62.Адвокатларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари.
6-modda. Advokatning huquqlari Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga egadir:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan dalillarni to‘plash va taqdim etish;
yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini qonunchilikda belgilangan tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotnomamaslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so‘rash va olish;
ishga taalluqli axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;
to‘plangan materiallarni o‘z ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
63.ҚҚР, вилоятлар ва Тошкент шахар судлари
32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:
rayosat;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.
Do'stlaringiz bilan baham: |