1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
Адвокатларга лицензия бериш тартиби
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 84.Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ хизмати 3-modda. Davlat soliq xizmati organlari
83.Адвокатларга лицензия бериш тартиби.
Advokatlik faoliyati advokatlar tomonidan amalga oshirilib, qonunchilikka koʻra, oliy yuridik maʻlumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʻatida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60- son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart. Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan eʻtiboran uch ish kuni ichida beriladi 84.Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ хизмати 3-modda. Davlat soliq xizmati organlari Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida hududiy bo‘linmalarga ega bo‘lgan: soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruvini va moliya-xo‘jalik faoliyati taftishini amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish bo‘linmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linma tuziladi. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi. Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling