2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

1 – darajali talofat. Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. Imorat devorlarida 
ingichka darzlar hosil bo‘ladi, mo‘rikonlar buziladi.
2 – darajali talofat. Og‘ir bo‘lmagan shikastlanish sodir bo‘ladi, devorlarda katta 
bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rikonlar buziladi.
3 – darajali talofat. Inshootlarning og‘ir shikastlanishi yuz beradi, devorlarda katta 
va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rikonlar to‘liq buziladi.
4 – darajali talofat. Imorat va inshootlar ichki devorlarining to‘liq buzilishi yuz 
beradi.
5 – darajali talofat. Imorat va inshootlarning to‘liq buzilishi sodir bo‘ladi.
Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab 
tasniflanishi:
A guruh – xom g‘isht, paxsa devorli imoratlar,


B guruh - pishiq g‘ishtdan qurilgan inshootlar,
V guruh - temir –beton sinchli va yog‘ochdan qurilgan inshootlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Davlat standarti tomonidan imoratlar 
guruhining har bir ballda ko‘radigan talofati darajalari meyoriy hujjatlarda aniq 
belgilab qo‘yilgan.
Jumladan : 6 ball – yer qimirlash jarayonida A guruhiga mansub inshootlar 2 – 
darajali talofat, B guruhi inshootlari 1- darajali talofat ko‘radi.
7 ball - A guruhidagi inshootlar 3 –darajali, shuningdek, B guruhidagi 
inshootlar ham 3 – darajali talofat ko‘radi.
8 ball – A guruhidagi inshootlar 5 – darajali, B guruhidagi inshootlar ham 3 – 
4 – darajali, V guruhidagi inshootlar 2 – darajali talofat ko‘radi.
9 ball – B guruhidagi inshootlar 4 – darajali, shuningdek, V guruhidagi 
inshootlar ham 4 – darjali talofat ko’radi.
10 ball – B guruhidagi inshootlar 5 – darajali, V guruhidagi inshootlar ham 4 
– darjali talofat ko‘radi.
11 ball – B gurhidagi inshootlar to‘liq qulaydi. Tog‘ jinslarining tik va 
gorizontal yo‘nalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball – amalda yer yuzasida tik inshoot qolmaydi.
Hududlarda ko‘riladigan talofat darajasi hisobga olingan holda, faqat ma’lum 
guruhdagi inshoot va imoratlar qurilishi lozimdir.
Zilzila keltiradigan talofat inshootning turiga, konstruksiyasiga bog‘liq 
bo‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muhandislik-geologik sharoitiga, 
ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga, yer 
osti suvlarining chuqurligiga qarab, seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi va 
zilzila kuchi ham turlicha bo‘ladi.
Yer yuzida qaysi hududlarda yer qimirlashi mumkinligini aniqlangan, ular har 
xil masshtabda seysmik rayonlashtirish xaritalariga tushirilgan, ammo qisqa 
muddatda yer qimirlashining qachon sodir bo‘lishini aytib berish hozircha muammo 
bo‘lib turibdi. Lekin bu masalalar bo‘yicha butun dunyo olimlari va shu jumladan 
O‘zbekiston seysmolog olimlari tomonidan ancha ishlar qilingan.
Hozirgi zamonda zilzilalardan muhofaza ishini hal qilish yo‘llaridan bir bu 
zilzilabardosh imoratlarini qurish bo‘lib qolmoqda. Bunga inshootlar qurish sifatini 
oshirish va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, ular asosida yer silkinishi ta’sir kuchini 
kamaytirishga erishish mumkin. 
Ma’lumki, yer silkinishida 2 turdagi: vertikal va gorizontal siljishlar yuzaga 
keladi. 
Eski va baquvvat inshootlar yemirilishining oldini olish uchun, ularni 
mustahkamlash, ta’mirlash zarur. Inshootlarning elementlari bir-biri bilan 


mustahkamlash, ta’mirlash zarur. Inshootlarning elementlari bir-biri bilan 
mustahkam bog‘lanib, yaxlit bir butun bo‘lishlari kerak. 
Inshootlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi qurilayotgan va eski 
imoratlar uchun amaliyotda qabul qilingan meyorlarga rioya qilish va uni amalga 
oshirish choralarini ko‘rish kerak. Hozirgi kunda zilzila monitoringini va uni 
bashorat qilish Seysmologiya ilmiy-tekshirish instituti olimlari tomonidan va Davlat 
seysmologiya xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Qurilish maydonining zilzilaga bardoshliligini aniqlash maqsadida aholi 
yashaydigan yirik joylarda hamda katta ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat, gidrotexnika 
va meliorativ qurilish obyektlarida maxsus geologik, gidrogeologik va muhandislik 
geologik tadqiqotlari oli 
boriladi.
Shu 
hududlar bo‘yicha seysmik 
mikrorayonlashtirish xaritasi tuziladi. Bunday xaritalardan zilzilabardosh 
maydonlarni aniqlash maqsadida va qurilish ishlari olib borish uchun qulay bo‘lgan 
maydonlarni 
tanlashda 
foydalaniladi. 
Bu 
esa 
quriladigan 
inshootning 
mustahkamligini oshirishda o‘ta muhim hisoblanadi.
Binolarni qurishda ularning zaminini tashkil qilgan tog‘ jinslarining tarkibi
tuzilishi va muhandislik geologik xossalariga katta e’tibor berish kerak. 
Tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, har xil tarkibga ega bo‘lgan joy zilzila paytida har 
xil tebranadi. Shunga ko‘ra binolar turli darajada zararlanadi. Inshootlarning 
zilzilabardoshligi, ularning konstruksiyasiga qo‘llangan antiseysmik chora-tadbirlar 
va qurilish materiallari sifatiga ham bog‘liq. Bundan tashqari quriladigan 
imoratlardan qanday maqsadda foydalanishni hisobga olgan holda, ularning 
mustahkamligini oshirish uchun loyihalanadigan inshootlarni 1 ballga oshiriladi, 
ya’ni inshootni agar 6 ball bilan yer qimirlash hududida qurish rejalashtirilgan 
bo‘lsa, uni 7 ballga hisoblab quriladi.
Zilziladan oldin: 
O‘zingiz uchun vaziyatni o‘ylab toping. 
Kuchli zilzila sodir bo‘ldi, agar Siz, masalan, maktabda, kinoda, teatrda yoki 
ko‘chada bo‘lsangiz, nima qilasiz? Qaysi tomonga yashirinasiz? 
O‘zingiz va oila a’zolaringiz uchun favqulodda vaziyat yuzaga kelganda 
harakat rejasini tuzing yer silkinayotganda qayerda turmaslik kerakligini va 
berkinish uchun eng xavfsiz joylarni aniqlang, zilziladan so‘ng qayerda oila 
a’zolaringiz bilan uchrashishingiz mumkinligini kelishib oling. 
Sizning bunday rejangiz tabiiy ofat yuzaga kelganda murakkab vaziyatda 
dadil harakat qilishingizga yordam beradi. 
UYDA:
Quyidagilarni oldindan tayyorlab qo‘ying va doim tayin joyda saqlang! 
Hujjatlar solingan papka: 


Pasport, guvohnoma, tug‘ilganlik, nikoh haqida guvohnoma, shahodatnoma, 
diplom va hokazolar. Muhim hujjatlar nusxalarini boshqa joyda ham saqlash ayni 
muddaodir. 
Uch kunlik suv va oziq-ovqat zahirasi: 
Ehtiyot shart oziq-ovqatlarni saqlash uchun foydalanish muddati uzoq bo‘lgan 
mahsulotlarni tanlang. Zahiraga ajratilgan yeguliklarni har 6 oyda yangilab turing. 
Sinmaydigan idish-tovoqlar jamlamasi 
Elektr fonarcha va batareyalar zahirasi 
Ko‘chma radiopriemnik 
Shamlar, gugurt 
Siz va oila a’zolaringiz uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar. 
Barcha zahira buyumlarini tabiiy ofatlar yuzaga kelishi ehtiyot sharti sifatida 
jomadonda uydan chiqish joyidan uzoq bo‘lmagan yerda saqlang. 
Zilzilaga tayyorgarlikni kichik qadamlardan boshlash kerak: 
Uyingizdagi yer silkinganda xavf tug‘diradigan joylarni aniqlang; deraza oldi, 
og‘ir qandil osti, og‘ir va katta buyumlar oldi, o‘t chiqishi mumkin joylar. 
Yashirinish uchun xavfsiz joylarni oldindan chamalab oling; asosiy 
devorlarning ichki burchaklari, mustahkam stol yoki parta tagi, pishiq kursi yoki 
divan, krovatning oldi. 
Yer silkinganda xavfsiz joyni egallashga o‘rganing. 
Birinchi qadamni bugunoq qo‘yishing HAQIDA O‘ZINGGA SO‘Z BER: 
 Krovatni oyna oldidan xavfsiz joyga suring 
 Qo‘l ostidagi vositalar yordamida shkafni devorga mahkamlab qo‘ying 
 Devordagi suratlarni mix bilan emas, ilgak bilan mustahkamlang 
 O‘zingiz uchun suv g‘amlab qo‘ying 
Bir kishiga kuniga 4 litr suvni saqlash tavsiya etiladi. 
Zahira uzog‘i bilan 3 kun saqlanadi. 
 Xavfli va tez alanga oladigan moddalarni bexavotir joyda saqlang 
 Og‘ir buyumlarni oilaning eng kichik oila a’zosi bo‘yidan past joyga ko‘chiring. 
Oilaning barcha a’zolari uydagi elektr va gaz kranlarining asosiy o‘chirish 
joylari qayerda joylashganini bilishi kerak. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda 
jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini egallab oling.
ZILZILA PAYTIDA ASOSIY QOIDANI ESLAB QOLING: 
CHO‘KKALAB O‘TIRISH, PANAGA O‘TISH, KUTISH
Agar zilzila boshlangan bo‘lsa, avvalambor vazminlikni saqlang, vahima qilmang 
va boshqalarga ham o‘rnak bo‘ling. 
Zilzila kuchsiz bo‘lsa. Hech narsadan qo‘rqmang va qayerda bo‘lsangiz, o‘sha yerda 
qoling. 


Zilzilaning kuchi kattaroq bo‘lsa (5 ball va undan yuqori):Xonada bo‘lsangiz, 
xavfsiz joyni egallang: 
Mustahkam stol (parta) tagiga o‘tiring, vannaga yoting, shkaf ichiga kirib oling. 
Krovat yoki divan oldiga cho‘kkalang (tagiga kirib oling), bunda deraza va og‘ir 
mebeldan uzoqroq bo‘ling. Tayanch ustun oldidagi eshik tagida turing 
Yer silkinishining tugashini kuting. Ko‘chaga yugurib chiqmang. Asosiy 
devorlarning ichki burchaklariga yaqin cho‘kkalab o‘tiring.Agar siz bir qavatli 
seysmik mustahkam binoda bo‘lib, undan chiqmoqchi bo‘lsangiz, tezroq, ammo 
ehtiyotkorlik bilan harakat qiling, qulayotgan g‘isht va uzilib ketgan simlardan 
ehtiyot bo‘ling. 
Avtomobilda bo‘lsangiz:Mashinani ochiq joyga haydang va to‘xtang. Ko‘prik, 
yopiq yo‘laklar va elektr uzatish liniyalaridan uzoqroq bo‘ling. 
Binodan tashqarida bo‘lsangiz:Binolardan, daraxtlardan va elektr uzatish 
liniyalaridan 
uzoqroqqa 
ochiq 
joyga o‘ting, uzilib ketgan simlarga 
yaqinlashmang.Binolar tagida yugurmang va ichkariga kirmang. 
Tor ko‘chada bo‘lsangiz: Bunday ko‘chalarda xavfsiz joylar juda kam. Ko‘chadan 
ko‘ra binoning ichi bexavotirroqdir. 
Zilzila paytida nima qilmaslik kerak:Liftga kirish va zinapoyaga yugurib chiqish; 
Balkonga chiqish va balkon yoki derazadan sakrash; 
Gaz chiqishi oqibatida yong‘in paydo bo‘lishini oldini olish uchun gugurtdan 
foydalanish; 
Shuni yodda tuting: zilzila paytida tuproqning siljishi tufayli odamlarning qurbon 
bo‘lishi hollari juda kam uchraydi. Baxtsiz hodisalarning asosiy sababi quyidagilar 
bo‘ladi: 
Binolarning alohida qismlarining qulab tushishi. 
Singan oynalarning tushib ketishi 
Elektr simining uzilib ketishi 
Xonadagi og‘ir buyumlarning tushib ketishi 
Yong‘inlar 
Odamlarning vahimaga tushishi. 
Zilzila tugagandan so‘ng nima qilish kerak: 
Xona ichida: 
Atrofni tekshirib jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish 
Gaz isini sezsangiz, gazni o‘chirib qo‘ying, deraza va eshiklarni oching va darhol 
xonani tark eting. 
Bino talofat ko‘rmagan bo‘lsa, telefon go‘shagi to‘g‘ri qo‘yilganini tekshiring 
Xavfli va zaharli moddalarning saqlanganligini tekshiring 
Atrofingizdagilar yordamga muhtoj bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsating, ularni 
tinchlantiring. 


Vayronalar ostida qolgan bo‘lsangiz 
Sovuq, zax bo‘lsa, noma’lumlik sizni havotirga solsa, siqilib qolgan bo‘lsangiz, 
badaningiz jarohatlangan bo‘lsa, suv va yegulik bo‘lmasa ham, o‘zingizni 
yo‘qotmang. Jon saqlab qolishingiz Sizning ma’naviy ahvolingizga, irodangizga, 
hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonchingizga, bunday vaziyatlarda harakat qilish 
ko‘nikmalari va bilimga ega bo‘lishingizga bog‘liq. Tirik odamlar bir haftadan 
keyin ham xarobalar ichidan topilgan hollar bo‘lgan. 
Ehtiyotkorlik bilan qo‘l va oyoqlaringizni bo‘shattirishga harakat qiling, 
bunda ularni tortib olmasdan, harakatingizni cheklayotgan jism va toshlarni suring, 
ammo ehtiyot bo‘ling: ustingizdagi xarobani barqaror ushlab turgan jismlarni tortib 
olmang. 
O‘zingizni bo‘shatib olganingizdan so‘ng yonboshlab oling, oyoqlaringizni 
bukib ko‘krakka torting, qo‘lingizni tagingizga qo‘ying (beton yoki tuproq bilan 
kamroq aloqada bo‘lish uchun shunday vaziyatni qabul qilish kerak). 
Qutqaruv ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, xarobalarni mustaqil ajratishga 
urinmang. Ovoz bering va ustingizda paydo bo‘lgan bo‘shliqni mustahkalang, 
buning o‘chun qo‘lingizga nima tushsa (tosh, xoda va hokazolar), plitalar ostiga 
joylashtiring. 
Bo‘shliq tor bo‘lsa va har bir harakatingizdan so‘ng yuqoridan chang va 
mayda bo‘laklar to‘kilsa hamda sizning atrofingizdagi bo‘shliqni to‘ldiradigan 
bo‘lsa, imkon qadar qimirlamang. 
Kuchingizni, kislorod va energiyani tejang. Yordamga umid qiling va kuting. 
Takror yer silkinishlariga tayyor turing. 
XONADAN TASHQARIDA: 
Tinchlikni saqlang va diqqat bilan vaziyatni baholang 
Zararlangan binolardan uzoqroq bo‘ling. Devorlar to‘satdan qulab tushishi 
mumkin. Bundan tashqari, gaz chiqishi, elektr simi shikastlanishi, singan shishalar 
tushib ketishi va hokazolar xavfi bor. 
Jabrlanganlarga yordam bering. Ularga birinchi tibiy yordam ko‘rsating, 
tibbiy yordamga muhtojlarga shifokorlarni yuboring. 
Zilziladan keyin nima qilmaslik kerak? 
Vahima qilmang, chopmang, tinchlikni saqlang. Odamlar sarosimaga tushgan 
hollarda qurbonlar ko‘proq bo‘ladi. 
Unutmang, jismoniy jarohat olsangiz yoki yong‘in chiqqan hollardagina 
telefondan foydalanishingiz mumkin. Sizda hammasi yaxshi bo‘lib, shoshilinch 
yordamga muhtoj bo‘lishi ehtimoldan holi emas. 
Gaz chiqmagani va gaz isi yo‘qligiga ishonch hosil qilmaguncha olov 
yoqmang. 


Yer silkinishlari davriy tusga ega bo‘ladi. Kuchli zilziladan so‘ng aftershoklar 
(takror silkinishlar) yuz beradi, ular, odatda, vaqti bilan kuchsizlashib boradi, ammo 
birinchi yer silkinishidan jarohat olgan binolarga qo‘shimcha zarar yetkazishi 
mumkin. Aftershoklar paytida vahima qilmaslik kerak. Asosiy silkinishlarda 
harakat qilish qoidalariga rioya qilish lozim. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling