1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Download 0.94 Mb.
|
Фалсафа УМК 2023й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayniyat qonuni
Mantiq qonunlari
Olamni bilishdan maqsad - chin bilimlar hosil qilish, ya’ni haqiqatlarga erishishdir. Chin bilimlar hosil qilishning ikki asosiy sharti mavjud: 1. Olam, undagi predmet va hodisalar, ular orasidagi aloqadorliklarning fikrlarda to‘g‘ri aks etishi (fikrning ob’ektga muvofiqligi). 2. To‘g‘ri fikrlash (tafakkur) qonunlarini bilish va ularga rioya qilish. To‘g‘ri fikrlash qonunlarilari tafakkur qonunlari - deb yuritiladi. Tafakkur qonunlari insonning tarixiy taraqqiyoti va bilish sohasidagi tajribasi asosida shakllangan. Tafakkur qonunlarida insonga xos fikrlash jarayonining eng oddiy, eng umumiy xususiyatlari aks etgan. Tafakkur qonunlari muhokama jarayonida fikrlar orasidagi munosabatlarga taalluqli bo‘ladi. Fikrlarning to‘g‘ri tuzilganligi va ular orasidagi ichki aloqadorlik mantiq qonunlarida o‘z ifodasini topadi. Mantiq qonunlariga quyidagilar kiradi: 1) ayniyat qonuni; 2) ziddiyatsizlik qonuni; 3) mustasno qonuni; 4) yetarli asos qonuni. Mantiq qonunlari faqat inson fikrlarigagina tatbiq etiladigan qonunlar hisoblanadi. Shuning uchun ham ular tafakkurning xususiy qonunlari, deb yuritiladi. Tafakkur qonunlari fikr – muhokamalar orasidagi eng umumiy, zaruriy, takrorlanadigan, qat’iy, ichki alokadorliklarni ifodalaydi hamda mantiqiy (ya’ni to‘g‘ri) fikr yuritish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ayniyat, ziddiyatsizlik, uchinchisi mustasno qonunlari Aristotelning «Metafizika» asarida ta’riflab berilgan. Yetarli asos qonuni nemis faylasufi, matematik Leybnis tomonidan asoslangan. Mantiq qonunlari mantiqiy fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlaydi. Ayniyat qonuni Ayniyat lotincha «Zex identitatis» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan, o‘xshash ma’nolarni beradi. Ayniyat qonuni moddiy olamning muhim tomoni, xususiyatini ifodalaydi. Ma’lumki, olam o‘zgarib, doimo rivojlanib turadi. Xarakat - reallikning atributi hisoblanadi. Lekin uzluksiz kechayotgan bu jarayonlar (harakat, o‘zgarish, taraqqiyot) narsa va hodisalardagi vaqtincha sokinlikni, muvozanatni inkor etmaydi. Nisbiy sokinlik, muvozanat mavjudlikning muhim tomonini tashkil etadi. Masalan: uy yer bilan birgalikda soatiga 1000 km tezlikda o‘z o‘qi atrofida va sekundiga 36 km tezlikda quyosh atrofida aylanadi. Uyning atomlari sekundiga o‘nlarcha ming kilometr harakatlanadi. Vaqt o‘tishi bilan uzluksiz harakat hech narsani qoldirmaydi. Lekin ma’lum vaqt mobaynida narsalar (masalan, uy) nisbiy muvozanatda bo‘ladi. Demak, har bir narsa, hodisa qanchalik o‘zgarishga uchramasin, uning asosiy xususiyatlari, sifati muayyan vaqt mobaynida saqlanib qoladi. Aynan shu xususiyat o‘rganilayotgan ob’ektning birligini, aynanligini, barqarorligini ifodalaydi va bu narsa bizning fikrimizda aks etadi. Narsa va hodisalarning sifat muayyanligi, barqarorlik ularni tadqiq qilish qonuniyatlarini ochish imkoniyatini beradi. Ayniyat qonuni narsa va hodisalardagi o‘xshashlik, umumiy tomonlarning fikrdagi ifodasiga tayanadi. Olam turli-tuman ko‘rinishlarga ega, undagi narsa va hodisalar o‘zaro qancha farqlanmasin umumiylikka, aniqlikka ega. Shu umumiylik tufayli inson ularni o‘zaro bir-biridan farqlaydi. Ayniyat narsa va hodisalarning ma’lum munosabatda o‘xshashligini, tengligini ifodalaydi. Masalan: (A)«Toshkent» «O‘zbekistonning poytaxti» (B) tushunchalarini olaylik. Bu har ikki (A) va (B) tushuncha bir ma’noni ifodalayapti, bu tushunchalar ayniyat qonuniga bo‘ysunadi. Ayniyat qonuniga muvofiq, muhokama, bahs, munozara jarayonida har bir fikr aynan bir ma’noda ishlatilmog‘i lozim. Ayniyat qonuni muhokama jarayonida ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum munosabatda tushuncha - fikr o‘z ma’nosini saqlab qolsin, degan talabni oldinga suradi. Aniq, ravshan fikrlashning asosiy shartlari deganda uch narsa nazarda tutiladi. 1) ob’ektning birligi, aynanligi; 2) vaqtning aynanligi; 3) munosabatning aynanligi. Formal mantiqda ayniyat A-A dir. «A bo‘lmagan narsa A- emasdir» tarzida ifodalanadi. «Matematik» mantiqda ayniyat AV tarzida ifodalanadi. Bundaimplikatsiya belgisi, deb yuritiladi va u A va V orasida ma’lum munosabat (tenglik, aynanlik) borligiga ishora qiladi. Ayniyat qonuni fanda, san’atda, hayotda keng qo‘llaniladi. Kishilarning olam haqidagi bilimlari narsa va hodisalardagi umumiylik (o‘xshashlik)ning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tushunchalar, muhokamalar, xulosalar shu ayniylik, o‘xshashlikning ifodasi hisoblanadi. Biz narsa va hodisalarning miqdoriy muayyanligini sonlarda «bir», «ikki», «uch»... deb, sifat va xususiyatlarni «chiroyli», «yashil», «aqlli»..., munosabatlarini «katta», «kichik», «teng»... deb ifoda etamiz; narsa va hodisalar, ularning hossalari, munosabatlari haqida mushohada qilamiz. Fikrlar, mushohadalar orasidagi munosabatlarni aniqlash orqali ilgarigi bilimlar asosida, yangi bilimlar hosil qilamiz. Bularning hammasi narsa va hodisalardagi muayyanlik, doimiylik, barqarorlikning inson ongidagi ifodasidan o‘zga narsa emas. Ilmiy izlanishda ayniyat qonunini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlarda aynanlik, o‘xshashlik o‘ziga xos ifodalanadi, masalan, matematikadagi tenglik, ekvivalentlik, algoritmlar, hozirgi o‘zbek tilidagi ma’nodosh (ekvivalent) so‘zlar, kimyodagi kimyoviy elementlar, atom og‘riliklaridagi aynanlik, o‘xshashlik va hokazo. Fanlarda ishlab chiqarilgan atamalar, kategoriyalar tafakkurning ayniyat qonuniga bo‘ysunadi. Ilmiy izlanish odatda narsa va hodisalarga xos bo‘lgan muhim tomonlarni, ichki qonuniyatlarni ochishga qaratilgan bo‘ladi. Tadqiqotchi shu narsani unutmasligi lozimki, har bir narsa qanchalik o‘zgarishga uchramasin, ma’lum vaqt mobaynida o‘zining asosiy xususiyatlarini, ichki aloqa va munosabatlarini saqlab qoladi. Aynan shu barqaror tomonlar, xususiyatlar, aloqa va munosabatlar o‘rganilayotgan ob’ektning aynanligi, o‘xshashligini ifodalaydi va unga xos bo‘lgan ichki qonuniyatlarni ochish imkoniyatini beradi. Narsa va hodisalarni o‘rganish jarayonida ularga xos bo‘lgan barqaror, ichki, muhim, ular mohiyatidan kelib chiqadigan xususiyatlarni aniklashdan ichki mohiyatli tomonlarni bilishga qarab boriladi. Bunda ob’ektni o‘rganish shartlaridan biri - uni boshqa narsa va hodisalardan ajratib olib o‘rganish bo‘lib hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, tafakkurda narsalardagi o‘zgarishlargina emas, balki ulardagi sifat muayyanligi, doimiylik, barqarorlik ham aks etadi. Ilmiy izlanish narsa va hodisalar mohiyati, ichki qonuniyatini aniqlash maqsadida olib boriladi. Bu esa o‘z navbatida narsa va hodisalarning sifat muayyanligi, narsalar orasidagi barqaror munosabatlarni barqaror fikrlar (tushuncha, muhokama) orqali ifodalashni taqazo etadi. Qonuniyatlar bir narsa, bir ob’ektga emas, balki umumga (narsalar turkumlariga), bir qator ob’ektlarga taalluqli bo‘ladi, hamda ulardagi umumiylik, o‘xshashlik, aynanlik tomonlarini o‘rganish orqali ochiladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling