2- amaliy mashg`ulot mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari
Download 18.72 Kb.
|
2 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) Ixtisoslashtirilgan ilgarilama izlash ishlari.
- B) Izlash ishlar.
3-bosqich. Izlash ishlari. 1. 1:50 000, 1:25000 масштабли геологик съёмка ишларини бажаришда ёки ундан олдинги ишларда кон топилиши мумкинлиги аниқланган ва у фойдали қазилмаларининг истиқболли даражада намоён бўлган жойларининг мавжудлиги билан тасдиқланган бўлса ёки уларнинг бевосита излаш белгилари топилган ҳамда P2 toifasidagi bashorat qilingan resurslari aniqlangan bo‘lsa, bunday joylarda oldindan ma’lum bo‘lgan va istiqbolli ma’dan maydonlari hamda cho‘kindi foydali qazilma xavzalari doirasida foydali qazilma konini va u nomoyon bo‘lgan joylarni aniqlash maqsadida izlash ishlari olib boriladi. Bunda mazkur geologik vaziyatda topilishi mumkin bo‘lgan foydali qazilmalarining butun majmuasi hisobga olinadi. Aniq qilib ajratilgan istiqbolli maydonda bajarilishi lozim bo‘lgan izlash ishlarining masshtabi hamda izlash bilan bog‘liq bo‘lgan kuzatish, o‘lchash va namuna olib ularni tahlil qilish, izlanayotgan o‘lchamlari va rayonning geologik tuzilishini murakkabligi bilan aniqlanadi.
A) Ixtisoslashtirilgan ilgarilama izlash ishlari. Oldindan bajariladigan ixtisoslashtirilgan ilgarilama izlash ishlarining kichik bosqichi izlash ishlarini olib borish uchun ajratiladigan istiqbolli maydonlardagi mavjud materiallar P2 toifasi bo‘yicha bashorat qilingan resurslari baholash uchun yetarli bo‘lmaganda bajariladi. Bunda geologik, geokimyoviy, geofizik va bashoratqilinayotgan ma’danlashishning bevosita yoki bilvosita belgilarini aniqlashga qaratilgan boshqa tadqiqotlar yoki ularning ayrim turlari olib boriladi. Bashorat qilinadigan ma’danlashishni topish yoki maydonning salbiy bahosini aniqlash uchun istiqbolli yer bo‘laklarini aniq ajratishni asoslab beradigan xaritalar tuziladi va boshqa materiallar tayyorlanadi. B) Izlash ishlar. Izlash ishlari oldingi bosqich ishlari, ilgarilama ishlar, ilgari bajarilgan tadqiqotlarni umumlashtirish va tahlil qilish asosida P2 toifasidagi bashorat qilingan resursli mahalliy maydonlarda olib boriladi. Izlash ishlari bajarilayotgan minerallashish namoyon bo‘lgan e’tiborga loyiq joylar, minerallashgan nuqtalar va foydali qazilmalarining ma’lum bir geologik sanoat turidagi konni ochish imkoniyati borligidan dalolat beruvchi belgilari qayd qilinadi, aniqlanadi va qo‘shimcha ravishda o‘rganiladi. Istiqbolliroq maydonlarni o‘rganish ishlari ularning P1 toifasi bo‘yicha resurslarni ani klashga va geologik-iqtisodiy baholash ishlarini bajarishga imkon beradigan darajada mufassallik bilan olib boriladi. 1:25000, 1:1000 masshtabli geologik xaritalar va ularga moslab tuzilgan kesimlar foydali qazilmani alohida joylarda joylashish qonuniyatlarini ko‘rsatuvchi bundanham yirikroq kesimlar izlash ishlarining so‘nggi natijasi xisoblanadi. Ikkinchi kichik bosqichdagi izlash ishlarining ma’lumotlari bo‘yicha xisobot tuziladi. Unda P1 toifasi bo‘yicha aniqlab bashorat qlingan resurslarning miqdorini, sifati va geologik-iqtisodiy ahamiyatini asoslab baholash ishlari bajari-ladi. Bundagi baholash ishlari yaroqsizlik konditsiyalari asosida bajariladi. Hisobotda foydali qazilmaning namoyon bo‘lish joyida (istiqbolli obyektda) bundan keyin olib boriladigan ishlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Download 18.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling