1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


partiyalarga  quyidagicha  ta`rif  beriladi:  “Saylovlarda  ovoz  berish  huquqiga


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida


partiyalarga  quyidagicha  ta`rif  beriladi:  “Saylovlarda  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo`lgan  grek 

fuqarolari  erkin  ravishda  siyosiy  partiyalar  tuzishlari  yoki  ularga  qo`shilishlari  mumkin; 

partiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati demokratik tartibotning erkin amal qilishiga xizmat 

qilishi  lozim.  Saylovlarda  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo`lmagan  fuqarolar siyosiy partiyalarning 

yoshlar bo`linmalariga kirishlari mumkin

6



Fransiyada  esa  siyosiy  partiyalarning  jamiyat  siyosiy  tizimidagi  o`rnining  Fransiya 

Konstitutsiyasining  “Suverenitet  to`g’risida”gi  birinchi  bo`limida  berilishi,  ularning  davlat  va 

jamiyatni  tashkil  etishdagi  muhim  institut  sifatida  e`tirof  qilinishini  bildiradi.  Fransiya 

Konstitutsiyasining  4-moddasi  quyidagicha  ifodalanadi:  “Siyosiy  partiyalar  va  guruhlar 

fikrlarni  ovoz  berish  yo`li  bilan  ifodalashga  ko`maklashadi.  Ular  erkin  ravishda  tuziladilar  va  o`z 

faoliyatlarini  amalga  oshiradilar.  Ular  milliy  suverenitet  va  demokratiya  qoidalarini  hurmat 

qilishlari lozim”. 

Hozirgi  zamon  jamiyatlarida  davlatning  turli  ommaviy  jamoat  tashkilotlari  bilan  o`zaro 

aloqalarini  kuzatish  shuni  ko`rsatmoqdaki,  mavjud  siyosiy  tizimda  ishtirok  etayotgan  partiyalar 

jamiyat  va  davlat  munosabatlari  tizimida  markaziy  o`rinni  egallab  kelmoqda.  Siyosiy  partiyalar 

siyosiy  jarayonlarning  faol  ishtirokchisi  sifatida  davlat  organlarining  shakllanishi  va  faoliyatida, 

                                                           

1

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: хорижий тажриба ва назария. –Т.: Янги аср авлоди, 2006. –Б.106 



2

 Қирғизбоев М. Демократик кўппартиявийлик ва парламентаризм тамойилларини ривожлантириш 

масалалари. Ўзбекистон: фуқаролик жамияти сари  -Т.: Шарқ, 2003,  -Б. 211-212. 

3

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: хорижий тажриба ва назария. –Т.: Янги аср авлоди, 2006. –Б.106 



4

  Qarang: Конституция Королевства Испания. // Конституции зарубежних государсгв.2-е год., исправ. и доп. 

–М.: Издательство БЕКД997. –С. 298. www.google.ru/wikipediya 

5

 Qarang: Основной закон Федеративной Республики Германии. -Бонн, 1998. –С.24.www.google.ru/wikipediya 



6

 Qarang: Конституция Республики Греция//Конституции зарубежннх государств.2-е изд., исправ. и доп. — 

М.: Издательство БЕК,1997. –С .378. www.google.ru/wikipediya 



 

 

33 



33 

davlat  qarorlarining  qabul  qilinishida  tobora  muhim  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda.  Qolaversa, 

siyosiy  partiyalarning  mavjudligi-demokratik  tizimlar  rivojlanishining  zaruriy  shart-sharoitlaridan 

biridir.  Demokratiya  tamoillari  nuqtai  nazaridan  yondashganda  esa  siyosiy  partiyalar  davlat 

organlari tizimiga kirmaydi va bevosita davlat ishlarida ishtirok etmaydi. Ammo siyosiy partiyalar 

bir vaqtning o`zida ham davlat sohasiga, ham fuqarolik jamiyatiga taaluqli institut ekanligi bilan 

ajralib turadi. 

Partiyalarning  siyosiy  tizimdagi  o`rnining  kuchayib  borishi  bilan  ularning  huquqiy 

maqomlari  darajasi  har  bir  mamlakatda  turlicha  shakllarda  namoyon  bo`lmoqda.  Partiyalarga 

doir  qoidalar  har  bir  mamlakat  huquqiy  manbalarida  turlicha  shakllarda  talqin  qilinadi: 

konstitutsiya va qonunlar, konstitutsiyaviy me`yorlar; hukumat dekretlari va qarorlari; parlament 

reglamentlari;  konstitutsiyaviy  nazorat  huquqini  amalga  oshirayotgan  mamlakatlarda  esa  sud 

qarorlari va boshqalar. 

Yuqorida keltirilgan  xorijiy  tajribalardan  ko`rinib  turibdiki,  siyosiy  partiyalar  asosan,  jamiyat 

a`zolarining  siyosiy  irodalarini  shakllantirish  va  ularni  siyosiy  jarayonlarda  ifodalash  ehtiyojlari 

asosida  faoliyat  yuritadigan  jamiyat

1

  institutdir.  Aytish  joizki,  O`zbekistonda  ham  siyosiy 



partiyalarning  jamiyat  instituti  sifatidagi  huquqiy  maqomi  shakllanib  bormoqda.  O`zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  56-moddasiga  binoan  siyosiy  partiyalar  “Jamoat  birlashmalari 

sifatida  e`tirof  etiladi”

2

.  Mazkur  Konstitutsiyaning  58-moddasiga  ko`ra  “davlat  organlari  va 



mansabdor  shaxslarning  jamoat  birlashmalari  faoliyatiga  aralashishiga,  shuningdek  jamoat 

birlashmalarining  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  faoliyatiga  aralashishiga  yo`l 

qo`yilmaydi”

3

.  



Bu  bilan,  birinchidan,  siyosiy  partiyalar  jamoat  birlashmalari  kabi  jamiyatning  instituti 

ekanligi e`tirof etiladi; ikkinchidan, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga 

aralashishga  yo`l  qo`yilmasligi  konstitutsiyaviy  me`yorlar  bilan  ta`qiqlanib,  uning  davlat 

hokimiyatiga  daxldor  emasligi  ta`kidlanadi.  Mazkur  huquqiy  asoslardan  shunday  xulosa 

chiqadiki,  siyosiy  partiyalarning  “Siyosiyligi”  ularning  saylovlardagi  ishtiroki  va  davlat 

hokimiyatiga  nomzodlar  ko`rsatishi  bilan  cheklanadi.  Siyosiy  partiyalar  davlat  hokimiyati 

boshqaruvida ishtirok etmaydilar. Saylovlarda g’alaba qozongan partiyalarning vakillari esa davlat 

hokimiyati organlaridagi boshqaruvda ishtirok etadilar, lekin bu kabi boshqaruvda ishtirok siyosiy 

partiya a`zosi sifatida emas, balki, biron-bir mansabni egallagan shaxs sifatida amalga oshiriladi. 

partiya  demokratik  saylovlarda  saylangan  o`z  vakillari,  turli  darajadagi  deputatlari,  turli 

mansablarni  egallagan  partiyadoshlari,  shuningdek,  partiyaviy  fraktsiyalar  vositasida  o`z  muqobil 

dasturlarini  amalga  oshirish,  xalq  ommasini  e`tirofiga  erishish  maqsadlarida  parlament  va 

hukumatga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatiga ega institutdir

4

.  



AQSH  va  Buyuk  Britaniya  kabi  mamlakatlarda  bir  necha  yuz  yillar  ilgari  o`z 

konstitutsiyalarini  qabul  qilganliklariga  qaramay,  ularda  siyosiy  partiyalarga  doir  biron-bir 

modda uchramaydi. Vaholanki, mazkur mamlakatlarda ikki partiyaviylik tizimi davlatning butun 

bir  konstitutsion  mexanizmining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Rivojlangan  mamlakatlarda 

ikkinchi  jaxon  urushidan  keyin  qabul  qilingan  konstitutsiyalarning  ko`pchiligida  siyosiy  partiyalar 

to`g’risidagi  maxsus  qoidalar  kiritildi.  Jumladan,  Italiya  (1947  yil),  Yaponiya  (1948  yil),  GFR 

(1949 yil), Fransiya (1958 yil), Braziliya (1969 yil), Gretsiya (1975 yil), Portugaliya (1976 yil), 

Ispaniya  (1978  yil),  O`zbekiston  (1992  yil)  kabi  mamlakatlar  konstitutsiyalaridan  siyosiy 

partiyalarga doir alohida huquqiy maqomlar o`rin oldi

5



                                                           

1

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти сиёсий партиялар,  мафкуралар, маданиятлар. –Т.:  Ўзбекистон, 1998. –



Б.57 

2

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2008. –Б.12. 



3

O’sha joyda. –Б.12-13. 

4

 Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: сиёсий партиялар, мафкуралар, маданиятлар. –Т.: Шарқ, 1998. –Б. 25-



28. 

5

 O’sha asar. –Б.110 




 

 

34 



34 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling