2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari. 
- Tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong‘in 
chiqishi va portlashlarga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish; 
- Qurilish meyorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus 
buyruqlarni so‘zsiz bajarish; 
- Yong‘indan muhofaza qiluvchi idoralarning xodimlari bergan ko‘rsatmalarni 
bajarish;
- Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish 
- Muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan 
kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik; 
- Yong‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa yong‘inni 
o‘chirish uchun 1-daqiqada bir piyola, 2-daqiqada esa bir chelak suv etarli bo‘lishini, 
3-daqiqada esa bir sisterna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda saqlash; 
- Muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini 
bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o‘rgatish. 
Yong‘inga qarshi kurashda uni bartaraf etishda quyidagilarga amal qilish 
lozim:- Yong‘in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyning tevarak atrofini 
suv va boshqa qorishmalar hamda moddalar bilan sovutib, yonishiga yo‘l 
qo‘ymaslik lozim; 
- Yonayotgan hududni ko‘pik, kukun, qum, qalin mato va havo 
o‘tkazmaydigan boshqa narsalar bilan yakkalab qo‘yish; 
- Yon-atrofdagi barcha tez yonuvchi jihozlarga, inshoatlarga maxsus ko‘pik-
kukunli ishqorli suv sepish ; 
- Yonish reaksiyasini kimyoviy yo‘l bilan sekinlashtirish. 


Bunday holatlarda eng xavfli joylar-yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan 
omborlarva joylardir.O‘zbekiston xududida bunday tashkilot va omborlar soni 500 
dan ziyodroq. 
Yonish va portlash xususiyatiga qarab xavfli jihatdan ular 6 guruhga bo‘linadi:
A,B,V,G,D,E. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling