1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#200237
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida

1

 Аъзамхўжаев С. Туркистон Мухторияти. –Т.: Маънавият, 2000. –Б. 37 


 

 

22 



22 

Nikolayevich Shepkin (Kadet) etib tayinlangan edi. Turkqo’mita Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo

Kaspiyorti, Yettisuv viloyati, Xiva va Buxoro doirasida vakolatga ega bo’lgan

1

.  



  Turkqo’mitaning  tarkibi  9  kishidan  iborat  bo’lib,  5  nafari  –  A.  L.  Litevskiy,  P.I. 

Priobrajenskiy,  O.A.  Shkapskiy,  B.S.Yelpatyevskiy,  N.  Shepkinlar  umumrus  siyosiy 

partiyalarining  vakillari,  4 nafari Davlat dumasi  1-chaqiriq a’zosi  Alixon  Bukeyxonov (qozoq), 

Davlat dumasining 2-chaqiriq azosi Muhammadjon Tinishboyev (qozoq) Davlat Dumasining 3-

chaqiriq  azosi  Sadri  Nizomovich  Maqsudov  (tatar)  va  general  mayor  Abdulaziz  Azizovich 

Davletshin (tatar)lar turkiy millat vakillari edi. Aftidan ularni Turkqo’mita tarkibiga kiritish bilan 

muvaqqat  hukumat  mahalliy  aholi  manfaatlarini  hisobga  olganliklarini  ko’rsatib  qo’ymoqchi 

bo’lganlar. 

  Bundan  tashqari  Turkiston  o’lkasida  o’zlarini  xalq  hokimyatining  birdan-bir  ishonchli 

vakili deb hisoblovchi turli millat vakillaridan iborat o’lka ijroiya qo’mitalarining syezdi bo’lib 

o’tib  (1917  yil  9-17  aprel),  unda  74  jamoatchilik  tashkilotidan  171  delegat,  yevropalik  aholi 

vakillaridan  99,  mahalliy  millat  vakillaridan  72  kishi  ishtirok  etdi.  Syezdda  davlat  taqdiri, 

hokimyat  masalasi,  muhtoriyat  masalalari  muhokama  qilindi.  M.  Cho’qayev  syezd  ishini 

xotirlab,  Qo’qondagi  o’qituvchilar  uyushmasi  raisi  L.S.  Nekora  nutqidan  quyidagi  parchani 

keltiradi:  “Inqilobni  rus  inqilobchilari,  rus  ishchilari,  rus  soldatlari  amalgam  oshirdi.  Shu  bois 

Turkistonda  boshqaruv  va  hokimyat  biz  –  ruslarga  tegishlidir.  Mahalliy  aholi  esa  biz  ularga 

nimani  bersak,  o’shanga  shukur  qilishlari  kerak”

2

.  Yuqorida  keltirilgan  fikrlardan  sezilib 



turibdiki  bolsheviklar,  kadetlar,  eserlar  partiyasi  hokimyatni  mahalliy  aholi  qo’liga  berib 

qo’ymoqchi emasdilar. Buni biz 1917 yil 15-22 noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan sovetlarning 

III  o’lka  syezdi  qarorlaridan  bilib  olishimiz  mumkin.  16  noyabrda  ushbu  syezdga  ular  bilan 

deyarli  bir  vaqtda  o’tayotgan  dehqon  deputatlari  syezdi  ham  qo’shildi  va  amalda  bolsheviklar 

bilan  so’l  eserlar  birlashishdi.  Natijada  syezdda  qabul  qilingan  deklaratsiyada  “Hozirgi  vaqtda 

musulmonlarni o’lka inqilobiy hokimyatining oliy tashkilotiga kiritish maqsadga muvofiq emas” 

ruhidagi  xulosaga  kelindi

3

.    Turkiston  o’lkasi  Xalq  komissarliklari  Kengashi  tarkibini 



shakllantirish jarayonida ham kengashga 8 so’l eser va 7 bolshevik hamda maksimalist kiritildi. 

Xalq  komissarlari  orasida  mahalliy  aholining  birorta  ham  vakili  yo’q  edi.  Bolsheviklarning 

bunday buyuk davlatchilik-shovinistik siyosati natijasida chorizm zamoniga nisbatan bir qadam 

orqaga  tashlandi.  Chunki  chorizm  zamonida  Turkiston  xalqlarining  vakillari  Davlat  Dumasiga 

saylangan  edilar.  Shu  tariqa  bolsheviklar  va  so’l  eserlarning  kelishuvi  asosida,  mahalliy 

aholining  amaliy  ishtirokisiz,  uning  fikri  va  manfaatlarini  hisobga  olmasdan  bolsheviklar 

hokimyati  o’rnatildi,  ya’ni  o’lka  siyosiy  hayotida  ko’ppartiyaviylik  asosida  boshqariladigan 

hokimyat  uchun  o’rin  qolgani  yo’q.  Umumrus  siyosiy  partiyalari  o’lka  mahalliy  aholisini  xalq 

sifatida,  millat  sifatida  mensimay  o’z  hokimyatlarini  o’rnatgan  bo’lsalarda  bizning  milliy 

demokratlarimiz  baynalminal  siyosat  olib  borib,  1917  yilning  26-29  noyabrida  Qo’qonda  o’lka 

musulmonlarining  IV  favqulodda  qurultoyida  Turkiston  o’lkasining  milliy  hukumatini 

baynalminal  tarkibda  tuzdilar.  Bu  hukumatning  Muvaqqat  kengashi  tarkibi  12  kishidan  iborat 

bo’lib, 4 o’rin yevropa millati vakillariga, Turkiston xalq (milliy) Majlisining tarkibi 54 kishidan 

iborat  bo’lib,  18  o’rin  yana  yevropalik  millat  vakillariga  berilgan  edi.  Ushbu  Milliy  Majlis 

a’zolaridan  biri  Namanganlik  peshqadam  taraqqiyparvar  ulamolardan  biri  Nosirxonto’ra 

Kamolxonto’rayev edi

4



1917  yil  voqealari  Vatanimiz  tarixida  qora  kunlardan  biri  sanalsada,  aslida  istiqlolchilik 



harakatining  boshlanishi,  o’zbek  xalqining  mustaqillik  uchun  kurashini  boshlangan  kun  deb 

hisoblanadi.  Chunki  Turkiston  o’lkasi  mahalliy  aholisining  orzu-umidlari  Rossiya 

                                                           

1

 Аъзамхўжаев С. Туркистон Мухторияти. –Т.: Маънавият, 2000. –Б. 41 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling