1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


  Umumrus  siyosiy  partiyalari  bilan  milliy  siyosiy  harakatlar  o’rtasidagi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

1.2. 

Umumrus  siyosiy  partiyalari  bilan  milliy  siyosiy  harakatlar  o’rtasidagi 

munosabat 

Ko’ppartiyaviylik tizimi O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng shakllana 

boshlandi.  To’g’ri  ko’ppartiyaviylik  tizimini  bizning  milliy  demokratlarimiz  jamiyat  siyosiy 

hayotiga  bir  asr  oldin  tadbiq  etishmoqchi  bo’lganlar.  Bu  davrda  Turkiston  o’lkasida  tarixchi 

olimlarimizning guvohlik berishicha 25-30 tacha siyosiy partiyalar, guruhlar, harakatlar mavjud 

bo’lgan


2

.  Bular  sotsial-demokratik,  sotsial  inqilobchilar,  kadetlar  kabi  partiyalar.  Bundan 

tashqari o’lkada hududida mahalliy bo’lmagan milliy-siyosiy  tashkilotlar ham bo’lgan, xususan, 

Bundning  Turkiston  tashkiloti  (1904-1905),  Paoley-sionni  Turkiston  tashkiloti  (1917),  Gnchak 

(1905),  “Dashnaqsutyun”  (1905),  arman  sotsial-demokratlarining  “Gummet”  tashkiloti  (1905-

1907),  Turkiston  tatar  sotsialistlari  ittifoqi  (1917),  Turon  ittifoqi  (1917),  Alash-o’rda  qozoq 

partiyasi  (1917),  Ukraina  gromadasi  (1917)  va  boshqalar.  Lekin,  yuqorida  nomlari  zikr  etilgan 

partiyalarning  barchalari  ham  o’lka  siyosiy  hayotida  sezilarli  darajada  rol  o’ynamaganlar. 

                                                           

1

 Мустақил Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида. 2-китоб. –Т.: Шарқ, 2000. – 



Б.82. 

2

 Джолдасов Б.Д. К истории многопартийности в Узбекистане. Ўзбекстон ижтимоий-сиёсий тарихининг 

муҳим муаммолари. – Т.: 1992. –Б. 52-53; Солиев С. Ўзбекистон тарихини ўқитишда сиёсий партиялар ва 

ҳаракатлар тарихидан фойдаланиш. Ўзбекистон тарихининг долзарб масалалари. – Т.: 1994. –Б. 8  




 

 

20 



20 

Masalan,  Turkiston  o’lkasidagi  sotsial  inqilobchilar  (eserlar)  partiyasi  ichidan  1906  yillarda 

ajralib chiqqan “Anarxist-kommunistlar”ning Toshkent guruhi yoki ayrim hujjatlarda “Anarxist-

ekspropriatorlar” guruhi ham deb atashadigan guruh faoliyatini olib ko’rishimiz mumkin.  

Aslida bu guruhni siyosiy partiya yoki ijtimoiy-siyosiy harakat deb atab bo’lmaydi. Chunki 

ular  aholi  o’rtasida  tashviqot-targ’ibot  ishlarini  olib  borishdan  ko’ra  o’g’irlik  va  jinoyatchilik 

bilan  ko’proq  shug’illanishgan.  Bu  guruhning  asosiy  shiori  “Довольство  для  всех!”,  “Да 

здраствует анархия” (“Yashasin anarxiya”).  

Bu  guruhning  sotsial  qatlami  o’lkadagi  eserlar  partiyasining  sotsial  qatlamidan  farqli 

o’laroq  faqatgina  shaharlik  ziyolilar,  kichik  darajadagi  chinovniklar,  rus  ishchilarining  ma’lum 

bir  qismidan  iborat  edi.  Masalan  1908  yil  may  oyida  Toshkent  shahrida  bu  guruhning  ayrim 

a’zolari jandarmeriya tomonidan qo’lga olinganda, ular quidagilar bo’lib chiqadi: 

  1. Plotnikov Pyotr Aleksandrovich – armiya piyodalar qismining zahiradagi 

podporuchigi.  

  2. Neudachin Kirill Aleksandrovich – Sankt-Peterburg universiteti studenti. 

  3. Gamburger Georgiy Ottovich – Toshkent shahar dumasi a’zosi (glasniy)ning o’g’li, 

Belgiyadagi Lyetek universiteti studenti. 

  Arxiv  hujjatlarining  guvohlik  berishicha,  Gamburger  Georgiy  Ottovich  Toshkent 

shahriga  kelishi  bilan  anarxistlarning  Toshkent  guruhiga  a’zo  bo’ladi.  Bu  guruh  iqtisodiy 

tomondan  uncha  kuchli  bo’lmagan,  ammo  nazariy  tomondan  kuchli  bir  guruh  edi.  Jurnal, 

proklamatsiyalar  chiqarish  uchun  mablag’  topish  maqsadida  1906  yil  3  dekabrdan  4  dekabrga 

o’tar  kechasi  Pushkin  ko’chasidagi  „Kaplan“  aptekasidan  25  rubl,  boshqa  kuni  Maxramskiy 

ko’chasidagi  „Krauze“  aptekasidagi  15  rubl.  pulni  kassadan  eksproprlatsiya  qilishadi.  Natijada 

shaharda  ushbu  o’g’rilar  tufayli  katta  shov-shuv  ko’tarilib,  aynan  ana  shu  masala  bo’yicha 

mahalliy sotsialist-revolutsionerlar partiyasidan ajralib ketishadi

1



  Sho’rolar  tuzumi  davrida  ushbu  mavzu  bo’yicha  chop  etilgan  ilmiy  adabiyotlarda 

bolsheviklar,  eserlar  partiyasi  haqida  noholis  ma’lumotlar  berilgan  bo’lib,  ularda  masalan, 

bolshevistik  tashkilotlarning  jamiyat  siyosiy  hayotidagi  o’rni  bo’rtirib  ko‘rsatilgan.  Aslida  esa 

vaziyat mutlaqo boshqacha bo’lgan. 

  1906  yilning  bahorida  Fransiya  respublikasi  bosh  shtabi  ikkinchi  byurosi  (harbiy 

razvedka)  topshirig’i  bilan  mayor  Lyakost  ikki  yil  davomida  Turkistondagi  ijtimoiy-siyosiy 

vaziyat  bilan  yaqindan  tanishdi.  U  o’zining  kuzatishlarini  hisobot  tarzida  “Komita  de  Asiya 

Fransays”  nomli  jurnalda  chop  etdi.  Maqola  Yevropada  katta  qiziqish  uyg’otdi.  Bu  maqolada 

Turkiston  general-gubernatorligi  hududidagi  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  va  partiyalar  faoliyati 

sharxlab  berilgan  edi.  E’tiborli  tomoni  shundaki,  fransuz  razvedkachisining  o’tkir  nigohi  bilan 

Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday aniqlab berildiki, bu hol rus 

siyosiy  politsiyasini  g’oyat  jiddiy  tashvishga  soldi.  Mayor  Lyakost  Turkiston  o’lkasidagi  eng 

e’tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar (bolsheviklar va mensheviklar) 

yoki sotsial-inqilobchilar (so’l va o’ng eserlar) yoki kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar

2

 

degan xulosaga kelgan edi. 



Turkiston  o’lkasi  hududida  faoliyat  yuritgan  ijtimoiy-siyosiy  harakatlarni  chuqur  taxlil 

qilib, ularni uch guruhga bo’lishimiz mumkin. 

Birinchi  guruh  –  o’lka  zaminida  vujudga  kelib  shakllangan,  mahalliy  aholi  manfaatlarini 

himoya  qilgan  siyosiy  kuchlar,  guruhlar.  Garchi  jadid  bobolarimizni  keng  tarmoqli  “Sho’royi 

Islomiya” tashkiloti siyosiy partiya maqomini olmagan bo’lsada aslida o’lkadagi mahalliy xalq 

manfaatlarini o’ylaydigan birdan-bir siyosiy partiya edi desak mubolag’a bo’lmas. 

                                                           

1

 www. e-tarix.uz 



 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling