1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

1

 Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-жилд. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. –Т.: Шарқ, 2000. –Б. 

57 


2

 O’sha joyda 



3

 Протоколы Сьезда делегатов Испольнительных Комитетов Туркестанского края. -Т.: Туркестанских 

ведомостей, 1917. –№. 2. –С. 6 



4

 Эрктурк М.Х. Саййид Носирхонтўра // Турон тарихи. -Т.: 1994. –№ 3. –Б. 21  


 

 

28 



28 

Milliy  ozodlik  uchun  jangovor  kurash  olib  borgan  Farg’ona  istiqlolchilarining  g’oyaviy 

rahnamosiga  aylandi.  U  mahfiy  ravishda  Omon  Polvon,  Jonibek  qozi  va  Rahmonqul 

qo’rboshilarning faoliyatlarining markazlashtirish harakatida bo’ldi. 

Nosirxonto’ra  “Milliy  Ittihod”  tashkilotining  Namangan  filialiga  a’zo  bo’lib,  bu 

tashkilotning yacheykasini Kosonsoy shahrida tashkil etadi. Shermuhammadbek Nosirxonto’rani 

o’ziga pir deb e’lon qilgan va ushbu markazdan doimo Farg’onadagi sovet qo’shinlarining ahvoli 

to’g’risida ma’lumotlar olib turgan

1



Lekin  uning  bu  faoliyati  uzoqqa  cho’zilmadi.  1919  yil  bolsheviklar  uni  Turkiston 



Muxtoriyatining  Maorif  Noziri bo’lganligi  uchun qamoqqa oladilar. 1924  yil qamoqdan qaytib 

kelgach,  ko’p  o’tmay  uni  Sovetlarga  qarshi  faoliyati  uchun  yana  qamoqqa  oladilar  va 

Orenburgga 5 yilga surgun qildilar

2



1938 yil iyul oyining boshlarida uni Sovetlarga qarshi faoliyati uchun yana hibsga oladilar. 

Shu  yilning  3-sentabrida  maorifchi,  diniy  olim,  tarixchi,  siyosatchi,  millatparvar  siymo  Sayyid 

Nosirxonto’ra Andijon turmasida vafot etdi

3



Sayyid Nosirxonto’ra kabi barcha Farg’onalik jadid namoyandalari millatni taraqqiyot sari 

boshlash  uchun  turli  yo’nalishlarda  faol  harakat  qildilar.  Xalqni  zulmatdan  qutqarishning  turli 

yo’llarini  izladilar.  Bu  boradi  ular  maktab-maorif,  teatr,  adabiyot,  matbuotdan  keng 

foydalanishga,  siyosiy  tashkilotlar  tuzib,  o’lkaning  siyosiy  hayotida  faol  ishtirok  etishga 

urindilar. 

Xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki,  sovet  hokimyatidan  farqli  o’laroq,  Turkiston 

muhtoriyati  qonuniy  asosda  tashkil  etilgan  milliy  hukumatimiz  hisoblanib  keng  musulmonlar 

ommasi  va demokratik kayfiyatdagi  yevropalik aholining  vakolatini olgan  edi.  Biroq Turkiston 

muhtoriyati  1918  yil  19  fevralda  sovet  hokimyati  tomonidan  ag’darilib  tashlandi.  Muhtoriyat 

hukumati  a’zolaridan  Hidoyatbek  Yurali  Agayev,  Mirodil  Mirzaahmedovlar  qatl  etilgan, 

tasodifan  omon  qolganlari  qamoqqa  olingan.  Mustafo  Cho’qayev  olovli  xalqalardan  chiqishga 

muvaffaq  bo’lgan.  Nosirxonto’ra  Kamolxonto’rayev  Namanganda,  S.  Gersfeld  Samarqandda, 

Obidjon  Mahmudov  Buxoroda  qo’lga  olinadi.  Tarixiy  xujjatlarning  guvohlik  berishicha 

Qo’qonda  shahrida  10 000  dan  ziyod  kishi

4

,  Marg’ilon  shahrida  7000,  Andijonda  6000, 



Namanganda 2000, Bo’zqo’rg’on va Qo’qonqishloqda 4500 kishi halok bo’lgan, 180 dan ortiq 

qishloq yondirilgan

5



Turkiston  muhtor  hukumatini  tan  olmasdan  unga  hujum  uyushtirganlardan  biri,  inqilobiy 



harakatlar  qatnashchisi,  sovet  davlat  arbobi  D.  Manjara  bunday  deb  yozadi:  “Milliy  siyosatda 

yo’l qo’ygan xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga keldi… Uni yo’qotish paytida yana 

bir xatoga yo’l qo’ydik”

6



Haqiqattan  ham  yosh  sovet  davlatining  bu  xatolari  o’zbek  xalqi  uchun  juda  qimmatga 

tushgan,  katta  qurbonlar  berilgan,  ammo,  baribir  oradan  salkam  bir  asr  o’tgach  o’zimizning 

milliy hukumatimizni shakllantira oldik. 

Mazkur bobni  xulosa qilib  yakunlaydigan bo’lsak biz birinchi  o’rinda xalqimizni  siyosiy 

qarashlarini  rivojlantirib,  o’lkada  butun  dunyoviy  ilmlarni    keng  tarqalishiga  hizmat  qilgan 

ma’rifatparvar  jadid  namoyandalarini  harakatlari  haqida  beg’araz  fikr  bildirishni  lozim  topdik. 

Albatta mamlaktimiz tarixida bunday jamoat arboblari juda ko’p bo’lgan, lekin xalqimiz boshiga 

og’ir  kunlar  tushgan  bu  davrda  qo’rqmasdan  siyosiy  faoliyat  olib  borib  xalqni  birlashtirishga 

uringan  va  uni  uddasidan  ham  chiqib  Turkiston  muxtoriyatini  tashkil  etganligi  ularning  katta 

                                                           

1

 Ражабов Қ. Жадид-истиқлолчилик ҳаракатининг ғоявий раҳнамолари. Ўзбекистон тарихи: янги нигоҳ. 



Жадидлар ҳаракатидан миллий мустақилликка қадар. –Т.: Элдинур. 1998. –Б. 13 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling