1990-yillardagi Yaponiyaning siyosiy madaniy va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi mundarija: kirish I bob. 1990-yillardagi yaponiyaning siyosiy madaniy va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi
Download 69.33 Kb.
|
1990 YILLARDAGI YAPONIYANING SIYOSIY MADANIY VA IJTIMOIY IQTISODIY
II BOB. MYDZI BURJUA ISLOHOTLARI.
2.1. Hukumat islohoti Yaponiyaning an'anaviy siyosiy madaniyatining g‘arbdan bir qator holatlar tufayli olingan institutlar bilan o‘zaro ta'siri Yaponiyaning eng siyosiy tizimiga o‘ziga xos xususiyat berdi. Yaponiya monarxiyasi tarixchilar va huquqshunoslar tasavvur qilganidek, na absolyutistik monarxiya, na konstitutsiyaviy monarxiya edi. U byurokratik monarxiya elementlarini qadimgi teokratik monarxiyani saqlab qolish tendentsiyasi bilan birlashtirdi, unda monarx siyosiy irodali suveren emas, balki birinchi navbatda siyosiy tizimni muqaddas xarakter bilan ta'minlaydigan va siyosiy qarorlarni qonuniylashtirish funktsiyasini bajaradigan eng yuqori ma'naviy hokimiyatdir.8 1868-yil 6-aprelda imperatorning qasamyodida e'lon qilingan yangi Yaponiyaning siyosiy yo‘nalishi kelajakdagi o‘zgarishlarning asosi bo‘ldi. Ushbu qasamyodning asosiy g‘oyasi shundan iborat ediki, bundan buyon "...barcha davlat ishlari jamoatchilik fikriga muvofiq hal qilinadi" va "adolatli qonunlar asosida" va hukmdorlar (boshqarilganlar singari)"o‘zlarini xalqqa xizmat qilishga bag‘ishlashlari kerak". "shaxsiy tadbirkorlik va faollikni namoyish etish"imkoniyati. Shunday qilib, imperatorning qasamyodida kelajakdagi parlament tizimining konturlari qo‘yildi. Ushbu hujjatning amalda amalga oshirilishi 1868-yil 17-maydagi davlat tuzilishi to‘g‘risidagi farmon bo‘lib, unda imperatorning qasamyodi to‘liq, birinchi modda shaklida kiritilgan. Ushbu farmonga binoan hokimiyat ikki bosqichli tuzilishga ega bo‘lgan va maslahat kengashi va bir qator idoralardan iborat bo‘lgan davlat kengashi qo‘lida to‘plangan. Haqiqiy hukumat organi ikki palatali maslahat kengashi edi. Uning yuqori palatasi mamlakatning eng yuqori mansabdor shaxslaridan - imperator familiyasi a'zolari, "kuge" va janubi-g‘arbiy knyazliklar vakillaridan iborat edi. Ular qonunlarni ishlab chiqish, oliy sud hokimiyatini amalga oshirish, eng muhim siyosiy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanishgan. Quyi palata mamlakat ma'muriy birliklari vakillaridan iborat edi. Maslahat organi sifatida ushbu palata uzoq davom etmadi, ammo keyinchalik uning tajribasi asosida Yaponiya parlamentining quyi palatasi tashkil etiladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, yangi davlatchilikning birinchi bosqichida "qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro etuvchi funktsiyalarga ega bo‘lmasligi kerak va ijro etuvchi hokimiyat Qonunchilik funktsiyalariga ega bo‘lmasligi kerak"formulasi bilan ifodalangan hokimiyatni taqsimlash printsipi joriy etildi. Mamlakatda hokimiyatni markazlashtirish maqsadida yangi hukumat farmonlari bilan yirik feodallarning "daimyo" hokimiyati cheklandi: Markaziy hukumatning roziligisiz ular endi tanga zarb qila olmadilar, chet elliklarni xizmatga jalb qila olmadilar va hokazo. Shunday qilib, Mydzidan keyin markazdan mustaqil knyazliklarning mavjudligi imkonsiz bo‘lib qoldi. Shuningdek, amaldorlarning saylanishi va "rotatsiyasi" to‘g‘risidagi Nizom kiritildi. Markazlashgan hokimiyatning shakllanishi asta-sekin sodir bo‘ldi. 1868 yil may oyida knyazliklarda Markaziy hukumatning maxsus organlari o‘z vazifalarini bajarishni boshladilar, ular dastlab hukumat va mahalliy hokimiyat o‘rtasida vositachi sifatida harakat qilishdi. Shunga ko‘ra, hukumat davrida maxsus apparat tashkil etilgan bo‘lib, unga knyazliklarda vakolatli hukumatlar yopilgan. Meydzi liderlari “boy mamlakat va kuchli armiya barpo qilish” shiori bilan chiqqan edilar. Shu sababli yangi hukumat oldida zudlik bilan mamlakat iqtisodiy va harbiy mavqeini mustahkamlash vazifasi turardi. Bu siyosatni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam 1872-1873 yillaridagi agrar islohot bo‘ldi. Islohot muhim ijtimoiy oqibatlar keltirib chiqardi. Islohot o‘sha vaqtda vujudga kelgan yangicha er munosabatlarini tartibga soldi, erga nisbatan feodal huquqlarni tugatdi. Er begonalashtiriladigan kapitalistik mulkka aylandi. Undan foydalanganlik uchun davlat xazinasiga yagona er solig‘i olinadigan bo‘ldi. Agar yerlarni merosiy tartibda ushlab turuvchi dehqonlar ularni mulk sifatida olgan bo‘lsalar, ammo ijarachi dehqonlar erga nisbatan hech qanday mulk huquqini olmadilar. Garovga qo‘yilgan erga nisbatan mulk huquqi er kimga garovga berilgan bo‘lsa, o‘shanga o‘tdi. Dehqonlardan jamoa erlari – yaylovlar, o‘tloqlar, o‘rmonlar, bo‘sh yotgan erlar ham olib qo‘yildi. Islohot, shu tariqa, er ijarasining tutqinlik shartlarini saqlanib qolishiga, dehqonlarni yanada ersizlanishiga, “yangi pomeshchik” er egaliklarining kengayishiga ko‘maklashdi. “Yangi pomeshchiklar” islohot bo‘yicha davlat, imperator mulki deb e’lon qilingan jamoa erlarining katta qismini sotib olgan yangi yer egalari edilar.9 Bu islohotning asosiy maqsadlaridan biri Yaponiyani “zamonaviy” davlatga aylantirish uchun, sanoatni modernizatsiya qilish va armiyani mustahkamlash uchun davlat xazinasiga zarur bo‘lgan mablag‘larni olish edi. Knyazlarga dastlab erdan olinadigan yillik yalpi daromadning 10 foiziga teng yuqori nafaqa o‘rnatildi. So‘ngra bu nafaqa kapitalga aylantirildi va knyazlar er uchun pul kompensatsiyasini (badal) oldilar. Bu kompensatsiya to‘lovlari hukumatning foizli obligatsiyalari shaklida berildi. Natijada yapon aslzodalari XIX asrning 80-yillarida bunday obligatsiyalar yordami bilan bank kapitalining katta ulushi egalari bo‘lib oldilar. Bu oqibatda ularning savdo-moliya va sanoat burjuaziyasining yuqori darajasiga o‘sib o‘tishiga ko‘maklashdi. Ilgarigi uezd knyazliklari bevosita markaziy hokimiyatga bo‘ysunadigan prefekturalar qilib qayta tashkil etildi. Knyazlar mahalliy joylarda erga nisbatan feodal huquqlari bilan birga siyosiy hokimiyatdan ham mahrum etildi. Bunga 1871 yilgi ma’muriy islohot ham ko‘maklashdi. Ushbu islohotga binoan Yaponiyada 50 ta yirik prefekturalar tashkil qilindi. Prefekturalar tepasida markazdan tayinlanadigan va o‘z faoliyatlari bo‘yicha hukumat oldida qat’iy javob beradigan prefektlar turardi. Shunday qilib, feodallar separatizmi5 tugatildi, mamlakatning birlashtirilishi nihoyasiga etdi. Bu esa ichki kapitalistik bozorning rivojlanishidagi asosiy shartlardan biri edi. Agrar islohot “yangi pomeshchiklar” ning, yangi puldor aslzodalarning, ya’ni sudxo‘rlar, guruch olib-sotarlar, qishloq tadbirkorlari, erlarni amalda o‘z qo‘llarida to‘plab olgan qishloqning boyigan yuqori qismi – gasi va boshqa shu kabilarning mavqeini mustahkamlanishiga olib keldi. Ayni vaqtda islohot mayda er egalari – dehqonlarning manfaatlariga jiddiy zarba berdi. Yuqori er solig‘i (endilikda davlatning barcha daromadlarining 80 foizi ko‘pincha qiymati hosilning yarmigacha etadigan er solig‘idan tushardi) dehqonlarning ommaviy xonavayron bo‘lishiga, iqtisodiy majburlov vositalari yordami bilan ekspluatatsiya qilinadigan ijarachi dehqonlar sonining birdaniga o‘sib ketishiga olib keldi6. Islohot muhim siyosiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu vaqtda hali saqlanib qolgan pomeshchik er egaligi va yapon mutlaq yakkahokimiyatchiligi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq edi. Pomeshchik er egaligi faqat mutlaq yakkahokimiyatchilik davlatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab quvvatlashi hisobiga, xatto qishloq xo‘jaligining surunkali inqirozlari sharoitlarida ham, deyarli XX asrning o‘rtalariga qadar daxlsiz qolishi mumkin edi. Ayni vaqtda “yangi pomeshchiklar” mutlaq yakkahokimlik hukumatining o‘zgarmas tayanchi bo‘lib qoldilar. Yaponiyani g‘arb mamlakatlari tomonidan ekspansiya qilish xavfi bu erda “boy mamlakat, kuchli armiya” shiori ostidagi boshqa islohotlarning, jumladan, harbiy islohotlarning o‘tkazilishini ham taqozo qilardi. Bunda avvalo aholining quyi tabaqalarini harbiy xizmatdan chetlashtirishga qaratilgan eski printsiplarni tugatish lozim edi. 1878 yilda umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun qabul qilinib, amalga kiritildi. Bu qonunning qabul qilinishiga, birinchidan, samuray qo‘shinlarining tarqatib yuborilganligi, ikkinchidan, 1871 yilda “hamma tabaqalar tengligi” ning e’lon qilinganligi sabab bo‘ldi. Yaponiyada armiya garchand Evropadagi armiyalar namunasida tashkil qilingan bo‘lsa ham, biroq uning mafkuraviy asosini imperator – “tirik xudo”ga sig‘inish, “ofitser – askar otasi” deb qarash va hokazolardan iborat o‘rta asrlarga xos samuraylarning ahloqiy qoidalari tashkil qilgan. 1872 yilda shuningdek eski unvonlarining tugatilganligi haqida qonun qabul qilindi. Unda mamlakatning tabaqaviy bo‘linishi soddalashtirilib, aholi oliy aslzodalar (kidzoku) va qo‘yi dvoryanlar (sidzoku)ga bo‘lindi; aholining boshqa hammasi “oddiy xalq” tarkibiga kiritildi. “Tabaqalarning tengligi” harbiy maqsadlardan, aralash nikohlarga ruxsat berishdan, shuningdek aholining qolgan tahqirlangan kastalari (“eta”) huquqlarining rasman tenglashtirilishidan nariga o‘tmadi. Yangi armiyada ham ofitserlik lavozimlarini samuraylar egallab olgandi. Harbiy majburiyat umumiy bo‘lib qolmadi, undan pul to‘lab qutilish mumkin edi. Shuningdek amaldorlar, talabalar (asosan badavlat oilalarning bolalari), yirik soliq to‘lovchilar ham harbiy majburiyatdan ozod qilingandi. Mamlakatning kapitalistik rivojlanishi savdoning rivojlanishi yo‘lidagi barcha cheklovlarning, feodal tsexlar va gildiyalarning va provintsiyalar o‘rtasidagi tarif to‘siqlarining tugatilishiga, pul tizimining tartibga keltirilishiga ko‘maklashdi. 1871 yilda mamlakat bo‘ylab erkin ko‘chib yurish, shuningdek kasb faoliyatini erkin tanlash joriy qilindi. Jumladan, samuraylarga savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga ruxsat etildi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga qarzlar, subsidiyalar, soliq sohasida imtiyozlar berib, temir yo‘llar, telegraf liniyalari, harbiy sanoat korxonalari va boshqa qurilishlar uchun xazinadan mablag‘lar ajratib, kapitalistik sanoatning rivojlanishini rag‘batlantirdi.10 Inqilobiy qayta qurishlar davomida an’anaviy ta’lim tizimiga asoslangan yapon maktabi ham isloh qilindi. Natijada yapon maktabida g‘arb fani yutuqlaridan saboqlar berila boshlandi. Meydzi hukumati bu sohada murakkab vazifani hal qilishiga to‘g‘ri keldi. Uning uchun shu narsa ma’lum ediki, bir tomondan yapon maktabini modernizatsiya qilmasdan, ta’limni g‘arb namunasida tashkil etmasdan turib boy, kuchli davlat tashkil qilish mumkin emas edi, boshqa tomondan esa, g‘arb fanlari va g‘oyalarini haddan ziyod ko‘paytirish mustaqil madaniyatning yo‘qotilishiga, yapon millatining tennoistik mafkuraga asoslangan bir butunligining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. Shu munosabat bilan begona madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish qat’iy manfaatparastlik – amaliy xarakterga ega bo‘ldi va yapon jamiyatining diniy asoslariga daxl qilmadi. O‘sha vaqtlarda Yaponiyada aytganlaridek, mamlakatning rivojlanishi uchun “yapon tafakkuri va Evropa bilimlari” birga qo‘shib olib borilishi lozim edi. Yapon tafakkuri avvalo sintoizm ruhida tarbiyalashni, “tirik xudo” – imperatorni hurmat qilishni talab qilgan. Sintoizmning hukmronlik mavqeini ta’minlash uchun 1873 yilda xristianlik taqiqlangan, buddizm esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatning diniy mafkurasi nazorati ostiga qo‘yilgan. 1868 yilda “diniy marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqida farmon qabul qilinib, eskicha namunada “Erdagi va osmondagi xudoliklar ishlari bo‘yicha boshqarma” (Dzingikan) tashkil etildi.11 Shu tariqa Yaponiyada shunday o‘ziga xos yapon tartibiga asos solingan ediki, bunga binoan davlatning juda katta siyosiy muammolari diniy urf-odatlar, marosimlar mazmuni bo‘lib qoldi. Bunga imperatorning 1868-yildagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ibodat qilishi misol bo‘lishi mumkin. Imperator ushbu ibodati davomida sintoizm xudolari “Osmon va Er” oldida kelajakda “keng majlis” tashkil qilishga va hamma ishlarni “jamoatchilik fikri asosida” hal qilishga, “o‘tmishning yomon urf-odatlari”ni tag-tomiri bilan yo‘q qilishga, “butun dunyodagi” bilimlarni o‘zlashtirishga va boshqalarga qasamyod qilgan edi. 1869-yilda Dzingikan din targ‘ibotchilari institutini ta’sis qiladi. Din targ‘ibotchilari xalq orasida “diniy marosimlarning birligi va davlat tomonidan boshqarilishi” haqidagi sulolalar diniy ibodati asosiga qo‘yilgan tennoistik printsiplarni tarqatishlari lozim edi. 1870-yilda “umummilliy ibodatlar joriy qilish haqida” va “taykyo” ning buyuk ta’limotini targ‘ib qilish haqida imperatorning ikkita yangi farmonlari qabul qilindi. Yaponlarni diniy tarbiyalash va “butun dunyo bilimlarini o‘zlashtirish” siyosatidagi ochiqdan-ochiq qarama-qarshilik, shuningdek “madaniyat va xalq maorifi” shiori ostidagi harakatning boshlanib ketishi hukumatni 1872-yilda “Umumiy ta’lim haqidagi qonun”ni qabul qilishga, buddizmga nisbatan tazyiqni susaytirishga, “Osmon va erdagi xudolar ishlari bo‘yicha boshqarma”ni “Diniy ta’lim ministrligi” qilib qaytadan tashkil qilishga majbur etdi. Ushbu ministrlik amaldorlari targ‘ibotchilar deb emas, ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni tarqatishga chaqirilgan “ahloq instruktorlari” deb atala boshlandi.12 1872-yilgi “Umumiy ta’lim haqida”gi qonun “birorta ham savodsiz bo‘lmaydi” deb e’lon qilingan demogogik shiorni amalga oshishiga olib kelmadi, chunki ta’lim pullik va ilgarigidek juda qimmat bo‘lib qolaverdi. Biroq bu qonun rivojlanayotgan kapitalistik sanoatni va yangi ma’muriy apparatni o‘qimishli kishilar bilan ta’minlash maqsadlariga xizmat qildi. Download 69.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling