2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan hududlarda xavfsizlik choralari.
Radioaktiv zararlangan hududlarda ish olib borilganda radioaktiv xavfsizlik chora tadbirlarini amalga oshiriladi. Radioaktiv xavfsizlik choralar o`z ichiga quydagilarni oladi: - radioaktiv faktorlarni qat’iy chegaralash, sanitariya nazorat tartibi joriy qilish, sanitariya ishlov berish punktlarini tashkil qilish, texnikani muntazam dezaktivatsiyalash, kerak bo`lganda ishlatilgan kiyimlar, maxsus poyabzal va boshqa himoya vositalarini yo`qotish. Qo`llash zaruratining asosiy faktori inson organizmiga radioaktiv moddalarning tushushi va teri qatlamining radioaktiv zararlanishi hisoblanadi. Shu tufayli falokat vaqtida shaxsiy himoyani tashkil qilishning asosiy maqsadi: inson organizmiga radionukatsialar tushushi, shuningdek teri qoplamining radiaktiv zararlanishini meyoriy hujjatlarda belgilangan darajalargagina tushirish yoki butunlay yo`qotish; zararlangan kiyim, poyabzal va boshqalar orqali halokat hududidan radiatsiyaning tarqalishining oldini olish. Shaxsiy himoya vositalari insonni tashqi gamma nurlanishidan himoya etolmaydi. Bu vazifa faqat injenerlik qurulma va moslamalar (yashirinish joylari, himoya ekranlari), ishlarini masofadan bajarish mexanizmlari, shuningdek kishilarning gamma nurlanish darajasi baland bo`lgan joyda bo`lish vaqtini qat’iy kamaytirish hisobiga hal etiladi. Shaxsiy himoya vositalarini qo`llash boshqa radiatsiyaga qarshi vositalar, shu jumladan yodli profilaktika va boshqa preparatlar bilan kompleks qo‘llanilishi kerak. Shaxsiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: asosiy maxsus kiyimni (kombinezon, kostyum, xalat, qopchiqcha, paypoq) va qo`shimcha (fartuk, taglik, rezinalangan matodan); nafas yo`nalishining shaxsiy himoya vositalari (respiratorlar, filtrlovchi protivogaz, pnevmomaskalar, pnevmokurtka); Izolyasiyalovchi kurtkalar, maxsus poyabzal, qo`lni himoyalovchi vositalar, (rezinka, plyonka, ip-gazlama qo`lqoplar va h.k), qo`zni himoyalovchi vositalar. Radioaktiv holatda olib boriladigan ishlar shu ishlarga tegishli bo`lgan me`yoriy hujjatlar asosida aniqlanadi. Biologik qurollar deb, odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, tuproq, havo va suvni, oziq-ovqat zahiralarini o‘z toksinlari va patogen mikroblari bilan zararlash uchun dushmanga iqtisodiy zarar yetkazish maqsadida ishlatiladigan qurol-yarog‘larga aytiladi. Biologik qurollarning jangovar ta’siri-shovqinsiz, (epidemologik tarqalish oqibatida) davomiy ta’sirga ega bo‘lgan, germetiklashmagan obyektlarga kirib boruvchi qobiliiyati va qaytar ta’sir etuvchi (qurolni qo‘llagan tomonni ham zararlovchi) mavjuddir. Biologik qurolning xususiyatlari kuchli ruhiy ta’sir, qo‘rquv va vahimani chaqiruvchi va tayyorlanishi arzonligi bilan izohlanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda bakteriologik qo‘rollarning ishlanma dasturlari bor. Masalan, AQSHda meksika o‘rgimchagi (zahariga qarshi vosita yo‘q)dan foydalaniladi, Rossiyada esa qora o‘lat shtammlarining antibiotiklarga mustahkamligi o‘stida tadqiqotlar olib borilmoqda. Biologik qurollarning birmuncha keng tarqalgan va istiqbolli usuli-aerozolli bo‘lib, u katta hududlarni zararlashga imkon beradi. Biologik zararlash vositalari organizmga nafas olish organlari, yaralangan teri qoplamidan, shilimshiq pardadan, og‘iz va ko‘z orqali kelib tushadi. Odamlarni biologik zararlash vositalariga quyidagilar kiradi: sibir yazvasi (kuydirgisi). Kasallanganlar bilan aloqada bo‘lish orqali, havodagi bug‘lardan, zararlangan mahsulotlardan, uy buyumlari orqali o‘tadi. O‘yg‘otuvchilari- spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar bo‘lib, atrof-muhitda bir necha yillargacha hayotiy qobiliyatini saqlab qoladilar.o‘limga olib boruvchiligi davolanish yo‘q bo‘lganda 10 foizga teng. Vaksinalari va zardoblari mavjud; botulizm-zararlovchi sifatida botulizmni o‘yg‘otuvchilardan ajralib chiqadigan toksinlardan foydalaniladi. Kukunsimon toksin havodagi bug‘larni, suv va oziq- ovqatlarini zararlash orqali qo‘llaniladi. Atrofdagilar uchun bemor zararli bo‘lmay, o‘lim davolashsiz 70-100 foizni tashkil qilishi mumkin. Himoya uchun antitoksin va zardobdan foydalaniladi; qora o‘lat-inkubatsion davri 2-6 sutka bo‘lgan o‘ta yuqumli kasallik. Havo tomchilari yo‘li, suv va ovqatlari zararlash orqali tarqaladi. Tarqatuvchilari-kanalar. O‘lim davolashsiz-30-90 foiz, davolanishda 10 foizdan kamroq; vabo-yopiq davri 1-5 kunni tashkil etadi. Zararlanish suv, ovqatlar, hasharotlar, havodagi bug‘lar orqali yuz beradi. O‘yg‘otuvchi suvga 1 oygacha chidamli, oziq- ovqat mahsulotlarida-4 dan 20 sutkagacha yetadi. Davolashsiz o‘lim 30 foizgacha boradi; natural ospa-inkubatsion davri-5-20 sutka. O‘yg‘otuvchilari bo‘lib atrof-muhitga chidamli viruslar hisoblanadi. O‘lim vaksinalanganlar o‘rtasida 10 foizgacha, emlanmaganlar ichida esa 40 foizgacha etadi. Yuqumli kasalliklarning tarqalishidan ogohlantirish uchun birlamchi o‘chog‘da quyidagilar yordamida chegaralinish kerak bo‘ladi: karantin-epidemik o‘choqdagi va uni izolyasiyalash hamda yo‘qotishga yo‘nalitirlgan tadbirlar tizimi. Karantin o‘z ichiga ma’muriy-xo‘jalik (odamlar va hayvonlarning kirish-chiqishi man etiladigan), epidemiyaga qarshi, sanitariya-gigena, davolash-profilaktika (bemorlarni vrach ko‘rigidan o‘tkazish, odamlar immunizatsiyasi, dezinfeksiya va b.q.) tadbirlarni oladi; obervatsiya-zararlangan o‘choqlardan izolyasiya qilingan, ya’ni karantin qo‘yilgan yoki xavf soluvchi zonadagi kishilarni kuzatib turish choralar tizimi. Xavf soluvchi zona-hudud. U o‘choqqa, ya’ni mazku‘r infeksiyaning xavfi bor bo‘lgan joyga bevosita tegishli bo‘lib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling