2- amaliy mashg`ulot mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari
Download 18.72 Kb.
|
2 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bosqich. Konni ishlatishdagi qidirish.
- Geologiya-qidiruv
6-bosqich. Qo‘shimcha qidirish. Qazib chiqarilayotgan konni qo‘shimcha o‘rganishdagi vazifalar quyidagilardan iborat; konning geologik tuzilishini, tog‘-geologik sharoitlarni va foydali qazilma sifatini uning yetarlicha mufassallik bilan o‘rganilmagan bo‘laklarida (qanotlari, chuqur gorizontlar, foydali qazilmaning alohida qismlarida) konchilik ishlarini rivojlantirish rejalari bilan birga bog‘lab ketm-ket aniqlab borish, bunda zahiralar C1 va С2 toifalaridan yuqoriroq toifalarga o‘tqaziladi. Foydali qazilmadan foydalanish yo‘nalishlari aniqlanadigan, qazib chiqarilayotgan xom ashyoning sifatiga va uni qayta ishlashning texnologik sxemalariga bo‘lgan standart talablari hamda texnik shart sharoitlari qayta ko‘rib chiqiladigan hollarda foydali qazilmaning moddiy tarkibi va xossalarini qo‘shimcha o‘rganish (geologik-texnologik xaritalash xam kiradi). Qazib chikarilgan zahiralar o‘rnini to‘ldirish yoki foydali qazilmani qazib chiqaruvchi korxonaning xom ashyo negizini kengaytirish uchun maydonlarni (kon bo‘laklarini) qidirish.
Qo‘shimcha qidirish ishlarini bajarish paytida qidirish tizimlari va qidirish to‘rining zichligi o‘rganilayotgan konni qidirish va qazib chiqarish materiallarini taqqoslash natijalarini, zaxiralarni tasdiqlashda DZK bergan tavsiyalarni hisobga olib qabul qilinadi. Ishlatilayotgan konni qo‘shimcha qidirish ishlari qazib chiqaruvchi korxonaga topshirilgpn zahiralarning chegara chiziqlari doirasida bajariladi. Qazib chiqarilayotgan konni qo‘shimcha o‘rganish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan zahiralar xisoblab chiqilgan holda xisobot tuziladi. 7-bosqich. Konni ishlatishdagi qidirish. Konni ishlatish chog‘idagi qidirish ishlari kondan foydali qazilma qazib chiqarilayotgan paytda foydali qazilmani qazib chiqarishni yil mobaynida va yil choraklari, oylari, sutkalari mobaynida tezkorlik bilan rejalashtirib borishni ta’minlaydigan ishonchli, asosli ma’lumotni muntazam ravishda olib borish, shuningdek qazib chiqarilayotgan zaxiralarni to‘liq va sifatli bo‘lishi yuzasidan nazorat qilib borish maqsadida bajariladi. Konni ishlatish paytidagi qidirishning asosiy vazifalari quyidagilardan; foydali qazilma jismlarining chegara chiziqlarini, ularning ichki tuzilishi va yotish sharoitlarini, miqdori va zahiralarining sifatini, texnologik xillarining geomi-trik holatini, shuningdek foydali qazilmani qazib chiqarishning tog‘-geologik va gidrogeologik sharoitlarini aniqlash-dan iborat. Konni ishlatish iaytida qidirish ishlari kondagi foydali qazilmani yer ostidan qazib chiqarishga yoki foydali qazilmali maydon, o‘yiq joy doirasida uni ochiq usul bilan qazib chiqarishda tozalash ishlariga tayyorlanayotgan qazib chiqarish qavati (kon bo‘lgan) gorizonti, bloklar gurixi doirasida olib boriladi, bu ish tozalash ishlaridan oldinroq va odatda, konni tayyorlash ishlari bilan baravar yoki bir oz ilgarilagan xolda tayyorlanadi. Geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi ko‘p jihatdan qo‘llanilayotgan razvedka qilishning texnik vositalariga bog‘liq. Ularni tanlash konning tuzilish sharoitlariga bog‘liq holda aniqlanadi. Razvedka qilishning texnik vositalari tarkibiga burg‘ulash quduqlari, tog‘ lahmlari va geofizik usullar kiradi. Ularning uyg‘unlashuvi esa razvedkaning u yoki bu tizimini (burg‘ulash, tog‘ laxmlari-burg‘ulash, tog‘ laxmlari) orqali aniqlanadi. Download 18.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling