1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Download 0.6 Mb.
bet15/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (qarang Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, S.ning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib S.ni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

14. Kushonlar saltanati.Kushonlar davri madaniyatining Vatanimiz xalqlari tarixidagi tutgan o‘rni.
Mil. avv. I asrxa kelib, O’rta Osiyo hududlarida antik davrning enx g`udratli davlatlaridan biri bo’lxan Kushon davlati tashkil topadi. Dastlabki hukmdorlar Kadfiz I va Kadfiz II lar davlat erlarini kenxaytirib, pul islohoti o’tkazadilar. Milodiy II asrxa kelib Kushon davlati erlari SHimoliy Hindiston, AfG’oniston, O’rta Osiyo, SHarg`iy Turkistondan iborat edi. Kushon hukmdorlari, xususan Kanishka (II asr) davrida savdo-sotig`, ichki va tashg`i savdo aynig`sa rivojlanadi. Dehg`onchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ham ancha tarag`g`iy etadi. Bu jarayonda Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati nihoyatda katta bo’ldi. Kushon davlatida asosiy din buddaviylik bo’lib, yunon, zardo’shtiylik ag`idalarixa ham e’tig`od g`ilinar edi.
Antik davr O’rta Osiyo xalg`lari moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zxarishlar sodir bo’ldi. Mil. avv. IV-II asrlar oromiy yozuvi asosida Xorazm, Parfiya va So’G’d yozuvlari paydo bo’ldi. Kushon davrixa kelib yana bir yozuv-Kushon (Bag`triya) yozuvi shakllanadi. O’rta Osiyo va AfG’oniston hududidaxi arxeoloxik tadg`ig`iotlar antik davr madaniyatining xullab yashnaxanidan dalolat beradi. Ayritom va Ko’hna Termizda Budda ibodatxonalari ochilxan. Fayoztepa, G`uva, Xolchayon, Dalvarzin kabi ko’hna shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar ochilib, ular yuksak madaniyatxa exa ekanlixi kuzatilxan. 1972 yilda Dalvarzintepadan (Surxondaryo) tilla buyumlar xazinasi (32 kx) topilxan. Bu xazina orasida antik davrxa oid bilaxuzuk, halg`alar, to’G`alar, bo’yin tag`inchog`lari kabi san’at buyumlari ham bor. Umuman, antik davr G`anG’, So’G’d, FarG’ona erlarida mavjud bo’lxan madaniyat o’z tarag`g`iyotining yanxi bosg`ichixa ko’tariladi.
Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo`lib, murakkab irrigaciya va yirik sug`orish inshoatlari barpo etildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g`ishtlardan bino etilgan qal`a va Saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda G`arb mamlakatlari, hususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan savdo aloqalari birinchi o`ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida, efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan. Savdo ko`priklikdagi yo`llar va Hindistonning G`arbidagi port-dengiz orqali olib borilgan. Bu yo`llardan xilma-xil buyumlar, jumladan Rimga qandolat, qimmatbaho toshlar, fil suyagi, guruch, zebu-ziynat va jihozlar elitilgan. Xitoydan shoh va teri buyumlar, Rimdan to`qimachilik mahsulotlari, kiyimlar, oyna, qimmatbaho metallar, turli vinolar shu yo`l orqali olib o`tilgan. Rimning ko`p miqdordagi oltin va kumush tangalari aloqaga kiritilgan. o`sha davrdayoq sotiqning ushbu yirik xalqaro arteriyasi «Buyuk ipak yo`li» deb nom oldi.
Madaniy yuksalishning Kushon davri (er. I-IV asrlari) diniy tizimlarning yonma-yon yashashi bilan xarakterlanadi. Bunga ma`lum ma`noda kushon podsholari, ayniqsa Konishka va Kunishka tomonidan diniy aqidalarga nisbatan sabr-qanoat va ishonch-muruvvat bilan yondoshilganligi imkoniyat yaratdi. Kanishka zarb etdirgan tangalarda indus, zardo`sht, ellinlar xudolarining nomi va tasvirlari tushirilgan. Adolatgo`y Mitra va hosildorlik xudosi Ordoxshi qudratli Vretragna bilan induslarni Shiva, Buddasini, Geshos, Selena, Sfapislarni ko`rish mumkin. Buddizm davlat dini makoniga ega bo`lishiga qaramay, Kushon imperiyasi hududida zardo`shtlik, jaynizm, shivaizm, manixeylik, olimp xudolariga sig`inish keng tarqalgan edi. Buddizmning tarqalishi mahalliy din va san`atlarning tugatilishini anglatmaydi. Bilaks, buddaviylikni Baqtriyadagi ixlosmand targ`ibotchilari budda matnlarini shunchaki o`zlashtirib, uni sanskritdan tarjimasi bilan kifoyalanmay, ularni o`zlariga talqin etdilar, unga qayta ishlov berdilar.
Kushonlar san`ati qo`shni mamlakatlar va xalqlar san`atlariga ta`sir ko`rsatuvchi namunalarni yaratdi. er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy hususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta`sirni tafakkur tarozisidan o`tkazishdir. Xalchayon (er. avv. I-e.. ni 1 asrlari) –Kushon san`atining ilk yodgorliklaridan biri bo`lib undan topilgan asarlarda ko`proq hukmdor Geroy Sanat ulug`langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o`rin olgan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a`yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo`lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko`zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohiy homiylari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Dalvarzintepada topilgan mashhur «shahzodaning boshi» hamda tuproqqal`a haykallarida ellinistik an`analarning kuchli ta`siri seziladi. Podsholar zalida esa erkak va ayollarning monumental figuralari qo`yilgan, podsho nayza tutgan jangchilari davrasida, ziyofat va bug`ilar ovi ko`rinishida tasvirlangan.
Diniy mazmundagi san`at asarlari o`zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan tasviriy san`at namunalarida qadim ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan. Ko`hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadagi ehromlarini buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu asarlarda Shimoliy-G`arbiy Hindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik qilsada, unda mahalliy san`at ustalarining yunon san`ati an`analari ta`sirida ijod qilganligi sezilib turadi. Baqtriya-Budda uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom shahridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari bo`lib unda turli etnik tipdagi obrazlar galereyasi berilgan.
Kushon san`ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoylik san`at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san`ati an`analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, Sug`ddagi bo`rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi..


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling