1990-yillardagi Yaponiyaning siyosiy madaniy va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi mundarija: kirish I bob. 1990-yillardagi yaponiyaning siyosiy madaniy va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi
Download 69.33 Kb.
|
1990 YILLARDAGI YAPONIYANING SIYOSIY MADANIY VA IJTIMOIY IQTISODIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi obekti
- I BOB. 1990-YILLARDAGI YAPONIYANING SIYOSIY MADANIY VA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHI Meydzi inqilobi sabablari.
Ushbu kurs ishining maqsadi mavzuni to‘liq ko‘rib chiqish, o‘sha davr tarixini o‘rganish, shuningdek olingan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlashdir. Yaponiyada shogunat hokimiyatining zaiflashishi va Meiji tiklanishidan boshlab, birinchi yapon Konstitutsiyasining yaratilishigacha bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatish kerak.
Ishning maqsadiga asoslanib, quyidagi vazifalarni aniqlash mumkin: Meydzi inqilobini ko‘rib chiqish Meydzi davridagi asosiy islohotlarni ta'kidlash 1889 yilgi Konstitutsiyani tahlil qilish Kurs ishi ob'ekti XIX asr oxiridagi Yaponiya davlati va huquqidir. Ishda qo‘llaniladigan tadqiqot usullari: tahlil, sintez, umumlashtirish, tarixiy usul. Kurs ishi tarkibi kirish, 3 bob va pharagirflar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. I BOB. 1990-YILLARDAGI YAPONIYANING SIYOSIY MADANIY VA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHI Meydzi inqilobi sabablari. 1868-yilda Yaponiya tarixida juda muhim tub burilish bosqichi boshlandi. Shu yilda bo‘lib o‘tgan voqea “Meydzining qayta tiklanishi”, yoki “Meydzi-isin” deb nomlandi. Ularning dastlabki siyosiy natijasi syogunning ag‘darilishi va mutlaq monarxiya shaklidagi yapon imperatori hokimiyatining qayta tiklanishi bo‘ldi. Bu voqealar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nodagi burjua inqilobiga bo‘lib o‘tmadi. Yaponiyada bu vaqtda burjua inqilobi maqsadlarini himoya qilishga, jumladan feodalizmni, mutlaq hokimiyatchilik rejimini va boshqalarni tugatishga qodir bo‘lgan burjuaziya ham, boshqa siyosiy kuchlar ham yo‘q edi. “Meydzining qayta tiklanishi” o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua inqilobining dastlabki bosqichi talablariga mos keladi. Bu talablar Yaponiyaga g‘arb kapitalining kirib kelishi ta’siri ostida kuchaygan feodal millatchilikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qolgandi. 1865-yilda Angliya va keyin AQSh “Yaponiyani ochishga” va uni o‘zlarining Uzoq Sharqdagi mustamlakachilik siyosatlarida oldingi punktga aylantirishga intilib, “kanonerka3 siyosati” yordamida syogunni tengsizlik shartlaridagi savdo shartnomalarini ratifikatsiya qildirishga erishganlar. Bu shartnomalarga binoan “quyosh botuvchi mamlakat” savdo munosabatlarida yarim mustamlaka Xitoyga tenglashtirilgan edi.1 Yaponiyaning o‘z mustaqilligini yo‘qotish havfi milliy harakatni tezlashtiruvchi turtki bo‘ldi. Bu harakat hukmron doiralar, samuraylar – “dvoryan inqilobchilar” ning “mamlakatni tiklash va birlashtirish”, uni mustaqil va erkin yashashini ta’minlay oladigan kuchli markazlashgan davlat tashkil qilish zarurligini tushunib yetishi darajasiga qarab rivojlanib bordi. Mamlakat birligiga va kuchli markazlashgan davlat barpo qilishga erishishning yagona yo‘li – burjua xarakteridagi islohotlar o‘tkazish edi. Yaponiyada XIX asrning 60-yillari oxirida syogun va imperator tarafdorlari o‘rtasida boshlangan kurash islohotlar o‘tkazish kerakmi yoki yo‘qmi degan masala bilan emas, bu islohotlarni kim o‘tkazadi, degan masala bilan bog‘liq edi. Syogun hokimiyatini yo‘q qilish va imperator hokimiyatini tiklash shiorlari islohotchi kuchlarni birlashtiruvchi umumiy g‘oyaviy platforma bo‘lib qoladi. Bu shiorlar an’anaviy diniy asoslarga tayandi. Bunda bakufuga qarshi diniy mafkura muhim o‘rin tutdi: buddizm – syogunning dini imperatorni ilohiylashtiruvchi yaponlarning qadimiy dini – sintoga qarama-qarshi qo‘yildi. Samuraylarning uzoqni ko‘ra bilgan doiralari yaponlarni tashqi xavfga qarshi birlashtira oladigan yagona tayanch – bu imperator taxti, imperator shaxsi ekanligini tushunib etgandilar. Yaponiyada aynan shu vaqtda “tennoizm” vujudga kelganligi ham bejiz emas edi. Tennoizmning joriy qilinishi yaponlarning din erkinligi an’analarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishni anglatardi, chunki yaponlar, ma’lumki, turli dinlarning xudolariga sig‘inardilar.2 Hukmron doiralar tennoizmdan xalq ommasini mafkuraviy bo‘ysundirish quroli sifatida foydalanganlar. Tennoizm nafaqat Yaponiyaning milliy vazifalarini hal qilishga, balki Yaponiyaning keyingi agressiv tashqi siyosatiga ham xizmat qilgan. Yaponiyada 1868-yilgi davlat to‘ntarishi tinch yo‘l bilan, qon to‘kilmasdan amalga oshirildi. “Guruch isyonlari” deb nom olgan dehqonlarning chiqishlari 1866-yildayoq tinchib qolgan edi. Xalqning 1867-1868 yillardagi norozilik chiqishlari Yaponiya uchun an’anaviy xarakterdagi diniy marosimlarga oid namoyishlar va turli raqs o‘yinlari edi. Bunday chiqishlar ko‘pincha hukmron doiralar tomonidan go‘yoki “ikkita xalq noroziligini chiqarish” uchun sahnalashtirildi. Oxirgi syogun Keyki yakka hokimlik “hozirgi yuzaga kelgan vaziyatda zaruriy shart” deb ixtiyoriy ravishda taxtdan voz kechdi. Tarixchilar ta’riflaganidek, “bir lahzali fuqarolar urushi” alanga olmay juda tez bostirildi. Bu urush faqat syogunning imperatorga bo‘ysunishdan bosh tortganligi munosabati bilan samuraylarning qisqa vaqt to‘qnashuvidan iborat bo‘lgan edi. Imperatorni mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham siyosiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydiganlarning soni kundan-kunga ko‘payib bordi. Masalan, Janubiy-G‘arbiy knyazliklarning deyarli barcha mustaqil daymyolari o‘zlarining o‘sha vaqtdagi zamonaviy qurol-yarog‘lari va qo‘shinlari bilan imperator tomonida turib kurashdilar. Angliya va AQSh bilan ham ochiqdan-ochiq harbiy to‘qnashuv bo‘lmadi. Yapon hukmron doiralari tez orada g‘arbning to‘p-zambaraklari ostida “varvarlarni haydash” uchun kurashdan voz kechdilar. Yaponiyada siyosiy beqarorlikning kelib chiqishidan g‘arb mamlakatlari ham manfaatdor emas edilar. Chunki ular Xitoydagi singari xalq qo‘zg‘olonlari keltirib chiqargan ofatlar va vayronagarchiliklarning takrorlanishini hech istamasdilar. Shu sababli ular tez orada ilgari syogun tomonidan olgan tayanchni imperator tomonidan ham hosil qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Yaponiyadagi islohotlar britan missiyasining bevosita ishtirokida o‘tkazilganligi ham tasodifiy emas edi.3 Shunday qilib, Yaponiyaning hukmron doiralari ushbu o‘ziga xos “yuqoridan turib amalga oshirilgan inqilob” da, ya’ni islohotlar o‘tkazish davomida ikkita vazifani, birinchidan, mamlakat suverenitetini himoya qilishdan iborat umummilliy vazifani va ikkinchidan, xalq harakatlarini inqilobiy kurashlardan islohotlar yo‘liga burishga qaratilgan ijtimoiy vazifani hal qildilar. Dastlab Yaponiyada hokimiyat imperatorga tegishli edi. Biroq, o‘zining zaif harbiy qudrati tufayli imperatorlik nasli urush olib borish uchun kuchliroq nasllardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Qo‘shinlar boshida Shogun turardi. XII asrga kelib imperator hokimiyati shunchalik zaiflashdiki, mamlakatni Shogun boshqargan. Shogun aslida Yaponiya hukmdori bo‘lgan bo‘lsa - da, qonuniy emas. Shu sababli, imperator (bosim ostida) Shogun unvonini vaqtinchalik harbiy unvondan mamlakat harbiy hukmdori unvoniga aylantiradi. Ya'ni, shu paytdan boshlab haqiqiy hokimiyat Shogun (qo‘mondon) qo‘lida edi - ijro etuvchi, ma'muriy, fiskal va Qonunchilik funktsiyalarini nazoratsiz amalga oshirgan davlat boshqaruvining butun apparati bosh qo‘mondoni va boshlig‘i bo‘lgan eng yuqori mansabdor shaxs. 1192-yildan inqilobgacha Shogun Yaponiyani boshqargan. Shogun lavozimini har qanday ilg‘or islohotlarga qarshi bo‘lgan mamlakatning eng boy feodal klani - Tokugava uyi vakillari egallagan. "XIX asr o‘rtalarida Yaponiyada deyarli har uchdan biri hokimiyatdan norozi edi." Download 69.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling