2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
Gidrotexnika inshooti bilan bog`liq halokatlar sodir bo`lishini oldindan taxminlash
va unga baho berish chora-tadbirlari. Barcha gidrotexnik xavfli obyekt va ehtimol bo`lgan suv bosish zonalari xaritalarga (rejalarga, sxemalarga) tushirilib, tegishli shikastlovchi omillar va ko`rsatkichlar ko`rsatiladi. Bu hujjatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va bo`limlarida, shuningdek Gidrotexnika inshooti (GXO)ni quruvchi va ularni ishlatuvchi vazirliklar (idoralar) da va ularning joylardagi bo`linmalarida turadi. Quyidagilar natijasida suv urib ketishi ( buzilishlar, avariyalar) yuz berishi mumkin: -Tabiiy ofatlar zilzilalar, o`pirilishlar, ko`chkilar, jala, dovullar, qorlar yalpi erishi, toshqinlar va h.k) - Obyekt qurilmalarida yo`l qo`yilgan xatolar (loyihalash, qurilish) -Ishlatish qoidalarini buzilishi, - Qo`poruvchilik, terroristik harakatlar, jangovor harakatlar va h.k. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarning oqibatlari. 1. Gidrotexnika inshooti shikastlanishi yoki buzilishi hamda o`z vazifasini bajarmay qo`yishi. 2. Urib ketgan to`lqin odamlarga shikast yetkazishi va turli obyektlarni (inshootlarni) buzib yuborishi. 3. Hududni suv bosib mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot, imorat va boshqa turdagi tizimlarga moddiy zarar yetishi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan falokatlarning tasnifi va ko`lami quyidagi omillarga bog`liq: - Gidrotexnika inshooti ko`rsatkichlarini (suvning hajmi, to`g`onning balandligi, qurilmasi, chidamliligi va h.k) - Buzilish xarakteri va ko`lami; - Urib ketgan to`lqinning tavsifi: - Yer yuzasi relyefi, o`simliklar, qurilish va h.k: - Yil fasli, kecha kunduz vaqti, ob-havo sharoiti va h.k: - Muhofaza inshootlari (aylanma kanallar, tashlamalar, ko`tarmalar va h.k) mavjudligi: - Rahbarlar tarkibining, boshqaruv organlarining, kuch va vositalarining faoliyatiga tayyorlanganlik darajasi: -Xabar berish cheklangan tizimining mavjudligi, ishlay olishi va samaradorligi: -Favqulodda vaziyatlar bo`lishi ehtimoliga ishlab chiqarish obyektlarining va aholini tayyorgarlik ko`rganligi. Oldindan taxminlashda birlamchi shikastlovchi omillar va ularning oqibatlaridan tashqari quyidagi ikkilamchi omillar ham hisobga olinadi: -Suv va yer yuzasining turli zararli moddalar bilan ifloslanganligi: - Odamlar va hayvonlarning ommaviy kasallanganligi: -Transport va energomagistral tizimlaridagi avariyalar: -Ko`chkilar, o`pirilishlar va h.k -Imorat va inshootlarning chidamliligini yo`qotganligi: -Atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar: -Shuningdek halokat sodir bo`lgan obyekt va joylardagi aniq sharoitga bog`liq boshqa salbiy oqibatlar Bevosita zararlar: - GTI, imoratlar, avtomobil va temir yo`llar, elektr uzatish va aloqa simlari, energotizimlar, sug`orish tizimlari va h.k obyektlarga: - Chorva mollari, qishloq xo`jalik ekinlari hosili, ekinzorlar, yer-suv va h.k nobud bo`lishi : - Xom ashyo, yoqilg`i oziq-ovqat mahsulotlari, chorva ozuqalari, sanoat mahsulotlari, o`g`itlar va h.k. yo`qotilishi va buzilib qolishi; - Xavfsiz joylarga aholini vaqtincha evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni tashish harajatlari; - Hosildor qatlam yuvilib ketishi va tuproq ustiga balchiq cho`kib qolish. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar zimmasiga ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida bir qator majburiyatlar yuklangan. Unga ko`ra bunday xavfli obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatish davomida xavfsizligini pasayish sabablarini tahlil etish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariyani oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish, xuddi shuningdek bunday masalalar bo`yicha favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlik qilish zarurligi ta`kidlangan. Aholining favqulodda vaziyatlardan oldin, favqulodda vaziyatlar paytida va favqulodda vaziyatlardan so`ng harakat qilish qoidalarini bilishlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish profilaktika chora-tadbirlariga rioya qilishlari - favqulodda vaziyatlar sharoitida qurbonlar va jarohatlanganlar, me`yoriy hayot faoliyati sharoiti buzilgan aholi sonining minimal darajada bo`lishi imkonini beradi. Aholini va gidrotexnika inshootini muhofaza etish chora-tadbirlari. 1. Oldindan aytilgan to`g`ri taxminlarning doimo mavjud bo`lishi. 2. Yaxshi yo`lga qo`yilgan axborot xizmatining bor bo`lishi. 3. Doimo va samarali ishlab turadigan xabar berishning cheklangan tizimi bo`lishi. 4. Gidrotexnika inshooti xodimlarining uyushqoqligi, bilimdonligi, intizomliligi. 5. Ehtimoli bor halokatli suv bosishi zonasida istiqomat qiluvchi aholining favqulodda vaziyatlardagi to`g`ri harakat qilish qoidalariga tayyorgarlik ko`rganligi. 6. Fuqaro muhofazasi rahbarlari tarkibining gidrotexnika inshootidagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyat sodir bo`lgandagi faoliyati masalalari yuzasidan tayyorgarlik ko`rganligi (zamonaviy vositalar va usullar yordamida sharoitni baholay olish, asosli qarorlar qabul qilish va ularni zudlik bilan tatbiq eta bilish). 7. Muhofaza tadbirlarini bevosita o`tkazish: - Gidrotexnika inshootida falokat xavfi tug`ilgani haqida aholiga xabar berish; - suv ostida qolishi mumkin bo`lgan zonalardan aholini, qishloq xo`jalik hayvonlarini, moddiy boyliklarni zudlik bilan ko`chirish; - suv bosishi ehtimoli bor zonadagi korxona, tashkilot va muassasalar ishini qisman cheklash yoki to`xtatish hamda moddiy boyliklarni muhofaza qilish. Gidrotexnika inshootini loyihalash va qurish prinsipi: gidrotexnika inshootlarini foydaga nisbatan ko`proq zarar keltiradigan joylarga qurmaslik. Gidrotexnika inshootini muhofaza qilish choralari: 1. GTI ni loyihalash va qurishda xatoliklarga yo`l qo`ymaslik. 2. GTI dan to`g`ri foydalanish 3. GTI dagi belgilangan tadbirlarni va ta`mirlash ishlarini o`z vaqtida bajarish 4. Qirg`oqni mustahkamlash va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini vaqtida bajarish. 5. Suv chiqarishni vaqtga muvofiq qayta taqsimlash yo`li bilan suvning maksimal zahirasini va maksimal sarflanishini kamaytirish. 6. Qo`shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish. 7. GTI ahvolini doimo kuzatib turish (uskuna-jihozlar va yuksak malakali mutaxassislar yordamida). 8. FVDT tarkibiga kiruvchi funksional quyi tizimlarni va organlarni sohaga aloqador faoliyatini tizimli nazorat qilib turish. 9. GTI zonasini chet kishilar kirishidan ishonchli qo`riqlash 10. Falokatga olib keladigan noqulay omillar bo`lish ehtimolini oldindan aytish tahminlarini tuzish uchun gidrometeorologik sharoitni muntazam kuzatib borish. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling