1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


  Siyosiy-huquqiy asoslarning tarkib topishi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2.1. 

Siyosiy-huquqiy asoslarning tarkib topishi 

O'zbekistonda  XX  asrning  80-yillar  o'rtalaridan  boshlangan  ijtimoiy-siyosiy,  ma'naviy-

mafkuraviy  uyg'onish  sovetlar  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimining  salbiy,  aksil  insoniy 

tomonlarini ochib tashladi. 

Ayni  paytda  ta'kidlash  lozimki,  hech  qanday  real,  ilmiy  asosga  ega  bo'lmagan  “qayta 

qurish”  g'oyasi  asosida  amalga  oshirishga  harakat  qilingan  demokratiya  siyosiy  jihatdan 

cheklangan  edi.  Ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi,  kommunistik  mafkuraning  yakka  hokimligi 

sharoitida  demokratik  tartiblarni  o'rnatish,  qonun  ustuvorligiga  erishish  mumkin  emasdi. 

Ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi  va  demokratiya  hech  qachon  bir-birini  e'tirof  etmaydigan 

tushunchalar edi

1



O'zbekiston  hali  sobiq  Ittifoq  tarkibida  turgan  davrdayoq  saylov  o'tkazish  tartibini 



takomillashtirishga kirishdi. 1987-yilda mahalliy sovetlarga saylovda har bir viloyatning bittadan 

tumanida  eksperiment  sifatida  saylov  o'tkazildi.  Qo'llangan  yangiliklar  bu  saylovlarning  ko'p 

mandatli okruglar bo'yicha o'tkazilganligi, deputatlar bilan birga ularning o'rinbosarlarini saylash 

belgilangani  va  nomzodlar  soni  saylanadigan  deputatlar  sonidan  ko'p  bo'lganida  edi.  Bu 

muqobillik asosida o'tkazilgan birinchi saylov bo'ldi. 

1989-yil 20-oktabrda O'zbekiston SSR xalq deputatlari saylovi haqida va O'zbekiston SSR 

xalq deputatlari mahalliy sovetlari deputatlari saylovi haqida qonunlar qabul qilindi. 1990-yil 18-

fevralda  o'tkazilgan  saylovlar  keng  demokratik  asosda  o'tdi.  Xususan,  viloyat  sovetlariga 

saylovda  138  okrugda,  shahar  sovetlariga  saylovda  268  okrugda  birinchi  bosqichda  hech  kim 

                                                           

1

 Раҳмонов Т. Маданий инқилоб: иллатлар ва сабоқлар//Мулоқот. 1993. –№ 9-10. –Б. 23-26. 




 

 

30 



30 

yetarli  ovoz  to'play  olmay,  ikki  haftalik  muddatda  takror  ovoz  berish  o'tkazilgani  saylovlar 

ma'lum ma'noda tanlash asosida o'tganini ko'rsatdi. 

Aytish  lozimki,  xalq  saylovlarning  ahamiyatini  hali  yaxshi  tushunib  yetmagan  edi. 

Masalan,  1990-yil  fevral-aprel  oylarida  O'zbekiston  Oliy  Sovetiga  o'tkazilgan  saylovlarda  500 

okrugdan  174  tasida  muqobil  nomzodlar  ko'rsatilmadi,  nomzodlarning  hammasi  ham  o'z 

platformalarini  tushuntirib  berish  imkoniyatiga  ega  bo'lmadilar.  Kommunistlarning  ta'siri  esa 

kuchli edi. Deputatlarning deyarli 95 foizini ular tashkil etardilar. 

Hali  SSSR  mustabid  tuzumi  parchalanmasdan  oldin  O'zbekistonda  jamiyatni 

demokratlashtirish  uchun  harakatning  boshlanishi  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Jumladan, 

shaxsan Islom Karimovning tashabbusi bilan demokratiyani qaror toptirish uchun O'zbekistonda 

yangi  Konstitutsiyani  qabul  qilish  maqsadida  boshlangan  harakatni  shu  ma'noda  tushunish 

mumkin

1



1990-yilning  iyunida  bo'lib  o'tgan  Oliy  Kengashning  ikkinchi  sessiyasi  respublika 

Prezidenti  I.  Karimov  raisligida  64  kishidan  iborat  Konstitutsiya  komissiyasini  tuzdi.  Islom 

Karimov  Konstitutsiyani  tayyorlash  jarayonida  milliy  o'zbek  davlatchiligi  asoslari,  o'zbek 

xalqining  ruhiyati,  qadimiy  qonunchilik  tajribasini  har  tomonlama  chuqur  o'rganishni  alohida 

uqtirdi. 

XX  asr  80-yillarning  ikkinchi  yarmida  O'zbekiston  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  jiddiy 

o'zgarishlar,  ayniqsa,  jamoat  tashkilotlarining  faollashuvi,  siyosiy  madaniyatining  keskin 

ko'tarilishi  yuz  berdi.  Jumladan,  1988-yilning  11-noyabrida  “Birlik”  xalq  harakati  (rahbari 

Abdurahim  Po'latov)  jamoat  tashkiloti  sifatida  tashkil  topdi.  Shuningdek,  xuddi  shu  paytda 

O'zbekiston  erkin  yoshlar  uyushmasi  tuzildi.  Ular  90-yillarning  boshlarida  respublika  ijtimoiy-

siyosiy hayotida ma'lum rol o'ynadi. 

Biroq “Birlik” harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo'lganligi sababli ham ko'plab xato 

va kamchiliklarga yo'l qo'ydi. Harakat ko'p hollarda, jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va 

davlat  ro'yxatidan  o'tgan  bo'lsa-da,  siyosiy  partiyaga  xos  faoliyat  olib  bordi.  “Birlik” 

harakatining  eng  asosiy  xatolaridan  biri  -  bu  ularning  xalqimiz  tub  manfaatlarini 

anglamaganliklari bo`ldi. 

Harakat faollari ko'proq miting, namoyishlar o'tkazish, mahalliy rahbarlarga tazyiq qilish, 

qanday  qilib  bo'lmasin  hukumat  va  uning  mahalliy  organlari  faoliyatidan  xato  va  kamchiliklar 

topish, turg'unlik davrida nochor holga tushib qolgan kishilarning ehtiroslarini avj oldirish orqali 

faoliyat ko'rsatdilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o'z ildiziga ega bo'la olmadi. 

Shu bilan birga, “Birlik” harakati faollarining bir guruhi (Muhammad Solih boshchiligida) 

siyosiy  partiya  tuzish  uchun  harakat  boshladilar.  1990-yil  30-aprelda  “Erk”  demokratik 

partiyasining  ta'sis  qurultoyida  uning  dastur  va  nizomi  qabul  qilindi.  “Erk”  partiyasining  yangi 

jamiyat qurish yoki bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o'tish jarayonidagi aniq bir konsepsiyasi yoki 

dasturi  yo'q  edi.  Uning  ko'p  hujjatlarida  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurish  to'g'risida 

gap  ketsada,  aslida  uni  qurish  uchun  shart-sharoitlar  yaratish,  shuningdek,  uning  huquqiy 

poydevorini shakllantirish to'g'risida o'ylanmasdi

2



“Erk”chilar juda tezlikda biron-bir jamiyatga o'tishga intilar edilar-u, lekin  uning  qanday 

bo'lishi  to'g'risida  aniq  tasavvurga  ega  emasdilar.  Partiya  rahbarlari  yangi  bir  jamiyatga  o'tish 

uchun  ulkan  islohotlarni  amalga  oshirish  ehtiyojini,  fuqarolar  ongi,  tafakkuri  va  ruhiyatida 

o'zgarishlar,  yangicha  qarashlar  bo'lishi  uchun  o'tish  davri  lozimligini,  bozor  munosabatlarini 

rivojlantirish uchun tadrijiy yo'l bilan islohotlar o'tkazish zaruratini anglamagan edilar. 

Bulardan  tashqari  ushbu  harakat  va  siyosiy  partiyalar  rahbarlari  asosan  hissiyotga 

berildilar.  Yuksak  siyosiy  bilim,  siyosiy  madaniyatning  yo'qligi,  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyot 

to'g'risidagi  bilimlarning  sayozligi  tufayli  bunday  harakat  yetarli  obro'-e'tiborga  ega  bo'lmadi. 

                                                           

1

 Хусниддин Н. Ўзбекистон саналарда. // Фан ва Турмуш, 1995. –№1. –Б. 9 



2

  Jo’rayev  N.,  Fayzullayev  T.  Mustaqil  O’zbekiston  tarixi.  O’zbekistonning  yangi  tarixi,  3-kitob.  –T.:  G’afur 

G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. –B. 174. 



 

 

31 



31 

Natijada  ham  “Birlik”  harakatining,  ham  “Erk”  partiyasining  faoliyati  aholining  bir  qismida 

norozilik  uyg'otdi,  jamiyatdagi  fuqarolar  totuvligi  va  ham  jihatligiga  putur  yetkazdi.  Shuning 

uchun  ham  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1991-yil  27-avgustdagi  farmonida  siyosiy 

partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar va birlashmalar faoliyatini  tartibga solish belgilab berildi. 

Shu  bilan  birga,  bunday  harakat,  partiya,  birlashmalarni  adliya  organlari  tomonidan  ro'yxatga 

olish qoidalari belgilandi. 

Umuman, XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmi va 90 yillar O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik 

tizimining  shakllanish  davri  bo'ldi

1

.  Mavjud  partiyalar,  harakatlar  faoliyatidagi  cheklanganlik, 



siyosiy  ekstremizm,  tajribaning  yetishmasligi  holatlariga  qaramasdan  O'zbekistondagi  ijtimoiy-

siyosiy hayot bu davrda ancha boyidi. 

Ko'ppartiyaviylikka  o'tish  KPSSning  uzoq  yillar  davom  etgan  yakka  hokimligiga  chek 

qo'ya  boshladi.  O'zbekiston  fuqarolari  ham  SSSR  Konstitutsiyasining  KPSSning  jamiyatdagi 

rahbarlik roli to'g'risidagi 6-moddasini bekor qilish aktsiyasida faol ishtirok etdilar. 1990-yil mart 

oyidagi SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari III qurultoyi ushbu moddani bekor qildi. 

Natijada kompartiyaning uzoq  yillar davom  etgan gegemonlik  roliga barham  berildi. Bularning 

barchasi O'zbekistonda xalq milliy ongi, siyosiy madaniyatining oshganidan dalolat berardi

2



Bugungi  siyosiy  jarayonlarning  yo`nalishini  e`tiborga  olgan  holda,  partiyaga  quyidagicha 



ta`rif  berish  mumkin:  partiya  kishilarni  ma`lum  bir  g’oya  atrofida  ixtiyoriy  ravishda 

birlashtirgan,  o`z  g’oyasini  hayotga  tatbiq  etish  maqsadida  hokimiyat  uchun  kurash  olib 

boruvchi, o`zining dasturi, nizomi, tarkibiy tuzilishiga ega bo`lgan siyosiy tashkilotdir.  

Hozirgi  dunyo  siyosiy  jarayonida  partiyaviy  tizimlarning  uch  xili  faoliyat  ko`rsatyapti. 

Bular:  

a) bir partiyaviy;  

b) ikki partiyaviy;   

v) ko`p partiyaviy tizimlardir.  

Bir  partiyaviy  tizim  –  bu  bir  partiyaning  monopoliyasiga  asoslangan  tizim.  Bunday 

sharoitda  partiya  bilan  davlat  qo`shilib,  yagona  partiyaning  mafkurasi  davlat  mafkurasi  sifatida 

o`rnatiladi.  Hozirda  bir  partiyaviy  tizimlar  Xitoy  Xalq  Respublikasi,  Kuba  Sotsialistik 

Respublikasi, V’etnam  Sotsialistik Respublikasi hamda Shimoliy Koreya Respublikasida amal 

qilmoqda.  Bir  partiyaviy  tizim  totalitar  rejimni  keltirib  chiqaradi,  demokratik  institutlarning 

faoliyatiga yo`l qo`ymaydi. Binobarin, inson huquq va erkinliklari cheklab qo`yiladi.  

Ko`p  partiyaviy  yoki  ikki  partiyaviy  tizim  bir  qancha  partiyalar  faoliyatini  ta`minlovchi, 

hokimiyat  uchun  kurashning  qonuniy  mexanizmlarini  ifodalovchi  tizimdir.  Bunday  tizim 

sharoitida bir qancha siyosiy partiyalar saylov yo`li bilan hokimiyat uchun kurash olib boradilar.  

Hech  bir  partiyaning  mafkurasi  davlat  mafkurasi  sifatida  tan  olinmaydi.  Bu  tizimning 

asosini fikrlar plyuralizmi (xilma-xilligi) tashkil etadi. Har bir kishi o`zi istagan mafkuraga yoki 

dinga  e`tiqod  qilish  yoki  hech  biriga  e`tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega  bo`ladi.  Biron-bir  g’oya 

yoki  din  kishilarning  ongiga  zo`rlik  bilan  singdirilmaydi.  Ko`p  partiyaviy  tizim  jamiyatning 

demokratik  asoslaridan  birini  tashkil  etib,  demokratik  siyosiy  institutlar  faoliyati  uchun  shart-

sharoitlar yaratadi. 

O`zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  “Jamoat  birlashmalari  to`g’risida”gi  (1991 

yil),  “Siyosiy  partiyalar  to`g’risida”gi  (1996  yil)  qonunlarida  ko`p  partiyaviylikning  huquqiy 

asoslari vujudga keltirilgan.  

G’arb siyosatshunos olimlarining talqinicha, partiyalar (lotincha, “ragz” (“ragyge”) - “qism” 

yoki  “guruh”),  bu  -  rasmiy  institutlashgan,  saylovlarda  davlat  hokimiyatini  egallashga 

funktsional ixtisoslashgan tashkilotdir. Mashhur olim J. Sartori partiyalarga doir quyidagi aniqlikni 

                                                           

1

 Qarang: Қирғизбоев М. Демократик сайловлар: халқаро тамойиллар ва миллий ўзлик.//  



Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари, 2000. –№1-2. –Б. 44-48 

2

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамиятида сиёсий партияларнинг ўрни: сиёсий партияларнинг функциялари. // 



Ўзбекистон овози, 2003 йил 4 март 


 

 

32 



32 

kiritgan  edi:  “Saylovlarda  ishtirok  etuvchi  va  uning  natijasida  o`z  nomzodlarini  davlat 

korxonalariga o`tkaza olishga qobil bo`lgan har qanday siyosiy guruh partiyadir”

1

 . 



XX asrning so`nggi davriga kelib J. Lapalambara va  J. Anderson  “Boshqaruv va siyosat 

entsiklopediyasi» nomli asarida quyidagi ta`rifni berganlar: “Partiya rasmiy maqomga ega bo`lish 

va  rasmiy  tashkilot  bo`lish  bilan  bog’liq,  markazni  periferiya  bilan  bog’lovchi  va  davlat 

organlariga o`z nomzodlarini (erkin yoki noerkin) saylovlar vositasida o`tkazishga qobil bo`lgan 

har  qanday  guruhdir”

2

.  G’arb  siyosatshunos  olimlari  siyosiy  partiyalarni  quyidagi  belgi  va 



funktsiyalari  asosida  ta`riflaydilar:  “Siyosiy  partiya  –  rasmiy  va  tashkiliy  tizilmaga  ega  

hokimiyat  ustidan  rasmiy  nazoratni  amalga  oshirish  uchun  kurashning  maxsus  funktsiyasini 

amalga  oshiruvchi,  mafkuraviy  doktrina  belgisi  asosida  birlashgan,  umummilliy  manfaatlarni 

ifodalashga  da`vogarlik  qiluvchi,  huquqiy  maqomga  ega  bo`lgan  va  saylov  jarayonlariga 

qo`shilgan

3



 Hozirgi  davrda  g’arb  siyosatshunos  olimlari  o`rtasida  siyosiy  partiyalarning  siyosiy 

institutga  tegishlimi  yoki  fuqarolik  jamiyati  institutimi,  kabi  savollarga  javob  izlashlar  ko`plab 

bahs  va  munozaralarga  sabab  bo`lmoqda.  Aksariyat  rivojlangan  mamlakatlar  konstitutsiyalarida 

siyosiy partiyalar jamiyat instituti,  ya`ni  xalq  siyosiy  manfaatlari  ifodachisi  sifatida  talqin  etiladi. 

Masalan,  Ispaniya  qirolligi  Konstitutsiyasining  6-moddasi  siyosiy  partiyalarni  quyidagicha 

ta`riflaydi:  “Siyosiy  partiyalar  siyosiy  plyuralizm  qoidalariga  muvofiq  ravishda  xalq  irodasini 

shakllantirish va ifodalashga ko`maklashadi, siyosiy ishtirokning asosiy vositasi hisoblanadi. Ularni 

tashkil etish va faoliyat yuritishi Konstitutsiya va qonunlarni  hurmat qilgan holda  erkinlik  bilan 

amalga  oshiriladi.  Ularning  ichki  tuzilmasi  va  faoliyati  demokratik  tarzda  bo`lishi  lozim”

4



Germaniya  Federativ  Respublikasi  siyosiy  tizimida  ham  siyosiy  partiyalar  ko`proq  jamiyat 

instituti  sifatida  harakterlanadi.  GFR  Asosiy  qonunining  21-moddasiga  binoan:  “Partiyalar  xalq 

siyosiy  irodasini  shakllantirishga  ko`maklashadi.  Ular  erkin  ravishda  tuziladilar.  Ularning  ichki 

tashkiliy tizilmasi demokratik qoidalarga muvofiq kelishi lozim”

5.

 

Shuningdek,  Gretsiya  Respublikasi  Konstitutsiyasi  29-moddasining  1-bandida  siyosiy 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling