2- amaliy mashg`ulot mavzu: Qidiruv va razvedka qilish bosqichlari va tamoillari


Download 18.72 Kb.
bet3/5
Sana11.02.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1189110
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 амалий

4-bosqich. Baholash. 1:50000, 1:25000 masshtabli geologik tadqiqotlar, izlash ishlari va boshqa ishlarni olib borish natijasida topilgan, P1 toifasidagi bashorat qilingan resurslarning ijobiy geologik–iqtisodiy bahosini olgan foydali qazilmalarining istiqbolli bo‘laklarida bajariladi.
Baholash bosqichi ikkita kichik bosqichga bo‘linadi; konni dastlabki baholash va konni mufassal baholash. Yirik obyektlar topilib qolgan xollarda konni baholash ishlari bo‘linmasdan bir bosqichda bajariladi.
A) Dastlabki baholash. Mazkur kichik bosqichning maqsadi topilgan konda foydali qazilmalarining joylashishiga oid geologik qonuniyatlarni mufassalroq o‘rgangan holda konning sanoat qiymatini umumiy tarzda baholashdan iborathisoblanadi.
Ushbu kichik bosqichda konning ustki va yuzaga yaqin qismlari o‘rganiladi. Shu maqsadda maydonni mufassal geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar, geologik xaritalash ishlari bajariladi, ariqsimon inshoot, handaq, shurflar va burg‘i quduqlarini qazish yo‘li bilan foydali qazilma jismi kuzatiladi. Foydali qazilmaning chuqurlik bo‘yicha istiqbolli ekanini baholash uchun (qazilma jismning chuqurlikda joylashgani aniqlangan bo‘lsa) burg‘i qudug‘i kovlanadi. Foydali qazilma noiayon bo‘lgan murakkab geologik tuzilishili joylarda (obyektlarda) ma’danlashish jismining joylashish qonuniyatlarini o‘rganish uchun agar boshqa usulublar imkon bermasa yoki iqtisodiy jihatdan rentabelli bo‘lmasa, obyektni uzil-kesil baholashda og‘ir tog‘ inshootlaridan (shaxtalardan) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Baholash ishlari bajarilayotgan yangi topilgan konning geologik xaritasi va geologik kesimi tuziladi. Yirik konlar (ko‘mir, temir, ma’danli, ohaktosh qalinliklari va b.q.). 1:25000, 1:10000 masshtabli xaritalarda tasvirlanadi. O‘lchamlari bo‘yicha kichik konlar 1:5000, 1:2000 masshtabli xaritalarda tasvirlanishi mumkin. Nodir, qimmatbaho metal va minerallar topilgan mo‘jaz konlar uchun 1:1000 masshtab eng maqbul hisoblanadi. Masshtab tanlashda konning geologik tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan mavjud materiallar xaritasida aks ettirish zaruratdan va foydali qazilmalarni kon doirasida asosiy taqsimot qonuniyatlaridan kelib chiqiladi.
Konni dastlabki baholash ma’lumotlariga ko‘ra konning (yoki uning bir qismini) taqribiy chegara chiziqlarida C2 toifasi bo‘yicha foydali qazilma zahiralari P1 toifasi bo‘yicha resurslari hisoblab chiqiladi. C2 toifasidagi zaxiralarni va P1 toifasidagi resurslarning kerakli nisbatlari va ularning miqdorlari mazkur ishlarni bajarish uchun tuzilgan loyihada asoslab beriladi. Bajarilgan ish natijalariga ko‘ra topilgan foydali qazilma konining istiqbollari to‘g‘risida texnik-iqtisodiy mulohaza (TIM) tuziladi. Ular baholash konditsiyalarining parametrlari bilan aniqlanadi va konda nav-batdagi ishlarni olib borish maqsadga muvofiqligi to‘grisida asosli qaror qabul qilish imkonini be-radi. TIM asosida masala salbiy hal qilingan xolda tanlangan obyektda ishlar to‘xtatiladi va xisobot tuziladi.

Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling