar 

hamda  ishbilarmon  kishilar  manfaatini  ifoda  etadi  va  himoya  qiladi.  Partiya  a`zolarining  soni 

2008  yilning  1  yanvar  holatiga  ko`ra  153  mingdan  ortiq  bo`lib,  boshlang’ich  tashkilotlari  soni 

7193  tani  tashkil  etadi.  Partiya  a`zolarining  65  foizini  tadbirkorlar,  fermerlar,  xususiy  sektor 

vakillari,  qolgan  35  foizini  esa  aholining  boshqa qatlamlari  vakillari  tashkil  etadi.  2004  yildagi 

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  qonunchilik  palatasiga  bo`lib  o`tgan  saylovlarda  partiya 

a`zolaridan  41  kishi  deputat  etib  saylandi  va  parlamentda  eng  yirik  fraktsiyani  tashkil  etishga 

muvaffaq bo`ldilar. Partiya a`zolaridan 33 kishi senator etib saylandi

2



O`zLiDeP  tashabbusi  bilan  "Fidokorlar"  milliy-demokratik  partiyasi  hamda  "Adolat" 



sotsial-demokratik  partiyasi  fraktsiyalari  hamkorligida  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

qonunchilik  palatasida  parlament  Demokratik  bloki  tuzilgan.  O`zLiDeP  o`z  faoliyatida  ayollar 

                                                           

1

 



http//www.uzmtdp.uz

 

2



 Jo’rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. O’zbekistonning yangi tarixi, 3-kitob. –T.: G’afur 

G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 179 




 

 

41 



41 

salohiyatiga,  xususan  ularning  jamiyatdagi  rolini,  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirishga  alohida 

e`tibor  beradi.  Partiya  a`zolari  ichida  46,5  ming,  partiya  boshlang’ich  tashkilotlari  rahbarlari 

safida 1,5 ming ayollar faoliyat olib borishmoqda. Partiyaning asosiy dasturiy maqsadlaridan biri 

sifatida  fermer  xo`jaliklarini  rivojlantirish,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  tizimidagi 

rolini  oshirish  belgilangan.  Partiya  o`z  faoliyatida  O`zbekiston  fermer  xo`jaliklari  uyushmasi 

bilan yaqindan hamkorlik olib boradi. Partiya faoliyatidagi yana bir asosiy yo`nalish - fuqarolik 

jamiyati  institutlari  bilan  ishlash.  O`zLiDePning  parlamentdagi  fraksiyasi  tashabbusi  bilan 

"Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to`grisida"  qonun  qabul  qilindi  (2007 

yil,  yanvar).  Qonunning  maqsadi  NNTlar  faoliyatini  kafolatlash,  davlat  tomonidan  qo`llab-

quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. 

Partiyaning  markaziy  nashri  "XXI  asr"  gazetasi.  Partiya  Dasturi  Tadbirkorlar  va 

ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta`sis syezdida (2003 yil 

15 noyabr kuni) qabul qilingan

1




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling