1боб. Мухандислик графикасини ўқитиш методикасининг умумий масалалари Режа
Download 1.65 Mb.
|
MUHAN граф маъруза 123
12-shakl. Y. V. Vladimirov tomonidan taklif qilingan chizmachilik kabineti uchun sinf doskasi
Natijada chizma ifloslanadi. Yog‘och uchburchakliklami tekshirib ko‘rib sotib olish kerak. Bu kimgadir mayda-chuyda boiib ko‘ringan tavsiyalar amalda kuzatilishicha, o‘quvchilarning ish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 0‘qituvchi sinf doskasini chizma bajarishga moslashtirish va ish o‘mini tashkil qilinishiga alohida ahamiyat berishi kerak. Uning qismlarini 12-shaklda ko‘rsatilganidek qilib yuvilmaydigan bo‘yoq yoki temir chizg‘ichda chizib chiqish kerak. Bu shrift yozish, eskiz bajarish ketma- ketligi, detail izometrik proyeksiyasini bajarish kabilarini ko‘rsatishda qulay. 0‘qituvchi uchun zarur barcha anjomlar: sinf chizg‘ichi, ikkita uchburchaklik, bo‘r bilan ishlashga sirkul, transportir, latta kabilar doskaga joylashtiriladi (9-shakl). Chizmachilik kabineti jihoziariga shuningdek shkaflar, stellajlar, o'quv jadvallari saqlanadigan qutilar, devoriy gazetalar uchun vitrinalar ham kiradi. Chizmachilik kabinetlarida albatta mavzular bo'yicha detallar to'plamlari, elektrlashtirilgan stcndlar, maMumotnomalar, jadvallar bo'lishi zarur. Xona devorlariga chizma haqidagi sitata, alohida chiroyli jadvallar, maktab uchun nashr qilingan plakatlar komplektidan va o'quvchilaming eng yaxshi ishlaridan namunalar joylashtiriladi. Kabinet devorlarini ortiqcha tasviriy vositalar bilan to'ldirib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari doimiy namoyish qilinadigan eskponatlarga o'quvchilar ko'nikib qoladilar va ularni qayta namoyish qilishda ulaming diqqatini jalb qilishi qiyin. Shuning uchun bunday qo'llanmalarni shkafda saqlab, dars mavzusi uchun zarur hollarda ularni namoyish qilish kerak. Detallaming mavzuli to'plamlari fikrlash, obrazli tasavvurlarni rivojlanishiga katta yordam ko'rsatadi. Umuman puxta tayyorlangan o'quv ko'rgazmali va didaktik materiallar komplektlari mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qilinishi uchun juda katta ahamiyatga ega. O'quv jarayonida ko'rgazmali qo'llanmalaming xarakteri va ahamiyati o'quvchilaming yoshi, tayyorgarlik darajasi, hayotiy kuzatishlariga ko'p bog'liq. Chizmachilikdan o'quv ko'rgazmali qo'llanmalar quyidagi talablarga javob beradigan qilib tayyorlanishi kerak: а)o'qituvchining bayoni bilan birgalikda tushuntirilayotgan qonuniyat, qoida, yasash tartibi va hokazolarni tushunishni osonlashtirishi; б)o'quvchilaming ko'rish xotirasi xususiyatlaridan tejamli foydalanish; v) fanni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan tasavvurlarining rivojlanishiga ko'maklashish; g) obyektiv to'g'ri tasvirlash uchun zarur bo'lgan tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish; d) chizmani o'qish va chizish jarayoni uchun zarur bo'lgan obyektning aniq xususiyatlarini uning mavhum chizmasiga asosan aniqlashga o'rgatish (osonlashtirish). O'quv ko'rgazmali qo'llanmaning ikki xili (yassi qo'llanmalar - chizma va shakllar, hajmiy qo'llanmalar - model va detal namunalari)dan har birining o'z afzallik tomonlari bor. O'qituvchi butun dars davomida vaziyatni qo'lda saqlashi va o'quvchilar diqqatini jalb qilib turishi kerak. Busiz ta’limning pedagogik maqsadlariga erishish mumkin emas. Shuning uchun yuqorida aytilganidek, sinf doskasida doimiy mashq qilib borish o'qituvchining og'ir faoliyatidagi muvaffaqiyati garovidir. Иш муваффақиятини фақатгина яхши график ва синф доскасида тез чизма бажаришгина хал қилмайди. Ўқитувчи тайёрланиш жараёнида чизманинг синф доскасида жойлашиши, кўриниши компоновкасини хам пухта ўйлаб олиши керак. Ўқувчиларнинг мураккаб деталлар бўйича график материалларни юзаки, расман ўзлаштиришларидан сақланиш учун синф доскасида бажариладиган чизмаларни методик жихатдан тўғри кетма-кетликда, босқичлар бўйича бажариб бориш керак. Доскада ишлаш методикасини ўқувчиларга кўрсатиб боришнинг ахамияти жуда катта. Агар ўқитувчи доскада чизма бажариш жараёнида гавдаси билан доскани тўсиб, бутун диққатини чизма бажаришга қаратса, синф билан алоқа узилади, уни қайта тиклаш учун қўшимча вақт ва ўқитувчи махорати талаб қилинади. Бунинг билан ўқувчиларда мавзудан чалғиб, дарс жараёнига нисбатан салбий реаксия юзага келади. Чизма бажаришда детал чизиқли ўлчамлари пропорсияларни сақлашга (тахминий бўлса хам) эьтибор қилиши керак. Чизмани оғзаки тушунтирмасдан бажариш, унинг кўп қисмларини ўқувчиларга тушунарсиз бўлишига сабаб бўлади. Ўқитувчи чизмачилик асбобларидан, айниқса чизиғидан синф доскасида ишлашнинг ратсионал усулларини эгаллаганлигининг ахамияти катта. Асбоблар билан доскада ишлашга ўрганишнинг дастлабки босқичларида иложи борича иккита (чизғич ва бурчаклик) асбобдан биргаликда фойдаланиш тавсия қилинади. Синф сиркулидан доскада фойдаланиш усуллари алохида ахамиятга эга. Айрим ўқитувчиларнинг чизма асбобсиз доскада ишлаши ўқувчиларда чизма, эскиз ва расм ўртасидаги фарққа эьтибор қилмасликка сабаб бўлиши мумкин. Доскада бирор техник детал чизмани бажаришда қатьий методика асосида ишлаш керак. Одатда чизмани асосий кўринишни чизишдан бошлаб, буюм ёки жисмларнинг проексиялари кетма-кет чизиб борилади. Айрим холларда чизмани кўриниш тасвирини бажаришдан хам бошлаши мумкин. Бу айниқса силиндрик, конуссимон призматик ёки пирамида сиртлар чзмасини бажаришга тегишлидир. Саволлар 1.Чизмачилик кабинети қандай жихозланади? 2. Ўқувчининг иш ўрни қандай жихозланади? 3. Чизмачилик қоғози ва учбурчакликлар қандай танланади? 4. Чизмачилик кабинетида қандай ўқув-кўргазмали ва дидактик материаллар бўлиши керак? 5. Ўқитувчи синф доскасида ишлашда қандай талабларга амал қилиши керак? Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling