2- amaliy mashg`ulot mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari
Download 18.72 Kb.
|
2 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- bosqich. Qidirish.
B) Mufassal baholash Konning geologik tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asoslanadi va ularga aniqlik kiritiladi. Qoplam yotqiziqlari ostidagi foydali qazilmalarning chiqish joylarini kuzatib borish va ochish uchun ariqchasimon inshootlar, shurflar qaziladi yoki burg‘i quduqlari kavlanadi. Aniqlash asboblari bilan tekshirish asosida geologik xaritalar tuziladi. Geologik xaritalarning masshtabi foydali qazilma turiga, konning o‘lchamlariga va geologik tuzilishining murakkabligiga bog‘liq ravishda 1:10000 dan 1:500 gacha kattalikda belgilanadi.
Konni chuqurlik bo‘yicha o‘rganish uchun foydali qazilmani qazib chiqarish mumkin bo‘lgan qatlamlariga qadar chuqurligicha tog‘ inshootlari qaziladi yoki foydali qazilmaning ana shu turi bo‘lgan konni amaliyotda qabul qilinganidek, o‘zlashtirish chuqurligigacha qaziladi. Odatda foydali qazilma konlarining ko‘pini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan asosiy qidirish inshooti burg‘i qudug‘idir. Geologik tuzilishi va moddiy tarkibi murakkab bo‘lgan foydali qazilma obyektlarida yoki foydali qazilma ma’danlashish jismida nihoyatda notekis taqsimlangan bo‘lsa, yer osti tog‘-qidiruv inshootlarini qazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu kichik bosqich ishlarini bajarish natijasida konning (yirik kon bir qismining) geologik o‘rganilganlik darajasi, foydali qazilmalarning sifati, moddiy tarkibi, va texnologik sharoitlari C2 toifasi bo‘yicha zaxiralarni (asosiy zaxiralarni), konning etalon sifatida qabul qilingan bo‘laklarda esa C1 toifasi bo‘yicha (odatda zahiralarning 10-20% bo‘lgan qismi) zahiralarni baholashni ta’minlashi kerak. 5- bosqich. Qidirish. Konda (yirik konning bir qismida) olib boriladigan muhim ishlardan biri qidirish ishlari bo‘lib, oldindgi bosqichlarda bajarilgan ish natijalariga ko‘ra ijobiy baholangan va bevosita kon qazib chiqaruvchi tegishli tarmoqqa o‘zlashtirish uchun topshiriladigan konlarda bajariladi. Qidirib razvedka qilinayotgan zahiralar miqdorini aniqlashda foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi korxonalarni ish bilan ta’minlashga “Qattiq foydali qazilmalar konlari zahiralari va bashorat qilingan resurslari” tasnifida belgilangan normativ muddatlarda amal qilish lozim. Zahiralarni qidirib murakkabligiga ko‘ra razvedka qilish ishlari C1 va С2 toifalari bo‘yicha I va II- guruxga oid konlarda esa birinchi navbatda qazib chiqariladigan zahiralarning bir qismini qidirish B toifasi bo‘yicha bajariladi. Zarurat bo‘lganda konning qanotlarida va chuqur gorizontlarida bashorat qilingan resurslarni baholash ishlari bajariladi. Qidirish natijalariga ko‘ra konditsiya-larning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqiladi. Qidirilgan foydali qazilmalarning zahiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan koditsiyalar bo‘yicha, konni qazib chiqarishni loyihalashtirishni ta’minlaydigan nisbatlarda va miqdorlarda hisoblab chiqiladi. Zahiralarning hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi Davlat zahiralr komissiyasi (DZK) muxokamasiga topshiriladi. Zahiralar tasdiqlangandan keyin kon belgilangan tartibda qazib chiqaruvchi idoraga topshirilishi kerak. Download 18.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling