1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

Tadqiqotning  amaliy  ahamiyati.    Dissertatsiya  natijalari  hamda  mazkur  tadqiqot  ishini 

o`rganish jarayonida to`plangan tarixiy materiallardan tarix ta`lim  yo`nalishlarida “O`zbekiston 

tarixi”,  “Milliy  istiqlolchilik  harakati”,  “Tarixshunoslik”  kabi  fanlardan  o`tiladigan  dars 

mashg’ulotlarida foydalanish mumkin. 



Tadqiqotning  tarkibiy  tuzilishi.  Tadqiqotning  tarkibi  kirish,  ikki  bob,  besh  paragrif, 

xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovadan iborat.    



I bob. Davlatchilik tariximizda hurfikrlilik masalasi. 

1.1. 

1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar  

Tarix  saboqlari  bugungi  kunda  ham  bizni  hushyorlikka  undaydi.  Xususan,  O'zbekistonda 

siyosiy  barqarorlikni  izdan  chiqarmoqchi  bo'lgan  kuchlar  mavjudligi  kishini  jiddiy 

o'ylantirmasdan qo'ymaydi. Shuning uchun ham mustaqillik in'om etgan ne'matlarni biz avaylab 

asrashimiz,  o'z  ozodligimizni  ko'z  qorachig'idek  himoya  qilishimiz  kerak.  O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.  A.Karimov  ta'kidlaganidek,  “Modomiki,  o'z  tarixini  bilgan,  undan 

ruhiy  quvvat  oladigan  xalqni  yengib  bo'lmas  ekan,  biz  tariximizni  tiklashimiz,  xalqimizni, 

millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor 

qurollantirish zarur”. 

1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g'alabasi tufayli podsho 

Nikolay  II  taxtdan  ag'darilib,  hokimiyat  tepasiga  rus  burjuaziyasi  chiqdi  va  ular  muvaqqat 

(vaqtli) hukumat tuzdilar. Petrogradda  bo'lib o'tgan hodisalarlar ta'siri ostida Turkistonda yangi   

hokimiyat  tuzilmalarini  barpo   qilish  yuzasidan  kuchli  jarayon  boshlandi.  Bolsheviklar  ta'sirida 

hamma  shahar  va  ishchilar  mavzelarida  ishchi  va  soldat  deputatlari  Sovetlari  tuzila  boshladi. 

Ular  inqilobiy  demokratiya  orzusini  yuzaga  chiqarishga  vakil  etilgan  va  muvaqqat   hukumat  

mahalliy 

muassasalarining 

xatti-harakatlari 

ustidan 

nazorat 


olib 

borish  


huquqini 

da'vo qiladigan qurollangan xalq  organlari  tariqasida  tashkil  topib  bordi.  Bu  sovetlar  hay'atiga 

asosan yevropalik aholi vakillari kirdi

1



Turkiston  Rossiya  tomonidan  bosib  olingan  vaqtdan  beri  to'xtamagan  milliy-ozodlik 

harakati  xalqning  milliy  o'zligini  anglashida,  o'z  Vatani  va  millatining  ozodligi  va  mustaqilligi 

uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi. 

Ma'lumki,  jadidlar  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  uni,  taraqqiyot  va 

rivojlanishga  faqat  tinchlik  yo'li  bilan,  parlament  orqali  erishishni  mo'ljallagan  edilar.  Ular 

o'zbek  xalqining  o'ziga  xos  milliy  xususiyati  (mentaliteti),  uning  samimiyligi,  bag'rikengligi, 

sabr-toqati,  bardoshi  va  chidamini  ham  hisoblagan  holda  tinch  yo'l  bilan  hokimiyatni  qo'lga 

olishga  intilgan  edilar.  Jadidlar  faoliyatidagi  bu  o'ziga  xos  milliy  g'oya  keyinchalik  jahoniy 

                                                           

1

 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. –B. 10 




 

 

10 



10 

ahamiyatga  molik  hodisaga  aylanib,  u  Hindiston  va  boshqa  mamlakatlardagi  milliy-ozodlik 

kuchlari yo'lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi. 

O'lkaning musulmon  aholisi ham faol siyosiy kurash jabhasiga tortildi. 1917 yilning mart-

aprel  oylari   o'lkaning  siyosiy   uyg'onishida  burilish  davri    bo'ldi.  Paydo   bo'lib  kelayotgan 

milliy  demokratik  kuchlarning  yetakchisi  jadidlar   bo'lib  qoldi,  ular    o'zlarining  avvalgi  butun 

faoliyatlari bilan shu vazifaga tayyorlangan edilar. Ular demokratik inqilobga va u e'lon  qilgan 

tamoyillarga  katta  umid bog'lab,  uning  g'oyalari  va  shiorlarini  amalga  oshirishga  faollik  bilan 

kirishdilar.  Shu  oylarda  ular   xalq  ongi  shuurida  jipslashish,  milliy  birlikni mustahkamlash 

extiyojini   uyg'otish bobida  muhim  qadamlar qo'yishga erishdilar. 

Fevral voqealaridan  keyin  siyosiy  tashkilotlar  faoliyatida  ham o'zgarishlar  sodir  bo'la 

boshladi.  "Sho’royi  Islomiya",  "Ulamo"  va  "Alash   O'rda"  singari  yangi firqalar  tashkil  topdi. 

Xalq o'z  baxti-saodati  uchun kurash bayrog'i  ostida  turli  tashkilotlarni  vujudga  keltira 

boshladi.Samarqandda  "Musulmonlar  klubi",  "Mirvajul-Islom",  Qo'qonda  "Musulmon  

mehnatkashlari   ittifoqi",  Kattaqo'rg'onda  "Ravnaq-ul  islom",   Xo'jandda  "Muayin  at-tolibin" 

kabi  tashkilotlar  tuzildi.  Taraqqiyparvar  ziyolilar  tomonidan  tashkil   qilingan  "Turon"  jamiyati 

tashabbusi  bilan  1917  yil  14  martida  vujudga  kelgan  yirik  milliy  tashkilotlardan  biri  "Sho’royi 

Islomiya" edi

1

. Tashkilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar ( sho'rolar) tashkil  qilish 



g'oyasi  keng  tarqalgan  edi.  Joylarda  "Hamma  hokimiyat  Sovetlarga"  degan  shior  ostida 

namoyishlar o'tkazila boshlandi. Odamlar "Endi  xalq Sovetlar orqali   o'z  taqdiri va kelajagini  

hal eta oladi", deb o’ylay boshladi. Tashkilotning 1917 yil 14 martdagi yig'ilishda shunday taklif 

kiritildi: "Nega rus ishchi va askarlarida o'z  sho'rolari Sovet ma'nosida bor, biz  musulmonlarda  

esa hech qanday sho'ro yo'q. Kelingbiz ham bugungi majlisda 

tashkilotimiz 

nomini 

"Musulmonlar  sho'rosi" yoki chiroyli qilib aytganda "Sho’royi Islomiya" deb aytaylik. Shunday  

qilib,  Toshkent  shahrining   mahalliy   aholisi    o'zi  saylangan  va  unga  ishonch  bildirgan  milliy 

tashkilotga  ega    bo'ldi.  15  martda  Munavvar   qori  hovlisida  I  idora  majlisi   bo'lib  o'tdi,  unda 

doimiy  rais,  kotib,  sarkotib,  xazinador  va  ularga  muovin  saylandi.  Raislikka  Abulvoxid  qori 

Abdurauf   qori   o'g'li,  muovinlikka  Munavvar   qori  Abdurashidxon   o'g'li,  sarkotiblikka  Katta  

xo'ja  Boboxo'ja o'g'li,  xazinadorlikka  mulla  Rizo  Oxun Yo'ldoshxo'ja o'g'li,  muovinlikka 

Abdusamin   qori  Xidayotboy   o'g'li  saylandi.  "Sho’royi  Islomiya"  tashkiloti o'z  oldiga  qo'ygan 

asosiy  maqsad va vazifalarni muvaqqat  qonunning quyidagi bandlarida bildirgan: 

1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, ilmiy va ijtimoiy  jihatdan zamonaga  muvofiq  

islohot fikri tarqatmoq. 

2.  Butun  Turkiston  musulmonlarini  bir  fikr  va  bir  maslakka  kelturmoqqa  tadbir 

va harakatlar qilmoq. 

3. Mamlakatlarning usul idoralari haqida ma'lumot yig'ib, Ta'sis majlisiga hozirlanmoq. 

4. Turkistonning   har  bir shahar,  qishloq va ovullarida mitinglar yasab, siyosiy, ilmiy va 

ijtimoiy xutbalar   o'qitmoq. 

5.  Eski  ma'murlarni o'rindan qoldirib, o'rniga  yangi  ma'murlar  qo'ymoq  yo'llarini   xalqqa  

ko'rsatmoq. 

6.  Turkistondagi  turli  millatlar  orasida   bo'lgan  va  bo'ladurg'on  ixtilof  va   shubhalarni 

bitirib, bir-birlariga yaqinlashtirib, birlashtirmoq uchun tadbir va harakatda bo'lmoq. 

7.  Turli  millat  va  firqalarning  komitetlari  ila   aloqada   bo'lib, o'z  vakillari  vositasi  ila 

musulmon extiyojlarini ul komitetlarga bildirmoq va lozim topganda ulardan yordam so'ramoq

2

.  


Aprel  oyining  boshlarida   o'lkaning   boshqa  shahar  va  qishloqlarida  ham  "Sho’royi 

Islomiya"ning  quyi  shu’balari  tashkil  etildi.  Ularning  asosiy  vazifasi  -  kelajakda  Turkiston 

avtonom (mustaqil)  jumhuriyatini barpo etish edi. 

                                                           

1

 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. –B. 14 



2

 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. –B. 14 




 

 

11 



11 

«Sho’royi  Islomiya»  tashkiloti  "Najot",  «Sho’royi  Islom»,  "Kengash",  "Hurriyat",  "El  

bayrog'i"  va  "Ravnaq-ul  islom"  singari  nashrlarida  o'zining  ijtimoiy-siyosiy  qarashlari 

hamda qarorlarini keng omma orasida tashviq etdi.  

Bu tashkilot Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta rol  o'ynadi. Uning vakillari 

Moskva va Qozonda   bo'lib o'tgan Umumrusiya  musulmonlari  qurultoyida qatnashdi.  Turkiston 

shaharlari  Dumasiga  a'zo   bo'lib  kirdi,  Ta'sis  majlisida  tasdiqdan   o'tkazish  uchun   o'lkani  idora 

etish usuli  qonun  loyihasini tayyorlashda faol qatnashdi,  har  xil xayriya ishlarida faol  bo'ldi. 

Maktab  va  madrasani   isloh   qilish    yo'llarini  belgilab  berdi.  Demak,  "Sho’royi  Islomiya" 

a'zolari   bo'lmish  turkistonlik  milliy  demokratik  ruxdagi  taraqqiyparvar  ziyolilarimiz  Rossiyada 

1917  yil  fevral  inqilobidan   so'ng  avj  olgan  umumdemokratik   harakatda mustaqil  Turkiston 

uchun  kurashdi.  Taraqqiyparvar   islohotchilar  matbuot  va  mitinglarda  Turkistondagi  ijtimoiy 

tengsizlik,  mehnatkash ommaning og'ir ahvoli  haqida kuyinchaklik bilan so'zlab, uning ijtimoiy 

sabablari, ildizlarini anglashga va  xalqqa tushuntirishga    harakat  qilishdi. 

Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, “Rossiyada bosh ko'targan yangi bir balo - bolshevik 

balosi”  (Fitrat)  kuchlar  nisbatini  butunlay  o'zgartirib  yubordi

1

.  Mahmudxo'ja  Behbudiy 



tomonidan  o'rtaga  tashlangan  “Haq  olinur,  berilmas”  shiori  butun  millatning  jangovar 

chaqirig'iga  aylandi.  Mustaqillik  va  ozodlik  uchun,  Turkistonda  muxtoriyat  o'rnatish  uchun 

parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga 

botirildi

2

. Turkistonda kommunistik  mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi. 



Bolsheviklar  tomonidan  nafaqat  Rossiyada,  balki  uning  “chekka  o'lkasi”  hisoblangan 

Turkistonda ham mustabid tuzum o'rnatildi. Sovet rejimi o'nlab xalqlar ustidan o'z hukmronligini 

zo'ravonlik yo'li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet tuzumi 

davrida ham o'lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va 

tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g'oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay 

ildizi  bilan  sug'urib  tashlashga  intildi.  Bosqinchilar  o'z  rejalarini  amalga  oshirish  uchun 

qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo'la olmadilar.  

Fevral    voqealaridan  keyin  Turkistonda   ruhoniylar  orasida  ham   uyg'onish  sodir  bo'ldi. 

Ular ham umummusulmon birligi  g'oyasiga tayanib, 1917 yilning aprel oyi boshlarida "Sho’royi 

Islomiya"ga   qo'shilib,  tashkilot  tarafidan  uyushtirilgan  tadbirlarda  qatnashdilar.   Biroq  shu 

yilning yozida jadidlar (yangi islohotlar tarafdorlari) va  qadimlar (eskilik tarafdorlari) orasidagi 

munosabat  keskinlashdi,  natijada   qadimlar  "Ulamo"  jamiyatini  tuzib,  Turkistonda  feodal 

tuzumni tiklash va uni shariat asosida  boshqarish vazifasini   o'z oldiga  maqsad   qilib qo'ydilar. 

Kadetlikdan  yuz  o'girgan  Qozoq  Bukeyxon o'g'li   rahbarligida  "Alash   O'rda"  nomli  milliy 

partiya  ham  vujudga  keldi.  Eserlar   g'oyasiga  ergashib  yurgan  ko'pchilik   namoyandalar  

 eserlarda    kuchayib   borayotgan  shovinizmni  ko'rib,  ulardan  yuz o'giradilar  va  "milliy 

sotsialist firqasi"ni  tuzishga bel  bog'laydilar.  Lekin  ko'pchilik  sinfiy  emas, milliy-g'oya atrofida 

birlashish  talabi  bilan  chiqayotgan  edi.    Turkistonda    xuddi    shunday   g'oya    Munavvar    

qori,    Avloniy,    Tavallo,  Nizomiddin  Xo’jayev    kabilar  nomi  bilan   bog'liq  "Turon" 

jamiyatida    o'z  ifodasini  topgan  edi.   Biroq  mart-aprelda  N.Xo’jayev  uni  biroz 

demokratlashtirdi.  Birozdan   so'ng  "Turon"  "Turk  federalist"  firkasiga  aylandi  va  uning  dasturi 

e'lon  qilindi

3

.  


1917 yilning 7-15 aprel kunlari ishchi va soldat deputatlari sovetlarining I Turkiston o'lka 

s’yezdi bo'lib o'tdi. Undagi jami  263 delegatning deyarlik barchasi  yevropaliklar vakillari edi.  

O'lka      hokimiyati   to'g'risidagi masala muhokamasida bir  qancha delegatlar musulmonlarning 

yagona  hokimiyat  barpo  etish  to'g'risidagi  istaklarini  hisobga  olishni  talab  etdi.  S’yezd 

demokratik  respublika  tuzishni  yoqlab  chiqdi-yu,  lekin  Turkiston   xalqlari  uchun  o'lkaga 

                                                           

1

  Турсунов  Х.  ХХ  аср  бошларидаги  миллий  матбуотдаги  Туркистондаги  ижтимоий-иқтисодий  ҳаёт 



масалалари // O’zbekiston tarixi. 2007. –№1. –Б.45-48. 

2

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. –Б.48 



3

 Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob. –T.: Sharq, 2010. –B. 15 




 

 

12 



12 

muxtoriyat  berish,  milliy  tengsizlikni  tugatish  singari  masalalarga  o'z  munosabatini  bildirmadi. 

Bu  masalalar  9-16  aprelda   bo'lib  o'tgan  Turkiston   o'lkasi  ijroiya  qo'mitalari  s’yezdida  ham 

ko'rildi.  Uning  171  delegatidan  99  tasi  yevropalik  edi.  Unda  delegatlar  markazlashtirilgan 

respublikaga   qarshi   chiqqan   bo'lsalar  ham,  lekin  muxtoriyat  faqat  madaniy  va  siyosiy  yetuk  

xalqlarga berilishi mumkin deb hisobladi. Ayrim delegatlar esa muxtoriyat milliy bo'lmay, balki  

hududiy   bo'lishi kerak deb hisoblar edilar.  

S’yezd rezolyutsiyasida ham  hududiy muxtoriyat yoqlab chiqildi. Mana shu ikki s’yezdda 

ham   o'lka   xalqlarini  mensimay,  ularga  ishonchsizlik  bildirdilar.  Ana  shunday  bir  vaziyatda 

1917  yil  16  aprel  kuni  Toshkentda  butun  Turkiston  musulmonlarining  I  qurultoyi   bo'lib  o'tdi. 

S’yezdga   o'lkaning  barcha  tub   xalqlaridan  vakil   bo'lib  kelgan  150  nafar  delegat  hozir bo'ldi. 

S’yezd  muvaqqat   hukumat  va  uning  dasturini  tan  oldi  va  Rossiyada  Federativ  demokratik 

respublika  ta'sis  etib,  barcha   xalqlarga,  jumladan  Turkiston   xalqlariga  ham  milliy  muxtoriyat 

berish  g'oyasini yakdillik bilan qo'llab-quvvatladi.  

S’yezd  markaziy   rahbar  organ  -  Turkiston   o'lkasi  musulmonlari  Sovetini  tuzdi:  Uning  

birinchi  majlisida  rais,  riyosat  a'zolari  M.  Cho’qayev  (rais),  Ahmad   Zaki  Validiy,  Munavvar 

Qori, Mahmudxo'ja Bexbudiy, Ubaydulla Xo'jayev  va  boshqalar saylandi. Shu tariqa Turkiston  

xalqlarini  jipslashtirish  borasida  yana  bir muhim   qadam  qo'yildi.  O'lkada  musulmon  

mehnatkashlari   sho'rolari  tuzila  boshlandi.  1917  yil  14  mayda  Toshkentda   mahalliy 

ishchilarning  majlisida  musulmon  mehnatkashlari,  ishchilari  deputatlari  Sovetining  nizomi  

loyihasi tasdiqlandi. 15 iyuldagi yig'ilishda 32 kishidan iborat Toshkent shahar musulmon ishchi 

vakillari  sho'rosi saylandi

1

. Andijon, Qo'qon,  Samarqandda ham bunday  sho'rolar tuzildi, ular 



xay'atiga  asosan   mahalliy   xalqlar  vakillari  saylandi.  1917  yil  yozida  Toshkentning  eski 

shaharida  12  ta  kasaba   sho'rosi  tuzildi.  Unga Sulton xo'ja  Qosimxo'jayev  rais    bo'ldi.  1917  yil 

avgust boshlarida Andijon shahrida musulmon hunar ahlining "Sanoiy ul-Islom"  sho'rosi tuzildi. 

Unga  1500  kishi  a'zo bo'lib  kirdi

2

.  Toshkentda  "Xurshid",  "Sadoyi   Turkiston",  "Turon",  "Turk 



eli",  "Najot",  "Kengash",  "Sho’royi  Islom", Samarqandda  "Oyna",  "Xurriyat",  Buxoroda 

"Turon",  "Buxoroi  sharif",  Qo'qonda  "Sadoiy   Farg'ona",  "Tirik  so'z"  ro'znomalari,  "Xurriyat" 

jurnali,   Farg'onada  "Farg'ona  nidosi"  ro'znomasi  chiqa  boshladi.  Ularda   xalqni  siyosiy  faol  

bo'lishga  chorlandi.  Sentabr  oylariga  kelib   o'lkada  vaziyat  o'zgara  boshladi.  Bolsheviklar 

ko'targan  "Butun  hokimiyat  sovetlarga"  degan  shiorga  munosabat  ham  bir  xil  emas  edi.  O'lka 

musulmon  aholisining vakolatli organlari bu shiorga qat'iyan salbiy  nuqtai nazarda turib oldi.  

"Sho’royi  Islom"  tashabbusi  bilan  sentabrda  chaqirilgan   o'lka  musulmonlari  II 

s’yezdi   hokimiyatni  soldat,  ishchi  va  dehqonlar  sovetlariga  berishga   qarshi  chiqdi.   Biroq 

se'zdning  bu   qarori  xech  kimning  qulog'iga  kirmadi.  Bolsheviklar  ta'siri  bilan   o'lka  Sovetlari 

butun   hokimiyatni  Sovetlarga  berish   haqida   qaror  qabul     qildi.  O'lkadagi  milliy harakat  o'z 

rivojining yangi davriga kirdi. "Sho’royi Islomiya" tashabbusi bilan 17-20 sentabrda Toshkentda 

Turkistonlik  va  Qozoq  musulmonlarining  s’yezdi  o'tkazildi.  Unda  "Sho’royi  Islom",  "Turon", 

«Sho’royi  Ulamo»  va   boshqalarni  birlashtirish  yo'li  bilan  butun  Turkiston  va   Qozog'iston 

uchun umumiy  bo'lgan "ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzishga  qaror  qilindi. S’yezd 

ishida Turkiston  o'lkasining bo'lajak siyosiy tuzumi   to'g'risidagi masala asosiy masala   bo'ldi. 

Qabul  qilingan  qarorda demokratik Rossiya respublikasi tarkibida  hududiy muxtor federatsiya 

tuzish  g'oyasi  ilgari  surildi.  S’yezd  muxtoriyatga  "Turkiston  Federativ  Respublikasi"  degan 

nomni  qo'yib,  parlament   respublikasi   asosida   tuzilajak   bo'lg'usi   davlat   tuzimining bosh 

tamoillari va me'yorlarini belgilab berdi. 

Xalqimizning  milliy  g'oya  va  mafkuraga  sadoqati  Turkiston  mintaqasida  mustabid  sovet 

rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol namoyon 

bo'ldi.  Sovet  rejimi  davrida  qariyb  20  yil  davom  etgan  bu  harakat  noto'g'ri  talqin  qilinib,  unga 

                                                           

1

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. –Б.49 



 

2

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. –Б.79 




 

 

13 



13 

“bosmachilik” deb tamg'a bosildi. Ashni olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning 

manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratilgan edi. 

Afsuski,  uzoq  davom  etgan  kurashlardan  so'ng  Turkistondagi  bu  harakat  mag'lubiyatga 

uchradi.  Kommunistik  mafkura  milliy  g'oyaga  qarshi  kurashida,  vaqtincha  bo'lsa-da, 

muvaffaqiyatga  erishdi.  Buxoro  va  Xorazm  Xalq  Respublikalari  hukumatlarining  boshliqlari 

(Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o'tkazilayotgan milliy murosa va 

kelishuvchilik  siyosati  ham  bolshevik  rahbarlarning  kuchli  tazyiqlari  natijasida  o'zgartirildi

1



Markazdan  yuborilgan Turkkomissiya



2

, Turkbyuro, O'rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va 

partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukmdori bo'lishga intildilar va ko'pincha bunga 

muvaffaq  ham  bo'ldilar.  Mustabid  sovet  rejimi  tomonidan  20-30-yillarda  O'zbekistonda 

o'tkazilgan  dahshatli  qatag'on  millat  gullarini,  fidoyi  va  vatanparvar  bobolarimizni  vahshiyona 

qirib tashladi.  

Rossiyada  1917-yil  voqealari,  Rossiyaning  birinchi  jahon  urushi  (1914-1918)da 

qatnashishi, frontlardagi mag'lubiyatlar jiddiy xo'jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va 

tub o'zgarishlarga olib keldi

3

. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo'lmagani sababli oziq-



ovqat  va  boshqa  zaxiralar  tez  orada  tugadi.  Ishlab  chiqarish  qisqardi.  Katta  yer  maydonlari 

ekilmasdan  qoldi.  Soliqlar  oshib  bordi.  Shahar  aholisi,  ishchilar  oziq-ovqat  yetishmashgidan 

qiynaldilar.  Ish  tashlashlar,  dehqonlar  g'alayonlari  tobora  kuchaydi.  1916-yil  qo'zg'oloni  ham 

urushdan,  mustamlakachilik  zulmidan  norozilik  ko'rinishi  edi.  Frontdagi  mag'lubiyatlar  va 

mamlakatdagi  inqirozga  podsho  hukumati  va  boshqaruv  tizimi  aybdor  qilindi.  Faqat 

“pastdagilar”  emas,  balki  “yuqoridagilar”  ham  o'zgarishlar  muqarrar  ekanini  tushundilar. 

Petrograd,  Moskva,  ko'plab  sanoat  rayonlarini  ommaviy  ish  tashlashlar  qopladi.  Podsho,  uning 

vazirlari  layoqatsizlik  ko'rsatdilar.  Bunday  sharoitda  IV  Davlat  dumasi  deputatlari  ahvolni 

o'zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolay II taxtdan voz kechdi. 

Podsho hokimiyati tugadi. 

Mamlakatda  2  ta  hokimiyat  -  qo'sh  hokimiyatchilik  paydo  bo'ldi:  IV  Davlat  dumasi 

deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari 

tuzildi.  Bunday  hol  1917-yil  oktabr  oyi  oxirlarigacha  davom  etdi.  Muvaqqat  hukumat 

demokratik  erkinliklarni  joriy  etishni  e'lon  qildi.  Biroq  mamlakatdagi  inqiroz  shunchalik  og'ir 

ediki,  noroziliklar  kuchayib  bordi.  Ayniqsa,  urushni  davom  ettirish  siyosati  aholi  g'azabini 

qo'zg'atdi. Urushdan odamlar azob chekmoqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-

oktabrda  (yangi  sana  bilan  7-noyabr)  bolsheviklar  mensheviklar  va  “so'l”  eserlar  bilan  birga 

davlat to'ntarishini amalga oshirdilar va hokimiyatni qo'lga oldilar. 

Jahon  urushi  qiyinchiliklari,  Rossiyadagi  1917-yil  voqealari  Turkiston,  umuman,  O'rta 

Osiyo xalqlari hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi

4



O'lkada  yuz  bergan  oziq-ovqat  tanqishgidan  bolsheviklar  foydalanib,  1917-yil  kuzida 



Sovetlar  hokimiyatni  qo'lga  olishi  masalasini  ilgari  surdilar.  Ular  ishchi  va  soldatlar  boshdan 

kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o'z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa 

so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo'shildilar

5



Oktabr  oyining  ikkinchi  yarmida  Toshkentda  norozilik  yig'ilishlari  va  mitinglar  avj  olib 

ketdi.  Petrogradda  qurolli  to'ntarish  ro'y  bergani,  Muvaqqat  hukumat  ag'darilgani,  hokimiyatni 

bolsheviklar  qo'lga  olgani  to'g'risidagi  xabar  Toshkentga  yetib  keldi.  Turkiston  bolsheviklari 

                                                           

1

 Мустақил Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида. 2-китоб. –Т.: Шарқ, 2000. – 



Б.81 

2

. Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият,2000.  – Б.135. 



3

 Расулов А.Туркистон ва Волгабўйи, Урололди халқлари ўртасидаги муносабатлар.–Т.: Университет, 2005.–

Б.45 

4

 Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустақиллиги учун курашлар тарихи (милоддан олдинги асрлардан то 1991 йил 31 



августгача). – Т.: Шарқ, 2001. – Б.335 

5

 Шамсутдинов Р., Каримов Ш. Ўзбекистон тарихидан материаллар. – Андижон. Андижон нашриёт-матбаа, 



2004. – Б.32. 


 

 

14 



14 

rahbarlik  qilgan  Toshkent  soveti  ishchi  va  soldatlarni  qo'zg'olon  ko'tarishga  da'vat  qildi.  Lekin 

general Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshilik ko'rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda 

Toshkentning  yangi  shaharida  qurolli  to'qnashuvlar  avj  oldi.  Qo'zg'olonchilar  general 

qismlaridan  ustun  keldilar.  1-noyabrda  Toshkent  harbiy  qal'asi  tashm  bo'ldi,  shu  kuni  qurolli 

qo'zg'olon g'alaba qozondi, deb e'lon qilindi. 

1917-yil  15-noyabrda  ish  boshlagan  o'lka  ishchi,  soldat  va  dehqon  deputatlari 

Sovetlarining III qurultoyi tortishuvlar oqibatida hukumat — Turkiston o'lkasi Xalq Komissarlari 

Sovetini  tuzdi,  unda  8  o'rin  so'l  eserlarga,  7  o'rin  bolsheviklar  bilan  maksimalistlarga  berildi. 

Biroq  faqat  yevropaliklardan  iborat  hukumat  tuzildi.  Turkiston  XKS  raisi  lavozimini  kasbi 

chizmachi  bo'lgan  bolshevik  F.Kolesov  egalladi,  harbiy  komissar  qilib  izvoshchi  Perfilev, 

boshqa  komissarlik  lavozimlariga  o'rtamiyona  yurist  va  shunga  o'xshaganlar  tayinlandilar. 

Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritilmadi.  

Turkistondagi  so'1-ekstremist  siyosiy  guruhlar,  ularning  namoyandalaridan  tuzilgan 

hukumat,  birinchi  galda  bolsheviklar  mohiyatan  imperiya  mustamlakachilik  siyosatiga  amal 

qildilar. Shu bilan birga, oktabr to'ntarishidan keyin Rossiyada bo'lgani singari, Turkistonda ham 

inqilobiy  aqidalarga,  eng    avvalo  sinfiylik  tamoyillariga  amal  qilindi

1

.  Asosiy  inqilobiy  kuch 



proletariat va kambag'al  dehqonlar, aholining  boshqa qatlamlari reaksion,  ekspluatator guruhlar 

deb e'lon qilindi. Mulkdorlar - ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o'qimishli, obro'-e'tiborli 

xalq  vakillari  -  milliy  burjuaziya  korchalonlari  va  malaylari;  islom  dini  rahnamolari  -  reaksion 

oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy “ijtimoiy adolat»ni o'rnatish, 

“odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish” uchun jamiki boyliklarni, 

ishlab chiqarish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi.  

Yerli 

aholi  jamoatchiligining 



demokratik 

yo'nalishdagi 

sa'y-harakatlari,  milliy 

davlatchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko'rsatildi. 

Ajnabiylar  hukumati  o'lkadagi  harbiy  qismlari,  qurollangan  ishchi  gvardiyasiga  tayanib  ish 

ko'rdi.  Bu  hokimiyat  faoliyati  faqat  zo'rlikka,  buzg'unchilikka,  qon  to'kishga  qaratildi.  Ong 

saviyasi  past,  ko'pincha  jinoiy  unsurlar  bo'lgan  soldatlar,  gvardiyachilar  yerli  aholi,  ayniqsa, 

dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar. Shunday qilib, 1917-yil kuzida o'lkadagi so'1-

bolshevistik  doiralar,  ular  tuzgan  hukumat,  bir  tomondan  kolonial-shovinistik,  ikkinchi 

tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.  

1917-yil  boshlarida  Petrogradda  bo'lib  o'tgan  voqealar  ta'siri  ostida  Turkistonda  yangi 

jamiyat  kurtaklarini  shakllantirish  uchun  harakat  boshlanib  ketdi.  Turkiston  ijtimoiy-siyosiy 

hayotida  o'lka  muxtoriyati  masalasi  asosiy  masala  bo'lib  qoldi.  Turkistonga  muxtoriyat 

maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlar o'rtasida ham 

ancha ommalashgan edi. 

1917-yilning  mart-aprel  oylari  o'lkaning  siyosiy  uyg'onishida  burilish  davri  bo'ldi. 

Turkiston  jadidlari,  milliy  ziyolilar  va  islom  ulamolarining  yetakchilari  bo'lgan  Mahmudxo'ja 

Behbudiy (1875-1919), Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li

2

 (1878-1931), Ubaydulla Xo'jayev 



(1882-1938),  Abdurauf  Fitrat  (1886-1938),  Fayzulla  Xo'jayev  (1896-1938),  Sadriddin  Ayniy 

(1878-1954),  Usmon  Xo'ja  (1878-1968),  Mustafo  Cho'qayev  (1886-1941),  Muhammadjon 

Tinishboyev(1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy To'g'on (1890-1970), 

Obidjon  Mahmudov(1858-1936)  o'lkada  yangi  tashkil  qilingan  “Sho'roi  Islomiya”  (1917-yil, 

mart),  “Sho'roi  Ulamo”  (1917-yil  iyun),  “Turon”  jamiyatlari  va  “Turk  Adami  Markaziyat 

(Federalistlar)  firqasi”  (1917-yil,  iyul),  “Ittifoqi  muslimin”  (1917-yil,  sentabr)  siyosiy 

partiyalarining tuzilishida muhim rol o'ynadilar

3



                                                           

1

 Шарипов Р.Х., Мухиддинов Ф. Ўзбекистон халқлари сиёсий-ҳуқуқий таълимотлари тарихи (XIX аср охири 



– ХХ аср бошлари). –Т.: ТДЮИ, 2004. – Б.210. 

2

 Абдурашидхонов М. Хотираларимдан.–Т.: Шарқ, 2001.–Б.57. 



3

 Шамсутдинов Р., Каримов Ш. Ўзбекистон тарихидан материаллар. – Андижон. Андижон нашриёт-матбаа, 

2004. – Б.31-33. 



 

 

15 



15 

Jadidchilik  1917-yilda  ma'rifatchilik  harakatidan  siyosiy  harakat  darajasiga  allaqachon 

ko'tarilgan  edi.  O'sha  1917-yilning  o'zida  to'rt  marta  Butunturkiston  musulmonlari  qurultoyi 

o'tkazildi. 1917-yil 16-23-aprelda Toshkentda bo'lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida 

Turkiston  Muxtoriyatini  tashkil  etish  g'oyasi  olg'a  surildi.  Bu  g'oya  Turkiston  xalqlarining  o'z 

milliy davlatchiligini tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi

1



Butunturkiston  musulmonlar  I  qurultoyining  so'nggi  majlisida  Markaziy  rahbar  organ  - 



Turkiston  o'lka  musulmonlari  kengashi  (Kray  Mussovet)  tashkil  etilishi  haqida  qaror  qabul 

qilindi.  Uni  tuzishdan  asosiy  maqsad  milliy-ozodlik  harakatiga  tashkiliy  va  markazlashtirilgan 

xususiyat  kasb  etish  uchun  bir-biri  bilan  tarqoq  aloqada  bo'lgan  jamiyat,  qo'mita  va  ittifoqlarni 

birlashtirish  edi.  Turkiston  musulmonlari  Markaziy  Kengashiga  Mustafo  Cho'qayev  rais,  Zaki 

Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, M.Behbudiy, O.Mahmudov, U.Xo'jayev, T. Norbo'tabekov, 

Islom  Shoahmedov  va  boshqalar  a'zo  qilib  saylandi.  Munavvar  Qori  va  Sadriddinxon  afandi 

boshchiligida  Toshkent  qo'mitasi  tuzildi.  Shuningdek,  Behbudiy  rahbarligida  Samarqand  va 

Nosirxon  To'ra  yetakchiligida  Farg'ona  bo'limi  ham  tashkil  topdi.  Markaziy  Sho'roning  organi 

sifatida  “Najot”  (muharriri  -Munavvar  Qori),  keyinchalik  “Kengash”  (muharriri  -  Validiy  va 

Munavvar Qori) gazetalari chiqa boshladi

2



Shunday qilib,  1917-yil  bahorida Turkistonning  birligi  va  yaxlitligi tomon muhim  qadam 



tashlandi.  Tarixda  ilk  marta  Butunturkiston  miqyosida  musulmonlar  qurultoyi  chaqirilib,  unda 

tub  xalqlarning  muxtoriyat  tomon  qat'iy  intilishi,  o'z  an'analari,  urf-odatlari  va  turmush  tarzini 

izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaatlarning ifodachisi bo'lgan Milliy Markaz-Turkiston 

musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi

3



 Afsuski,  birlashish  jarayonlari  har  doim  ham  bir tekis  rivojlanmadi.  Asr  boshidan  buyon 



davom etayotgan “jadid-qadim” nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga 

olib  keldi.  Ma'lumki,  1917-yil  14-martda  Toshkentda  “Sho'roi  Islomiya”  tashkil  topgan  edi

4



Siyosiy  partiyalar  tuzilishi,  ular  tomonidan  dasturiy  hujjatlar  qabul  qilishni  Turkistonda  milliy 



harakatning  keng  quloch  yoyganidan  dalolat  berar  edi.  Biroq,  Petrograddagi  Oktabr  to'ntarishi 

oqibatida  1917-yil  oktabr-noyabr  oylarida  Turkiston  o'lkasida,  xususan,  Toshkent  va  Qo'qonda 

yuz  bergan  voqealar  milliy-ozodlik  harakatini  butunlay  boshqa  yo'nalishdan  ketishga  majbur 

qildi. 1917-yil 26-28 - noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 - dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston 

o'lka  musulmonlarining  favqulodda  IV  qurultoyi  bo'lib  o'tdi.  Qurultoyining  butun  tafsilotlari 

o'sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo'yilgan. 

Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 

kishi)  imzolagan  maxsus  Murojaatnoma  e'lon  qilindi.  Ushbu  Murojaatnomada  Turkistondagi 

barcha  aholi:  irqi,  millati,  dini,  jinsi,  yoshi  va  siyosiy  e'tiqodlaridan  qat'iy  nazar,  yakdillik  va 

hamjihatlikka da'vat etilgan edi. 

Afsuski, o'lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo'lgan Turkiston Muxtoriyatining 

faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Toshkent soveti bolsheviklari unga katta xavf deb qaradilar. 

“Ulug' Turkiston” gazetasi chuqur qayg'u bilan xabar berganidek, “20(7)- fevral Ho'qand 

(Qo'qon)  tarixining  eng  dahshatli  kuni  edi.  Armanilar  ayricha  faoliyat  ko'rsatganlar...”. 

Gazetadagi ushbu maqola “Ho'qand hozir o'liklar shahri” degan dahshatli ibora bilan tugaydi. 

Nihoyat,  1918-yil  22(9)  -  fevralda  Qo'qon  shahridagi  Rus-Osiyo  banki  binosida 

bolsheviklar  tomonidan  tayyorlangan  “Tinchlik  shartnomasi”  imzolandi.  Ushbu  shartnomaning 

ikkinchi  moddasida:  “Aholi  o'lka  Xalq  Komissarlari  Soveti  hokimiyatini  va  barcha  mahalliy 

sovet  tashkilotlarini  tan  oladi”,  deb  yozilgan  edi.  Ha,  o'qqa  tutilgan,  o'ldirilgan,  talangan  va 

                                                           

1

 Ражабов Қ., Ҳайдаров М. Туркистон тарихи.–Т.:Университет,2002.–Б.63. 



2

 Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти. – Т.: Маънавият, 2000. –Б.44. 

3

 Зиёева Д.Туркистон миллий озодлик ҳаракати.–Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 



2000.–Б.49. 

4

 Дўстқораев Б.Туркистоннинг идора усули қандай бўлмоғи керак эди? // Жамият ва бошқарув. 1997. –№2. –



Б.13-17. 


 

 

16 



16 

tahqir  etilgan  qo'qonliklarning  tirik  qolgan  qismi  sovet  hokimiyatini  tan  olishga  majbur  bo'ldi. 

Zo'ravonlik  va  xalqlarni  ezishga  qaratilgan  sovet  rejimi  o'zining  ilk  kunlaridan  boshlab 

Turkistondagi  tub  xalqlarga  nisbatan  mustamlakachilik  siyosatini  yuritdi.  Rossiyaning 

mustamlakachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Xalq Komissarlari 

Soveti o'zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli hukumat edi. Turkiston 

XKS  tarkibiga  kirgan  15  ta  komissarlik  o'lkaning  boshqaruv  ishlarini  butunlay  qamrab  olgan. 

O'lkada  o'rnatilgan  sovet  boshqaruv  tizimining  o'ziga  xos  va  farqli  tomoni  shundaki,  u  tashkil 

topgan zahotiyoq Rossiyadagi markaziy hukumat bolsheviklarni tan oldi

1



1917-yil  23-noyabrda  Turkiston  o'lkasidagi  yangi  hukumat  aholiga  qilgan  murojatida 

o'zining maqsadlarini  yashirib  o'tirmadi.  Murojaatda quyidagi fikrga alohida urg'u berilgan edi: 

“Xalq  Komissarlari  Soveti  Markaziy  hokimiyatning  barcha  dekretlarini  og'ishmay  amalga 

oshiradi  va  o'z  faoliyatida  butun  Rossiya  sovetlar  s'yezdining  qarorlariga  amal  qiladi.  Bu 

topshiriqlarni bajarish  yo'lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko'rish 

bilan kutib olinadi”. 

Demak,  Turkiston  XKS  o'z  faoliyatining  birinchi  kunlaridan  boshlab  sovet  siyosatini 

amalga oshirishga, Turkiston o'lkasida sovet rejimini mustahkamlashga jon-jahdi bilan kirishdi. 

Turkistonda  bolsheviklar  asos  solgan  sovet  rejimi  chorizmning  mustamlakachilik 

siyosatidan  oshib  tushdi.  Turkiston  o'lkasi  ikkinchi  marta  Markaziy  Rossiyaga  siyosiy  va 

iqtisodiy jihatdan qaram bo'la boshladi. 

O'lkada  hokimiyatning  faqat  ishchilar  va  yevropalik  unsurlar  qo'lida  bo'lib  qolishi 

Turkistondagi  barcha  demokratik  kuchlarning  yangi  hukumatga  bo'lgan  ishonchsizligini 

kuchaytirib  yubordi.  Bolsheviklar  va  so'l  eserlar  Turkiston  Muxtoriyati  hukumatini  ag'darib, 

mamlakat  aholisining  o'lkani  boshqarishga  bo'lgan  qonuniy  huquqini  inkor  qilib,  hokimiyat 

to'g'risidagi  masalani  kelishib  hal  qilish  imkoniyatini  yo'qqa  chiqardi  va  shu  bilan  Turkiston 

siyosiy hayotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qo'ydi

2



Markazdagi  bolsheviklar  hukumati  Turkistonda  qattiq  o'rnashish  uchun  Moskvadan 

ko'plab  partiya  va  sovet  xodimlarini  Turkiston  o'lkasiga  yubordi.  Leninning  buyrug'i  bilan 

bolshevik  P.  A.  Kobozev  Turkistonning  favqulodda  komissari  qilib  jo'natildi.  1918-yil  10-

apreldan boshlab u Turkiston o'lkasining amaldagi xo'jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini 

o'z qo'lida saqlashga harakat qildi. 

1918-yil  17-25-iyunda  Toshkentda  bo'lib  o'tgan  Turkiston  bolsheviklarinnig  o'lka 

konferensiyasi  Turkiston  kommunistlar  (bolsheviklar)  partiyasining  1-s'yezdi  deb  nomlandi. 

Unda  o'lkadagi  kommunistik  guruhlar  ilk  marta  tashkiliy  jihatdan  rasmiylashib,  Turkiston 

Kompartiyasiga  (RKP(b)  tarkibida)  birlashdilar.  Kommunistlarning  miqdori  2000  kishidan 

oshmas  edi.  S'yezdda  I.Tobolin  raisligida  7  kishidan  iborat  Markaziy  Komitet  saylandi,  uning 

tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo'jayev ham kiritildi

3



“Temir qonun”, “po'latdek kuchli intizom”, “diktatorlik vakolatlari” kabi sinfiy xislatlarni 

o'zida  jamlagan  Turkiston  Kompartiyasi  RKP(b)ga  bo'ysunar  edi.  Markaz  bolsheviklari  bergan 

har qanday topshiriq so'zsiz  ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va 

iqtisodiy qaramligi mustahkam asosda yo'lga qo'yildi. 

Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar o'lkaning keyingi taqdirida 

o'ta  salbiy  rol  o'ynadi

4

.  Masalan,  Turkiston  Muxtoriyati  hukumatini  tor-mor  qilishda  faol 



                                                           

1

 Турсунов Х. ХХ аср бошларидаги миллий матбуотдаги Туркистондаги ижтимоий-иқтисодий ҳаёт 



масалалари // O’zbekiston tarixi. 2007. –№1. –Б.45-48. 

2

 Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиёсати/ Алимова Д таҳрири остида.–



Т.:Шарқ, 2000.–Б.69. 

3

  Qosimov B. O’zbek adabiyoti va adabiy aloqalar tarixi. –T.: Fan va texnologiya, 2008.–B.160. 



4

 Тиллабоев С. Россия империясининг Туркистонда маъмурий-ҳудудий бошқарув тизимидаги сиёсатининг 

баъзи хусусиятлари // O’zbekiston tarixi. 2005. –№3. –Б.73-79. 

 



 

 

17 



17 

qatnashgan arman dashnoqlari partiyasining yo'lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning 

aytishicha, ular og'ir vaziyatlarda “Dashnoqsutyun” partiyasining yordamiga suyanishgan edi. 

Bolsheviklar  tomonidan  “Sovet  Turkistoni”ga  aylantirilayotgan  mintaqada  hokimiyatni 

siyosiy  markazlashtirish  borasidagi  harakat  kuchaydi.  Turkistonda  Markazning  siyosiy 

hukmronligi  boshqaruv  tizimi  orqali  shakllandi  va  izchillik  bilan  amalga  oshirishga  kirishildi. 

Shunday  qilib,  sovetlarning  V  s'yezdi  Turkistonni  Rossiya  tarkibidagi  o'lka  sifatida  e'lon  qilib, 

davlat  boshqaruvi  va  xalq  xo'jaligi  sohasidagi  siyosatini  markazdagi  bolsheviklar  hukumati 

belgilashini  “qonuniy  akt”  bilan  muhrlagan  bo'lsa,  o'lka  bolsheviklarining  I  s'yezdi  ham 

Rossiyaning  partiyaviy,  g'oyaviy  va  nazariy  hukmronligini  tan  olib,  shimoldagi  bu  davlat  qo'l 

ostida bo'lishni yoqlab chiqdilar. 

1918-yilning  ikkinchi  yarmida  Turkistondagi  sovet  hokimiyati,  aslini  aytganda,  qil  ustida 

turib  qoldi.  Farg'ona  vodiysida  boshlangan  istiqlolchilik  harakati  butun  Turkistonni  qamrab 

olgan  edi.  Lekin  bolsheviklar  tashviqoti  ro'y  berayotgan  hodisalarning  asl  mohiyatini  o'lka 

aholisiga  buzib  ko'rsatardi.  Oqibatda  mahalliy  aholining  bir  qismi  sovet  hokimiyatini 

mustahkamlash uchun bo'layotgan kurashga tortildi. Sovet rejimi milliy o'lkalarda o'z siyosatini 

amalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bo'lgan. 

1919-yil mart oyida Turor Risqulov

1

 (1894—1938) Turkiston o'lkasi Musulmonlar byurosi 

(a'zolari  -  Nizomiddin  Xo'jayev,  Abdulqodir  Muhitdinov,  Y.Ibrohimov,  Yusuf  Aliyev, 

Afandizoda  va  boshqalar)  tuzildi.  Musulmonlar  byurosi  zimmasiga  tub  aholi  o'rtasida  ish  olib 

borishni  tashkil  etish  vazifasi  yuklatildi.  Musulmonlar  byurosiga  “Ishtirokiyun”  (hozirgi 

“O'zbekiston ovozi”) gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi ham topshirildi

2



Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoliyati davrida o'lka miqyosida musulmon 

kommunistik tashkilotlari faoliyatini  yo'lga qo'yishga, katta tashkiliy ishlarni amalga oshirishga 

erishdi. U Turkistondagi tub xalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. 

Turkiston respublikasidagi bolshevistik rahbariyat o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro kurash 

qizib  ketdi.  Guruhbozliklar,  mojarolar  va  janjallar  avjga  chiqdi.  1918-yil  oktabr  oyida  F. 

Kolesov, I. Tobolin, A. Solkin va boshqa “Eski kommunistlar” o'z vazifalaridan chetlashtirildi. 

1918-yil  oktabrda  bo'lib  o'tgan  sovetlarning  favqulodda  VI  s'yezdida  RSFSR  Konstitutsiyasi 

asosida  Turkiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  Konstitutsiyaga  ko'ra,  mudofaa, 

tashqi  aloqalar,  pochta-telegraf,  dengiz  ishlari,  temir  yo'llar,  bojxona,  savdo-sotiq,  sanoat  va 

moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida 

qoldirildi.  Shunday  qilib,  Turkistondagi  siyosiy  hukmronlik,  birinchidan,  o'lkada  “sovetcha 

andozadagi  avtonomiya»ning  o'rnatilishi  bilan  yo'lga  qo'yilgan  bo'lsa,  bu  jarayonning  ikkinchi 

bosqichi,  davlat  boshqaruvi  asosiy  funksiyalarining  federal  hukumatga  topshirilishini 

konstitutsiya yo'li bilan “Qonuniy” rasmiylashtirilishi bo'ldi. 

1919-yil  19-yanvarda  harbiy  komissar  K.  Osipov  boshchiligida  isyon  ko'tarildi.  Ular  14 

komissarni  otib  tashlashdi.  K.  Osipovning  xalqqa  qilgan  murojaatida  ko'plab  va'dalar 

berilganligiga  qaramay,  tub  aholi  betaraf  qoldi.  Biroq  isyon  tezda  Toshkent  temir  yo'l 

ustaxonalari  ishchilari  va  boshqa  kuchlar  tomonidan  bostirildi.  Osipov  Farg'ona  vodiysiga 

qochib ketdi. To'ntarishga bo'lgan urinish  yangi qatag'on va terror usullarining paydo bo'lishiga 

olib keldi. 

O'lka bolsheviklari 1919-yil mart  oyi  boshida so'l  eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. 

Turkiston MIK va XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi

3



Markaz  bolsheviklari  Turkistonning  siyosiy  va  iqtisodiy  qaramligini  huquqiy  yo'l  bilan 



“Qonuniy” mustahkamlagach, o'lkani boshqarish uchun Markaz manfaatlarining so'zsiz ijrochisi 

                                                           

1

 Зиёева Д.Туркистон миллий озодлик ҳаракати.–Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 



2000.–Б.49. 

2

 Мустақил Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида. 2-китоб. –Т.: Шарқ, 2000. – 



Б.78 

3

 Қосимов А., Қосимов М. Истибдод инқирози ёхуд ортда қолган коммунизм.–Қарши.: Насаф,2009.–Б.149 




 

 

18 



18 

bo'lgan o'z komissarlarini jo'nata boshladi

1

. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik bog'lanib turgan 



qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday komissarlar 

yuborishni muntazam yo'lga qo'ydi. 

1919-yil  12-fevralda  RKP(b)  MK  va  RSFSR  XKS  ning  Turkiston  ishlari  bilan 

shug'ullanuvchi  alohida  muvaqqat  komissiyasi  (raisi  -  Sh.  Z.  Eliava)  tuzildi.  Komissiya 

a'zolaridan  P.  Kobozev  boshchiligidagi  bir  guruh  xodimlar  4-mart  kuni  Toshkentga  yetib 

kelishdi.  Kobozev  sovetlarning  favqulodda  VII  s'yezdida  (1919-yil  mart)  shunday  da'vo  qilgan 

edi:  “RSFSR  hukumatining  qabul  qilgan  har  bir  qonuni  MIK  tomonidan  Turkistonda  so'z  siz 

amalga oshirilishi shart”. 

Markazdan  kelgan  bolsheviklar  bilan  Turkistondagi  sovet  amaldorlari  o'rtasida  hokimiyat 

uchun kurash qaytadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIII s'yezdida (1919-yil 6-

sentabr  -  3-oktabr)  yaqqol  namoyon  bo'ldi.  A.  Kazakov  boshchiligidagi  Turkiston  MIK  raisi 

bilan  Markaz  vakili  P.  Kobozev  o'rtasida  hokimiyat  uchun  bo'lgan  kurashda  Kobozev  zo'rg'a 

g'olib  chiqdi.  Tub  xalqlarga  nisbatan  shovinistik  munosabatini  oshkora  namoyish  qilgan 

A.Kazakov va o'rinbosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari o'z lavozimlaridan olib tashlandi. A. 

Kobozev Turkiston MIKning yangi raisi I.Apinga mustamlakachilik siyosatini o'ta noziklik bilan 

yuritish, tub xalqlarning manfaatlariga oshkora qarshi chiqmaslik xususida ko'rsatmalar berdi

2



  Turkiston musulmonlarining birinchi siyosiy partiyasi - Turkiston federalchilar partiyasi, 



ya'ni  "Turk  odami  markaziy  federalist  firqa"si  ham  mana  shu  siyosiy  masalalarga  o'z 

munosabatini  belgilab  oldi.  Uning  dasturida  ham  Turkistonda   milliy-  hududiy     muxtoriyat   

tamoyillari   negizida    demokratik   respublika  tuzipi  g'oyasi   chuqur  asoslangan  edi. 

Fevral voqealari o'lkadagi  jadidlar  oqimi  faoliyatini  ham  jadallashtirdi.  Masalan,  Buxoro 

jadidlari  o'rtasida  keskin  ajralish  yuz  berdi,  «Yosh  buxoroliklar»  partiyasi  shakllandi  (bu  oqim 

1908  yilda  Buxoro  jadidizmni   harakati  sifatida  paydo   bo'lgan).  Ular  amirning  cheklanmagan  

hukmronligiga qarshi  oshkora chiqa  boshladilar.  Fevral  inqilobidan  keyin  tuzilgan  muvaqqat  

hukumat  Buxoro  amirligiga  nisbatan  ikkiyoqlama  siyosat  olib  bordi:  bir  tomondan,  amirni 

qo'llab-quvvatladi,  ikkinchi  tomondan,   islohot   o'tkazish  zarurligiga  sha'ma qildi,  bunga  amir 

rozilik  berdi.  1917  yil  7  aprelida  Buxoroda islohot o'tkazish to'g'risidagi  bayonnoma 

ham e'lon qilindi.  Shu  munosabat  bilan  «Yosh  buxoroliklar»  1917  yilning  9  aprelida  namoyish 

uyushtirdilar. Ular "Yashasin   islohot", "Yashasin  hurriyat, konstitutsiya, matbuot erkinligi va  

mustaqil  maktab"  degan  shiorlar  bilan  amir  saroyiga    yo'l  oldilar. Biroq,  reaksion  kuchlar 

qatnashchilarni   yo'q   qilishga  kirishdilar.  Ta'qiblar  natijasida  «Yosh  buxoroliklar» 

yangi Buxoroga ko'chdilar va shu yerda ularning safida ajralish ro'y berdi. O'ng va so'l qanotlar 

paydo  bo'ldi.  O'nglar  M.Mansurov  boshchiligida(ularning  ko'pi  savdogar  doiralarining  vakillari 

edi)  amir  bilan  muzokaralar  olib  borish  yo'li  bilan  kelishishni  yoqlab  chiqdilar.  Ammo 

muvaffaqiyatsizlikdan  so'ng ularning    ko'pi «Yosh buxoroliklar» tashkilotidan chiqdilar. So'llar 

esa  (Abdurauf  Fitrat,  Fayzulla  Xo'jaev,  Muso  Saidjonov  va  boshqalar)  "viloyatlarda 

partizanlarning chiqishlarini tashkil etish" yo'li bilan qurolli qo'zg'olon tayyorlash imkoniyati bor 

deb  hisoblashdi.  Bunda  ular  dehqonlar  ishtirokida,  Muvaqqat   hukumat,  Turkiston   o'lka 

organlari va ishchi hamda soldat deputatlari Sovetlari vakillarining yordamiga umid  qilishardi.  

Biroq,  Muvaqqat   hukumat,  ishchi  va  soldat  deputatlari  Sovetlari  vakillarining  amir  hukumati 

bilan  kelishuvi,  dehqonlar  ommasining  passivligi  ularni  faol    kurashga     o'tishga  imkon 

bermadi

3



                                                           

1

 Мустабид тузумнинг Ўзбекистон миллий бойликларини талаш сиёсати/ Алимова Д таҳрири остида.–



Т.:Шарқ, 2000.–Б.69. 

2

 Мустақил Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида. 2-китоб. –Т.: Шарқ, 2000. – 



Б.81. 

3

 Мустақил Ўзбекистон тарихи. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида. 2-китоб. –Т.: Шарқ, 2000. – 



Б.79 


 

 

19 



19 

Amir  ta'qibining  ko'chayishiga    qaramay,  yosh  buxoroliklar    o'z  faoliyatini  davom 

ettirdilar. Ular butun kuch g'ayratini ikki vazifani  hal etishga: amaliy dasturni ishlab  chiqishga, 

tashkilotga  ishchilar,  hunarmandlar,  soldatlar  va  ayniqsa    dehqonlarni  iloji  boricha     ko'proq 

jalb  etish   maqsadida   aholi    o'rtasida  olib  boradigan  ish  usullarini   aniqlab  olishga  qaratdilar. 

Xorazmda  «Yosh Xivaliklar»  harakati ham  faollashdi (bu    harakat  1905  yilda Xiva jadidizmi 

bazasida  ijtimoiy-siyosiy oqim  sifatida  shakllangan).  Ular  siyosiy  partiyaga  aylanib, 

xon hokimiyatiga qarshi  ochiq    kurash    yo'liga  o'tdilar  va  inqilobiy  kayfiyatdagi  soldatlar 

bilan aloqa o'rnatdilar. Ular 1917 yil aprelida soldatlar yordamida Xivada namoyish o'tkazdilar. 

Yashasin  ozodlik,  adolat  va  tenglik  yashasin   qahramon  jangchilar,  "Yo'qolsin  Musatabidlik" 

shiorlari  bilan  xon  saroyi  tomon  chiqdilar. Ularning  talabi  bilan  xonning  "Bayonnoma"si  e'lon  

qilindi. Unda mamlakatda parlament  boshqaruvi joriy etilishi, parlament Oliy davlat  hokimiyati 

sifatida umumxalq ovoz berish  yo'li bilan shakllantirilishi e'lon  qilindi

1

.  



"Bayonnoma"  e'lon   qilingan  kunning  ertasiga  «Yosh  Xivaliklar»  markaziy  qo'mitasining 

majlisi bo'ldi,  uning  raisi qilib  Bobooxun  Salimov  saylandi  unda  majlis  deputatlari  saylovini 

tashkil  etish    haqida   qaror  qabul   qilindi.  Olis  rayonlarga  shu  xususdagi  maktublar  yuborildi, 

yirik shaharlarda esa  aholi o'rtasida inqilobiy g'oyalarni   targ'ib  qilish va saylov o'tkazish uchun 

tashviqotchilar  yuborildi.  Saylov  kompaniyasi  yakunlangach  majlis  barpo  etildi,  unga  joylarda 

saylangan 30 deputat «Yosh Xivaliklar» tashkilotining  hal qiluvchi ovozga ega  bo'lgan 5 vakil, 

partiya  markaziy  qo'mitasining  qolgan  a'zolariga  majlis  yig'ilishlarida  maslahat  ovozi  bilan 

qatnashish   huquqi  berildi  va  Turkmanlardan  7  deputat  kirdi.  «Yosh  Xivaliklar»ning  bo'linib 

ketgan  o'ng  qanoti  ularga  Islom   xo'ja   boshchilik   qilgan  savdo  sanoat  vakillarini  endigina 

tug'ulib kelayotgan kapitalist  va boylarni birlashtirib, xonga  qarshi suiqasd tashkil  qilish bilan 

shug'ullandi.  Fitnadan  xabar  topgan  xon  muvaqqat   hukumat  Turkiston  komiteti  vakillarining 

faol madadi bilan 1917 iyunda majlisni tarqatib yubordi va uning rahbarlarini qamoqqa oldi. Xon 

zulmining  kuchayishi  sharoitida  «Yosh  xivaliklar»  partiyasi  ochiq  faoliyat   ko'rsata  olmay  

qoldi.   Shu  sababli  uning  so'l  qanoati  (unga  Boboxon  Salimov  yetakchi,  hunarmandlar,    

dehqonlar,    o'rta   va   mayda   savdogorlar    va    aholi     boshqa   qatlamlari  vakillari  kirar  edi) 

yashirin  ishlash  yo'liga  o'tdi.  Ular  Gurlan,    Mang'it,   Qipchoq  va   boshqa  bekliklarda  partiya 

bo'limlari va yacheykalarini tashkil etishdi. Xullas, 1917 yil fevral inqilobi xalq orasida iliq kutib 

olinga bo’lsada xalqimiz siyosiy hayotida aytarli xech qanday ijobiy foyda keltirmadi. Aksincha 

sovet  istibdodining  kuchayishi  va  ko’plab  begunohlarning  behuda  qoni  to’kilishiga  sababchi 

bo’lgan. 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling