1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


  Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

2.3. 

Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar 

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,  «Jamoat birlashmalari to`g’risida»gi  (1991 

yil),  «Siyosiy  partiyalar  to`g’risida»gi  (1996  yil)  qonunlarida  ko’ppartiyaviylikning  huquqiy 

asoslari vujudga keltirilgan. 

Hozirda  O’zbekistonda  ana  shu  huquqiy  hujjatlar  doirasida  tashkil  etilgan  4  ta  partiya 

faoliyat ko`rsatmoqda

2



Xalq  demokratik  partiyasi  1991  yil  1  noyabrda  tashkil  topgan.  U  «O’zbekiston  ovozi», 



«Golos  Uzbekistana»  gazetalari  hamda  «Muloqot»  jurnalining  muassisi  hisoblanadi. 

Respublikamiz boshqaruv hodimlarining ko`pchiligi ushbu partiya a`zolaridir. 

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 1995 yilning fevral oyida ta`sis etilgan. Partiya o`z 

safida  jamiyatning  turli  sohalarida  mehnat  qilayotgan  fuqarolarni  birlashtirgan.  Partiyaning 

asosiy maqsadi jamiyatning barcha sohalarida insoniy va ijtimoiy adolatni amalda joriy etishdir. 

Partiya o`zining «Adolat» nomli gazetasiga ega. 

«Milliy  tiklanish»  partiyasi  1995  yil  3  iyul  kuni  tashkil  topgan.  Partiya  O’zbekistonning 

milliy  davlatchiligini  mustahkamlash,  xalq  madaniyatini  rivojlantirish,  respublikamizdagi 

ijodkorlarni,  ziyolilarni  birlashtirishga xizmat qiladi.  Partiya o`z atrofiga  ilm-fan, madaniyat  va 

maorif sohasida xizmat qilayotgan yirik olimlarni, ijodkorlarni birlashtirgan. U o`zining «Milliy 

tiklanish» gazetasiga ega. 

O’zbekiston  liberal-demokratik  partiyasi  2003  yilda  o`zining  ta`sis  qurultoyini  o`tkazdi. 

Partiya  ishbilarmon  tadbirkorlar,  mulkdorlar  sinfi  manfaatlarini  himoya  qilishni  o`z 

faolliyatining mazmuni deb biladi. Partiya o`zining «XXI asr» nomli gazetasiga ega. 

Yuqorida nomlari zikr etilgan siyosiy partiyalar o`z oldiga qo`ygan maqsadlaridan ko`rinib 

turibdiki,  ushbu  partiyalarning  barchasi  nooppozitsion,  parlament  ko`rinishidagi  partiyalardir. 

Ularning  barchasi  O’zbekistonda  o`tkazilayotgan  siyosatni  qo`llab-quvvatlaydi.  Bu,  shak-

shubhasiz,  siyosiy  qadriyatdir.  Ammo  bundan  siyosiy  partiyalar  faoliyati  bilan  bog’liq  bo`lgan 

hech qanday muammo yo`q ekanda, degan noto`g’ri xulosaga kelmaslik lozim

3



Ma`lumki,  demokratik  jarayonlar  rivojlanib  borgani  sayin  siyosiy  partiyalarga  bo`lgan 

ehtiyoj  ortib,  partiyalarning  jamiyat  hayotida  tutgan  o`rni  mustahkamlanib  boradi.  Bu  ob`ektiv 

qonuniyatdir. 

Ho`sh,  O’zbekiston  siyosiy  partiyalari  ana  shunday  ortib  borayotgan  ehtiyojlarni 

qondirishga,  O’zbekiston  va  jahon  siyosatidagi  tez  o`zgarayotgan  hodisalarni  ilg’ashga 

tayyormi? 

                                                           

1

 



http://www.uzlidep.uz/page/history

 

2



 

http://www.google.uz/page/party/ 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling