1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Божхона органларнинг асосий вазифалари


Download 179.52 Kb.
bet38/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

59.Божхона органларнинг асосий вазифалари
3-modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
bojxona to‘lovlarini undirish;
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash;
60.Аибсизлик презумпцияси ва суд ишида жамоатчиликнинг иштироки.
Javob: Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.(16-modda)
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
61.Давлат Божхона қўмитасини ташкил этилиши
6-modda. Bojxona organlari
Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi), shuningdek Milliy kinologiya markazi bojxona organlaridir.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling