2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
(bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
(bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar,
Radiatsion xavfli obyektlar. Radioaktiv moddalar bilan ionli nurlanish manbalari hozirgi paytda ilm-fan va iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilmoqda. Atom texnikasining rivojlanishi o‘zida katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan birga insoniyatga katta xavf tug‘dirmoqda. Atom stansiyalaridagi avariyalar shundan dalolatdir. Atom qurilmalaridan muz yorar, suv osti kemalarda, kreyserlarda, va kosmik apparatlarda foydalanilmoqda. Yadro materiallarini tashish, saqlash va qayta ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ishlarning bajarilishi atrof-muhitda, odamlar, hayvonlar, o‘simliklarda radioaktiv zaharlanish xavfini tug‘diradi. Radiatsion avariyalar 3 turga bo‘linadi: lokal – radiatsion xavfli obyektda ish faoliyatining buzilishi natijasida radioaktiv mahsulotlar tashqariga chiqmagan holda ionlovchi nurlanish jihozning belgilangan chegarasidan tashqariga chiqmaydi, texnologik tizim, bino va inshootlar zarar yetmagan bir meyorda foydalanishda belgilangan talablar asosida faoliyat ko‘rsatadi; mahalliy – radiatsion xavfli obyekt ish faoliyati buzilishi natijsida, radioaktiv moddalarni ushbu korxonaga belgilangan meyordan sanitar – himoya zonasidan tashqariga chiqishi; umumiy – radiatsion xavfli obyekt ish faoliyati buzilishi natijsida radioaktiv moddalarni sanitar himoya zonasidan tashqariga chiqishi atrofdagi hududni zaharlashi va istiqomat qilayotgan aholini belgilangan meyordagidan ortiq nurlanishiga olib kelishi. Radiatsion xavfli obyektlarga quyidagilar kiradi: atom elektrostansiyalari; yadro yonilg‘ilarini ishlab chiqaruvchi korxonalar; yoqilg‘ini qayta ishlash va radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonalari; yadro reaktorlariga ega bo‘lgan ilmiy izlanish va loyihalash tashkilotlari; transportlardagi yadro energetik qurilmalari. Meyoriy foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq avariyalar loyihadagi, loyihadagidan ko‘p bo‘lgan va loyihadan tashqaridagilarga bo‘linadi. Odatda, loyihadagi avariyalarning sabablari xavfsizlik baryerlarini buzilishi bilan bog‘liq hodisalar bo‘lib hisoblanadi: birinchi turdagi avariyalar – xavfsizlikni birinchi baryerining buzilishi, ya’ni issiqlik almashuvining krizisi yoki mexanik shikastlanishlar natijasida tvel qobiqlari germetikligining buzilishi. Issiqlik almashuvining krizisi – bu tvellarning qizishidir. ikkinchi turdagi avariyalar – birinchi va ikkinchi xavfsizlik baryerlarining buzilishi. Issiqlik tashuvchiga radioaktiv mahsulotlar tushishi, natijada birinchi baryer buzilganda, kelgusida ularning tarqalishini korpus reaktorini tashkil qiluvchi ikkinchi baryer tomonidan to‘xtatiladi. uchinchi turdagi avariyalar – uchala xavfsizlik baryerlari buzilishi. Birinchi va ikkinchi baryerlar buzilganda issiqlik olib o‘tuvchi parchalanishning radioaktiv mahsulotlari bilan atrof muhitga tarqalishidan uchinchi baryer-reaktorning himoya qobig‘i to‘xtatib qoladi. Uchinchi baryer ostida radioaktiv moddalar tarqalib chiqishini lokalizatsiya qilishni yuqori darajada mustahkam ta’minlashning barcha konstruksiyalari,tizimlari va tuzilishlari tushiniladi. Shuningdek tvellarni yuklash, tashish va saqlashda kritik massaning yuzaga kelishi yadro avariyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda zanjirli yadro reaksiyasini nazorat va boshqaruvining buzilishi natijasida issiqlik va yadro portlashlari yuz berishi mumkin. Issiqlik portlashi tez boshqarib bo‘lmaydigan, reaksiya ta’sirida birdaniga kuch ortib energiya to‘planadi va reaktor buzilib portlashish natijasida yuzaga keladi. Reaksiyaning boshqarib bo‘lmaydigan tez rivojlanishi natijasida quvvat keskin ortib ketadi va portlash natijasida reaktorning buzilishiga olib keluvchi energiya to‘planishi natijasida issiqlik portlashi yuz berishi mumkin. Radioaktiv zaharlanish zonasidagi xodimlar va aholiga radiatsion ta’sir tashqi va ichki nurlanish dozalari o‘lchamlari bilan xarakterlanadi. Xodimlar va aholini himoya qilishni yaxshi tashkil qilish uchun oldindan radiatsion xavfli obyektlar atrofidagi hududlar zonalashtiriladi va 3 ta zona o‘rnatiladi: Tezkor himoya choralari zonasi – radioaktiv bulutning yuzaga kelishi davrida butun tananing nurlanish dozasi yoki ichki organlarning nurlanish dozasi ko‘chirish uchun belgilangan yuqori darajadan ortiq bo‘lgandagi hudud; Ogohlantiruvchi himoya choralari zonasi - radioaktiv bulutning yuzaga kelishi davrida butun tananing yoki ichki organlarning nurlanish dozasi yod profilaktikasidan yashirinish uchun belgilangan yuqori darajadan ortib ketgan hudud; Chegaralangan zona – butun tananing yoki uning ayrim organlarning nurlanish dozasi bir yil davomida oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning quyi chegarasidan ortgan hudud. Zona davlat organlarining qaroriga asosan kiritiladi. Ionlanuvchi nurlanish manbaalaridan foydalanish natijasida ruxsat etilgan nurlanish dozasi 1.01.2000 yildan quyidagicha: Aholi uchun o‘rtacha yillik doza 0,001 Zv (1m Zv) yoki hayoti davomida effektiv doza (70 yosh ) – 0,07 Zv (70 mZv) ga teng; Ishchilar uchun o‘rtacha yillik effektiv doza 0,02 3v (20 mZv) yoki ish faoliyati davomida (50 yil) – 1 Zv (1000 mZv) ga teng. Tabiiy radiatsion va texnogen tarzda yuzaga kelgan radiatsion fon va shuningdek aholi tomonidan tibbiy rentgenoradiologik muolaja va davolanishlar paytida oladigan nurlanish dozalari nurlanishning asosiy chegaralarini belgilashda hisobga olinmaydi. Radiatsion avariyalar yuz berganda ma’lum vaqt oralig‘i davomida va bunday vaziyatlar uchun belgilangan chegaralarda belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan nurlanishga yo‘l qo‘yiladi. Radioaktiv moddalardan foydalanib, faoliyat ko‘rsatadigan obyektlar radiatsiyaga xavfli obyektlar deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda deyarli dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin elektr ishlab chiqarish bloklari ishlab turibdi. Bular ishlab chiqaradigan elektr energiyasining umumiy miqdori 350 GVt ni tashkil qiladi. Shundan 46 tasi MDH da ishlatiladi va uning umumiy quwati 30 MVt ni tashkil qiladi. Dunyoning hamma davlatlarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 20% va Yevropada ishlab chiqiladigani esa 35% tashkil qiladi. Energetikada atom energiyasidan foydalanish boshlangan 1954-yildan beri dunyodagi hamma elektr stansiyalarida 300 dan ortiqroq avariya qayd etilgan. Bu albatta SSSR dan tashqari, chunki SSSR da ChAES dan boshqa atom elektr stansiyalarida bo'lgan avaryalar e’lon qilinmagan. 30-jadvalda avariya natijasida chiqarib yuborilgan aholiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ba’zi bir radioaktiv moddalar miqdori keltirilgan. Radiatsiya xavfi atom elektr stansiyalari xavfidan tashqarida ham mavjud, masalan, radioaktiv moddalar, ya’ni uranni qazib olish uni rudasini boyitish, ishlatish uchun jo‘natish va saqlashda ham radiatsiya xavfi mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari dunyo miqyosida radioaktiv chiqindilarni yo‘qotish va uni ko'mish masalalari ham hozircha muammoligicha qolmoqda. Shuningdek, sanoat va fan-texnika sohalarining izotoplar bilan ishlaydigan sohalar ham, jumladan, izotop diagnostika ishlari, kasallarni rentgen nurlari yordamida aniqlash, mahsulotlar sifatini rentgen yordamida baholash va boshqalar. Radioaktiv avariyalar masshtabi bo'yicha uchta tipga bo'linadi: — chegaralangan avariya-radiatsiya oqibati va shu avariya sodir bo'lgan bino bilan chegaralanadi; — mahalliy avariya-radiatsiya ta’siri bino va bu bino joylashgan sanoat korxonasi hududi bilan chegaralanadi; — umumiy avariya-radiatsiya ta’siri korxona hududidan tashqarila^ga ham ta’sir ko‘rsatadi. Radiatsiya avariyalarining asosiy zararlovchi omillari: — tashqi nurlanish ta’siri (gamma va rentgen nurlari; beta va gamma nurlari; gamma-neytron nurlari va boshqalar); — ichki nurlanish odam organizmiga tushib qolgan radionuklidlar (alfa va beta nurlanishlar); — radiatsiya va radiatsiya bolmagan omillarning qo‘shma ta’siri (mexanik shikastlanish, issiqlik ta’siri, kimyoviy kuyish, intoksikatsiya va boshqalar). Avariya yuz bergandan keyin radioaktiv zararlangan zonada odam uchun eng zararli omil tashqi nurlanish hisoblanadi. Radionuklidlarning ichki organizmlarga o'tishi, o‘z vaqtida va qoidaga muvoflq nafas olish organlarini muhofazasi ta’minlangan holatda deyarli bo‘lmaydi. Ichki nurlanish radionuklidlarning oziq ovqatlar va suv bilan birga kirgandan keyingina rivojlanadi. Avariya bo‘lgandan keyingi birinchi kunlarda yodning radioaktiv izotoplari xavfli hisoblanadi, qaysiki odamning muhofazalash bezlarida yig'ila boshlaydi, birinchi navbatda sut bezlarida yig‘iladiki, bu ayniqsa, bolalar uchun katta xavf tug'diradi. Avariyadan ikki-uch oy o'tgandan keyin ichki nurlanishning asosiy agenti — bu radioaktiv seziy hisoblanadi, qaysiki, albatta, oziq-ovqat bilan birga organizmga kirib qoladi. Shuningdek, inson organizmiga, agar atrof-muhit zararlanishini uncha katta bo'lmagan masshtabda bo‘lsa, bosliqa radioaktiv moddalarning (masalan, stronsiy, plutoniy) tushib qolishi ham mumkin. Radioaktiv moddalarning inson organizmida yig‘ilish taqsimoti quyidagicha tavsiflanadi: — kalsiy, stronsiy, radiy va plutoniy skletlarda to‘planadi; — seriy, lantan, plutoniy va boshqalar jigarda yig'iladi; — tretiy, uglcrod, inert gazlar, seziy va boshqalar butun tana bo'ylab tekis taqsimlanadi; — radioaktiv yod asosan muhofaza bezlarini tanlaydi (30% atrofida), bunda uning aktivligi boshqa organlar aktivligidan 100— 200 marta katta bo'ladi. lonlovchi nurlanishlarni chegaralashda uning asosiy parametrlari ekspozitsiya, yutilgan va ekvivalent miqdorlardan foydalaniladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling